Mavzu: Click to`lov tizimi va unda ishlash texnologiyasi
Download 78.1 Kb.
|
infor
shumbola test, shumbola test, 6 мавзу Topshiriqlar, 38.SONNING TAQRIBIY QIYMATI. SONLARNI YAXLITLASH, asosiy-vositalar-va-nomoddiy-aktivlar-hisobi, UYDA QOLING 27 270420100536, 2 5339486622079518659, CamScanner 05-06-2020 14.33.00, 1-labaratoriya, 2.-Dars-ishlanma-Moddalarning-eruvchanligi.-Eritmalar, 2.-Dars-ishlanma-Moddalarning-eruvchanligi.-Eritmalar, Презентация, Milliy istiqlol, Milliy istiqlol, “Мен бахтли инсон бўла оламан”
Mavzu:Click to`lov tizimi va unda ishlash texnologiyasi Click tizimi plastik kartochkangiz va qo’l telefoningizdan foydalangan holda istalgan vaqtda, istalgan joyda to’lovlarni amalga oshirishingiz imkonini beruvchi qulay xizmat hisoblanadi. Bu tizim haqida batafsil ma’lumotni uning rasmiy Click.uz saytidan olishingiz mumkin. Click tizimiga ulanish oson – Sizdan faqat SMS xabarnoma xizmati yoqilgan bank plastik kartasi va Click tizimiga ulangan mobil telefon kerak bo’ladi. Tizimda foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tish va Clickdagi xizmat ko’rsatuvchilar maxsulot va xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirishni boshlash haqida barcha barafsil ma’lumotni Clickning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Yaqinda Azamat.uz sayti Click tizimidan xizmat ko’rsatuvchi yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tdi va bundan keyin Azamat.uz sayti orqali maxsulot va xizmatlarni Click tizimi orqali to’lov qilgan holda harid qilishingiz mumkin. Ushbu maqolada Click tizimiga yuridik shaxs sifatida, tizim orqali maxsulot va xizmatlar uchun to’lovlarni qabul qilish maqsadida qanday qilib ulanish mumkinligi to’g’risida tajribalarimni o’rtoqlashmoqchiman. Kelajakda bu ma’lumotlar Clickning yangi xizmat ko’rsatuvchi hamkorlari uchun foydali bo’lsa ajab emas. Barchaga ma’lum bo’lsa ham eslatib o’tishni joiz topdim, Click tizimida xizmat ko’rsatuvchi sifatida ro’yxatga olinish uchun yuridik shaxs bo’lishingiz shart. Ya’ni, Click tizimiga faqat MCHJ, xususiy korxona yoki YaTT holida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Jismoniy shaxslar Click tizimi orqali hozircha to’lovlarni qabul qilisha olmaydi. Boshlanishida biz Clickning rasmiy saytida berilgan telefon raqamga qo’ng’iroq qildik va operator bizni kerakli hodim bilan ulab berdi. O’zini Lenara deb tanishtirgan hodim bizga tizimga ulanish uchun kerak bo’ladigan barcha xujjatlar haqida yetarli ma’lumotlarni berdi. Quyidagi xujjatlarning skaner qilingan elektron nusxalarini info@click.uz saytiga yubordik: korxona guvohnomasi (yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida); korxona nizomi (barcha sahifalari); korxona rahbarining pasport nusxasi; litsenziya (agar bo’lsa); shartnoma (Click tomonidan avvaldan jo’natiladi) Barcha kerakli xujjatlar yuborilgandan so’ng bizga bir necha soat ichida qo’ng’iroq qilishdi. Termiz shahrida Click bilan faqat Agrobank va Aloqabank ishlar ekan. Click tomonidan yuborilgan maxsus shartnoma bilan Termiz shahridagi Aloqabank bankiga bordik. Bank biz uchun ikkilamchi xisob raqam ochdi va uch tomonlama (biz, Click va Aloqabank) shartnoma qildi. Click tizimida xizmat ko’rsatuvchi sifatida ishlash uchun hech qanday abonent to’lovi yo’q. Har oyda Click tizimida yig’ilgan mablag’lar 100% bank xisob raqamimizga o’tkazib berilar ekan. Bank esa o’z navbatida (shartnomaga asosan) tushgan pulning 10% miqdorini xizmat haqi sifatida olib qolib, qolganini bizga berar ekan. Albatta, bundan tashqari korxona daromadlaridan qonunda ko’rsatilgan tartibda soliqlar to’lab boriladi. Bankdagi ishlar va tizim bilan rasmiy kelishuv to’liq yakunlangandan so’ng Clickning texnik hodimlari saytda to’lovlar qabul qilish tizimini o’rnatish uchun yordam berishadi. Har bir mijoz uchun Skypeda alohida guruh ochilib, doimiy texnik yordam ta’minlanar ekan. Mening saytimga biriktirilgan ikkita mutaxassisning yordamlari bilan saytimda Click tizimi orqali to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan maxsus kodni ko’rsatishni tashkil etdim. Click tizimidagi xizmat ko’rsatuvchi saytlarga ikki xil tanlov beriladi: 1) avtomatlashtirilgan tizimni saytda o’rnatish va to’lovlarni avtamatik tarzda qabul qilish; 2) *880*SAYT-RAQAMI*SHARTNOMA-RAQAMI*SUMMA# ko’rinishidagi maxsus kodni olish orqali foydalanuvchilardan to’lovlarni «offline» qabul qilish. Shaxsan saytim uchun ikkinchi usul ma’qul bo’ldi va avtomatik tizimga hozircha ehtiyoj yo’q, deb topdim. Agar Siz ham saytingizdagi maxsulot yoki xizmatlarni sotish uchun to’lov tizimidan foydalanishga ehtiyoj sezsangiz, shu bilan birga Click tizimi Siz uchun eng ma’qul tanlov bo’lsa, hech ikkilanmay Clickning rasmiy saytida berilgan telefon raqamlarga qo’ng’iroq qiling. Ular barcha savollaringizga javob berishadi va tizimga osonlik bilan ulanishingizda ko’maklashishadi. Internet orqali amalga oshirayotgan tijoratingiz barakali bo’lsin! “Qanday qilib Click tizimiga xizmat ko’rsatuvchi sifatida ulanish” maqolasida 25 fikr "CLICK" – bu mobil internet-banking tizimi hisoblanib, u orqali mobil aloqa xizmatlari, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni, shuningdek internet-do’konlaridan xaridlarni bevosita shaxsiy bank hisobidan yoki plastik kartochkasidan ustama haqisiz amalga oshirish imkonini beradi. Download 78.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling