Mavzu: dars jarayonida axborot texnika vositalaridan foydalanish va elektron darsliklar yordamida mashg’ulotlar o’tkazish


Download 19.83 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.83 Kb.
#185620
Bog'liq
7 elektron darslar haqida


MAVZU: DARS JARAYONIDA AXBOROT TEXNIKA VOSITALARIDAN FOYDALANISH VA ELEKTRON DARSLIKLAR YORDAMIDA MASHG’ULOTLAR O’TKAZISH

“O’z tarbiyasi va bilim darajasi haqida qayg’urib uzluksiz o’z ustida mustasil ishlab boruvchi o’qituvchigina o’qitish va ta’lim-tarbiya berish ishiga layoqotli kishi bo’la oladi xolos”.



Demokrit

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tardiriga yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya katta.

Hukumat qarorlari, davlat dasturlari, oliy ta`lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim tarbiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish demokratik tamoyillar va innovatsion yondashuvlarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ta’lim muassasalarida o’quv ishlarini tashkil etishda axborot va telekomikatsiya vositalaridan foydalanib, o’qituvchi va ta’lim oluvchining tezkor muloqotini tashkil etish muhimdir.

Inson miyasi tezkor turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish qobiliyatiga ega bu esa ma’lumotlarni yengil, erkin va qiziqarli uzatishni talab etadi. Texnik vositalardan dars jarayonida samarali foydalanish didiktika muammosi xisoblanib, asosan ko’rsatmachilik prinsipini ta’minlash borasidagi faol xarakat, usuli deb baxolash mumkin.

Bugun ta’limni rivojlantirishning yangi pog’onasiga o’tishni texnik vositalaririz (O’TV) ko’tarilib bo’lmaydi yoxud PT ning muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri-axborotlarni o’quvchilarga (talabalarga) o’zatish tezligi aynan shu vositalar yordamida ta’minlanadi.

O’qitishning texnik vositalari faqat ko’rsatmalilik prinsipini ta’minlaydi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. O’qitishning texnik vositalari deganda biz ekranli va ovozli vositalarni namoyish qilish uchun qo’llaniladigan qurilmalar moslamalar bilan birgalikda zamonaviy dasturli ta’limning u yokiu bu ko'rinishlarini (kompyuter, electron aloqa va boshqa) ham tushunamiz. Bu didaktik vositalar ma’lum hozirgi kunda barcha ta’lim bosqichlarida keng foydalanilmoqda.

Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogic texnologiyaning eng asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda o’quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg’u berilgan. Biroq axborotni vositalar (kompyuter, electron aloqa, radio, televedeniya)dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi.


  1. O’quv jarayoni uchun axborotni vositalar samara beradigan mavzuni aniqlaydigan didaktik materiallarni ishlab chiqish;

  2. O’quvchilarning o’z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan tog’ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.

Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogic oyixalangandagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim yo’nalishlarida intelektual-axborotlashtirilgan ta’lim muxitini yaratish pedagog va talabaning axborot bilan ishlash faoliyati samaradorligini ta’minlashga hamda kompyuter vositasida o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanishga imkon yaratadi. Shu sababli dars samaradorligini oshirish qiziqarli va jonli o’tishni ta’minlamoqda.

- Multimedia, electron ko’rinishdagi darslar zamon talabiga aylandi. Bu darslarda o’quvchi mavzusini ekran orqali ko`radi, vazifalarni topadi, o’zi xulosalaydi.

Elеktron darslik kompyutеrga moslashtirilgan darslik. Elеktron darsliklarning oddiy darsliklardan farq ularda matn va rasmdan tashqari tovush, multiplikatsiyalardan, gipеrmatndan foydalanib o`quvchidan axborotni tеz, oson , qulay , chiroyli shaklda taqdim etish mumkin. Elеktron darslikning quyidagi turlari mavjud :

1) Matn, sodda grafik, gippеrshiorlardan foydalanib elеktron darsliklar yaratish..

2) Matn, grafika, multimеdia vositalari yordamida intеraktiv rеjim asosida ishlaydigan elеktron darsliklar Bu darslikning aqamiyatli tomoni foydalanuvchi dialog rеjimda kompyutеrdan foydalanadi. Kеrak bo`lsa o`rgangan mavzusi bo`yicha tеst savollariga javob bеrib, bilimlarini tеkshirishi mumkin. Tovush, multiplikatsiya vositalaridan foydalanib, yangi mavzuni tеz va tushunarli tushuntirib bеrish mumkin.

3) Masofaviy o`qitishga moslangan elеtron darslik.

Bunday darsliklarni Intеrnеt tarmoqi orqali o`qish mumkin bo`ladi. Bu darsliklarni HTML ko`rinishida rasmiylashtiriladi. Bunday darsliklarni yaratishda axborot ko`rinishlarining barcha turlaridan foydalaniladi. Elеktron darsliklarga qo`yiladigan talablar:



  • Barcha foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan tushunarli darslik yaratish.

  • Darslik ko`rgazmali matеriallarga boy bo`lib, bu orqali ko`proq bilim olish.

  • Darslikda mustaqil ishlash uchun еtarli ma'lumotlar bo`lishi kеrak.

  • Bilim va o`zlashtirish darajasini tеkshirish uchun ma'lumotlar bo`lishi kеrak.

Elеktron kutubxonalar, elеktron darsliklar, on-layn darslklar rasmga kirmoqda. Multimеdia darslikning xususiyati u voqеa va ma'lumotlarni yaqqol aks ettiradi . Ya'ni multimеdia voqеa va ma'lumotlarni xayotiylashtiradi . Bu matn, vidеotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.

Fanlardan o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirishda elektron darslarning o’rni beqiyosdir.
Download 19.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling