Mavzu: Bozor sharoitida Sifat va raqobatbardoshlik Reja: Kirish


Download 142.67 Kb.
bet1/9
Sana20.11.2021
Hajmi142.67 Kb.
#455393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs1
Ariza mustaqil ish 4, jamshid varyanti, dostonbek 16 20, 1. Сиёсий хукук маъруза, 3 EK, 12-Laboratoriya ishi , MUHABBAT, Sharda Universiteti Xarajatlar-smetasi iIlmiy-goya, Sharda Universiteti Xarajatlar-smetasi iIlmiy-goya, 2014, 11-sinf yangi, Исследование закона Ома и Кирхгофа в ЭЦПТ, UMIDSHAKH - UMIDULLA FAYZULLAYEV - Informatika fani, BritishCPodProfessionalsPpeopleManagement

Mavzu: Bozor sharoitida Sifat va raqobatbardoshlik

Reja:

Kirish

  1. Sifat tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati

  2. Mahsulot Sifatini boshqarish va uning usullari

  3. Raqobatning ko‘rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o‘rni

  4. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va uning huquqiy asoslari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Iqtisodiyotni tartibga soluvchi «ko‘zga ko‘rinmas qo‘l» raqobatdir. Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojlanishi shu davlatdagi raqobat muhitining amaldagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi munosabatlardan biri - bu raqobat deyish mumkin.

Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samaradorlikka erishishni tasavvur qilish qiyin.

Shu sababli, raqobat, uning turlari, shakllari va iqtisodiyotdagi ahamiyatini bilmay turib iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uning mazmunini anglab yetish juda qiyin. Raqobat — iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyosdir. Shu bois davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz 2020-yilning 11-noyabrida o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «… bozor munosabatlarining asosi bo‘lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o‘ynaydi. Ammo, amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan holda,«Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur». Bugungi kunda raqobat muhitini yaratish uchun erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy aktlar tizimini yaratish eng muhim masalaga aylandi. Raqobat muhitini yaratishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirmasdan turib, xalqimizning mahsulot (ish, xizmat)lardan sifatli hamda kafolatli foydalanishi, mahsulotlarning muqobilligi va iste’molchilar manfaatlarini to‘liq qondirilishini tasavvur etib bo‘lmaydi.1

Ushbu ma`ruzalar matnida raqobatning rivojlanish evolyutsiyasi, uning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, nazariyasi, qonunchilik asoslarining yaratilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilgan bo‘lib, undan Oliy va O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi-talabalar va professor o‘qituvchilar, shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodchilar, bundan tashqari, mazkur sohada tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan tadqiqotchilar, umuman olganda raqobat to‘g‘risida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish istagida bo‘lgan barcha o‘quvchi-kitobxonlar foydalanishlari mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifat tushunchasi asosan talab qonunlari bilan o'zaro bog'liqdir. Ya'ni tovarlarning tegishli xususiyatlarini birinchi navbatda iste'molchi belgilaydi. Agar ishlab chiqaruvchi ushbu taxminlarni qondirsa, unda uning tovarlari sotib olinadi. Shu bilan birga, ushbu aloqa formulasida narx katta ahamiyatga ega.Haqiqat shundaki, mahsulotning yuqori sifati, qoida tariqasida, ishlab chiqaruvchiga kerakli mahsulot kontseptsiyasini ishlab chiqish, zarur materiallarni sotib olish, mahsulotning chiqarilishi va qabul qilinishini nazorat qilish uchun katta xarajatlarni nazarda tutadi. Shuning uchun mahsulotning yuqori sifati ko'pincha uni tegishli narx segmentida keyingi sotishni anglatadi.

Kurs ishi mavzuimda Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifat va uning ko’rsatkichlari raqobat uning iqtisodiyotdagi o’rnini to’laligicha yoritib beroshga harakat qilaman.



  1. Download 142.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling