Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula. Valentlik. Darsning maqsadi


Download 52.5 Kb.
Sana03.09.2020
Hajmi52.5 Kb.
#128327
Bog'liq
8-sinf 1-dars




Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula. Valentlik.
Darsning maqsadi: DTS asosida
Ta’limiyo’quvchilarga atom, molekula, element, oddiy va murakkab moddalar, valentlik, atomlarning o’lchamlari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviyushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi o’quvchilarning elementlarning valentligi, modda miqdorini, gazlarning zichligi, hajmi, ekvivalentlikni izohlay olish malakalarini mustahkamlash.
Dars jihozi: darslik, o’quv proeksion ko’rgazmali qurollar, kodoskop slaydlari bilan, kimyoviy formulalarni aks ettiruvchi tarqatma materiallar

Dars turi: og’zaki

Dars usuli: “Esse”, “Klaster”.

I Tashkiliy qism (3daqiqa) a) salomlashish

b) davomadni aniqlash

d) siyosiy daqiqa

II O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)

  1. Atom nima?

  2. Molekula deganda nimani tushunasiz?

  3. Atom so’zi qaysi so’zdan olingan?

  4. Valentlik deganda nimani tushunasiz?

III Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa):

    • Atomlarning o‘lchamlari hamda ularning nisbiy va absolyut massalari to‘g‘risida atroflicha bilimga ega bo‘lish uchun quyidagi eng muhim tushunchalarni bilish talab etiladi.

    • Kimyoviy hodisalarda bo‘linmaydigan moddaning eng kichik zarrasi atomlardir.

    • «Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni anglatadi. Hozirgi vaqtda atom bir qator yanada kichik zarralardan iborat ekanligi isbotlangan.

    • Kimyoviy element – atomlarning muayyan turidir. Masalan, kislorod atomlari kislorod elementini bildiradi.

    • Har bir kimyoviy elementning lotincha nomini bosh harfi, zarurat bo‘lsa bosh harf bilan keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan kimyoviy elementning belgisi ifodalanadi. Masalan, H (ash)- vodorodning kimyoviy belgisi, uning lotincha Hydrogenium (suvhosil qiluvchi) nomining bosh harfi.

    • Atomlar juda kichik zarrachalar bo‘lib, ma’lum massaga ega. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000000001674 g yoki 1,674•10-24 g. Uglerod atomining absolyut massasi– 19,993•10 -24 g.

    • Atomning nisbiy massasi- 12C atomining massasini 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiradigan sondir.

    • 12C atomining 1/12 qismining massasi 1,66057•10-24 g.

    • 1,66057•10-24 g=1 a.m.b.

    • Nisbiy atom massa Ar bilan ifodalanadi. Indeksdagi «r» nisbiy (relative) degan ma’noni anglatadi.

    • Elementning nisbiy atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar bilan ifodalangan qiymat g-mol deyiladi( yoki mol deyiladi).

    • Bir mol har qanday modda 6,02•1023 ta zarracha (atom, molekula,ion) tutadi.

    • 6,02•1023 soni Avogadro doimiysi deyiladi.

Kimyoviy formula

  • Kimyoviy formula – modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishidir.

  • Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin.

Masalan: H2SO4 – sulfat kislota.

H2SO4 – sulfat kislotaning bitta molekulasini va molekulada 2 ta

vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, shuningdek, moddaning 1 molini ham bildiradi. Shuningdek, molekulani absolyut va nisbiy massasini ham topish mumkin.

Absolyut massasini topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlarining haqiqiy massalari qo‘shiladi. Bunday kichik sonlar ustida amallarni bajarish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun molekulaning nisbiy massasi /Mr/ va mol miqdori hisoblab topiladi.

Mr/H2SO4/=12+32+164=98

  • Bir mol – moddaning nisbiy molekulyar massasiga son jihatidan teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir.

  • Bir mol – /12C/ uglerod izotopining 12 gramida nechta atom bo‘lsa, o‘shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) tutgan moddaning miqdoridir. 12 gramm uglerodda 6,021023 ta atom bo‘ladi.

  • Modda miqdori – υ harfi bilan belgilanadi va uning qiymati mollar bilan ifodalanadi.

  • Moddaning molyar massasi – M harfi bilan belgilanib g/mol bilan ifodalanadi.

Valentlik

  • Berilgan kimyoviy formulalardan shu modda tarkibiga kirgan elementlarning valentligini topish.

  • Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi.

  • Valentlikni o‘lchov birligi qilib vodorodning valentligi qabul qilingan.

IV Mustahkamlash (10 daqiqa):



V Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.

VI Uyga vazifa (2 daqiqa): darslikning 5-9-betlaridagi 1-§ni konspekt qilib kelish va 1-2-jadvallarni chizib olish.

Автофигура 13


Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling