Mavzu: Corel Draw dasturining uskunalar paneli sodda geometrik shakllar chizish. Reja: Kirish Asosiy qism


Download 0.95 Mb.
bet1/12
Sana26.11.2021
Hajmi0.95 Mb.
#177492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
corel


Mavzu: Corel Draw dasturining uskunalar paneli. sodda geometrik shakllar chizish.

Reja:

Kirish

Asosiy qism

  1. Corel draw haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Corel draw dasturining uskunalar paneli

  3. Corel draw dasturida sodda geometrik shakllar chizish.

Xulosa

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: XXI-asr, yangi texnika va texnologiyalarni kom pyuterlar asosida ishlab chiqisli va tashkil qilish asri hisoblanadi. Sliuning uchun barclia sohal r kabi muhandislik loyihalashda ham kompyuterlardan foydalanish xozirgi kunning dolzarb m uam m osi boMib qoldi.

Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.

Kompyuter grafikasi mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi.

Bu yo‘nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga, ya’ni chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‘naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o‘rganishga qaratildi. Bu yo‘nalish uch o‘lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‘lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o‘lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‘liq masalalarning paydo bo‘lishi uch o‘lchovli grafikaga bo‘lgan ehtiyojni yana-da oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tatbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi.

Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

Bu tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi. EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarning quyidagi uchta guruhini ajratish mumkin: – kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko‘rgazmali namoyish etish; – harakatdagi holatlar tasawurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o‘yinlari va boshqalar); – kino va televideniye uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar. Aynan shu yo‘nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy qiyinchiliklarga duch kelindi.

Ular uchun modellarning yuqori aniqligidan tashqari EHM imkoniyatlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi.

Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlashni mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi.

Mashina grafikasi deganda obyektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi. Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham (grafika stansiyalari), dasturiy vositalar sohasida ham ko‘zga tashlanmoqda.

Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo‘yicha taqqoslashga loyiq hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi.

Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi sohalarida qo‘llaniladi.

Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatsiya (harakatlanuvchi tasvirlar)ga va ko‘zga ko‘rinuvchi (vizual) harakatni qurishga katta e’tibor berilmoqda.

Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi fundamental fan hisoblanib, o‘tgan asming 60-yillarida paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o‘ziga xos ahamiyatga egadir.

Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qog‘ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yasash, tuzatish va ularni harakatlantirish imkoni yaratildi.

Bu dasturlar rasm chizish programmalari yoki grafik muharrirlar hisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishni, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi.

Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama – skanerlar, grafik ish stansiyalari, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling