Mavzu: Din psixologiyasining asosiy tushunchalyari


Download 43.08 Kb.
bet1/5
Sana03.10.2022
Hajmi43.08 Kb.
#829979
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu Din psixologiyasining asosiy tushunchalyari
Сўғд шаҳарлари, Сўғд шаҳарлари, download-temiruglerod-fefe3c-holat-diagrammasi, Детал, vektr, 712-19 mustaqil ish Begmatov Nodirbek qayta ishlangan, тарбиявий ишлар методикаси аграномия 12 02 2021(1), STIR-565658414, 1808-1 15.03.2012, aksiologiya, aksiologiya, 2 5339102226801495734, 2 5339102226801495734, ramazon taqvim, 2 5418168279753559260

Mavzu: Din psixologiyasining asosiy tushunchalyari
Mavzu rejasi:

  1. Diniy ong tushunchasi.

  2. Diniy psixologiya va diniy mafkura.

  3. Diniy ibodat va uning dindor psixologiyasiga ta’siri.



Tayanch iboralari: Din, E’tiqod, Bilim, Ahloqiy munosabatlar, SHaxs, axloqiy normalar.

Hozirgi davrda umumiy psixologiya fani bilan bir qator bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, muxandislik psixologiyasi, patapsixologiya, sotsial psixologiya kabilar vujudga kelib, ular ravishda muvaffakiyatli rivojlanib, bormoqda. Psixologik bilimlarning ana shu sohalariga psixik hodisalarning moddiy subtratini o’rganuvchi oliy nerv faoliyati fiziologiyasi ham qo’shilgan.yuqorida ko’rsatilgan fanlar o’z oldiga inson psixikasini tadqiq etishi umumiy vazifa qilib qo’ysa-da, lekin ayni vaqtda o’z predmetinuqtai nazaridan hamda yondashish hususiyatlariga ko’ra, ular bir biridan farqlanadi.


Xuddi shu boislan ham eng avvalo, din psixologiyasi yuqorida ta’qidlab o’tilgan fanlar tizimida qanday o’rin tutishini psixologik bilimning qaysi sohasi predmet va metodologiyasi nuqtai nazaridan unga yaqin ekanligini aniqlash lozim.
Din psixologiyasining predmetini dindor odamlarning dinga loqayd shaxslardan ajratib turadigan va ularning xulq atvorida namoyon bo’ladigan xususiyatlarini o’rganish, deb ta’riflash mumkin.
Ana shu ta’rifni keyingi bayon etiladigan Urginovich mulohazalari uchun boshlang’ich nuqta sifatida qabul qilinadi. Ayni shu zahoti quyidagi shaklda savol tug’iladi: psixologik tadqiqotning qanday darajasida, qaysi fan yordamida dindorlar psixologiyasining muhim hususiyatlarini ajratish mumkin? Ularni fiziologik darajasini ochishga bir necha marta xarakat qilinadi. XIX asr mobaynida va XX asrning boshlarida ayrim xorij psixologlari alohida “diniy instikt” mavjudligi to’g’risida asarlar yozdilar. Jumladan: amerikalik psixolog J.Lo’n (1861-1951) insonga zurriyod qoldirish instiktga qanchalar xos bo’lsa, diniy instikt ham xuddi shunday xoslikka ega, deb hisoblaydi. “Instinktiv” kontseptsiya hozirgi zamonda keng ko’lamda yoyilmagan, chunki ko’pgina olimlar unday qarash asossiz ekanligiga iqror bo’ldilar.
Biroq to hozirgacha diniy ruhiyat hodisasini naturalistik nuqtai nazardan izohlashga urinish, ya’ni dindorlik ildizlarini fiziologik jarayonlardan izlash xorijdagi psixologik va dinshunoslik adabiyotlarda hamon mavjud. Xususan, amerikalik dinshunos R.V.Berxon diniy simvol (ramz)lar alohida genetik, ‘ni biokimyoviy asosga ega, ular miyaning murakkab strukturasida joylashganv a ongsizlik sohasida namoyon bo’ladi, deb bayon qiladi.
Holbuki shunday ekan, buning uchun ikkita muammoni bir biridan aniqlash;

  1. Diniy e’tiqod va kechinmalarning, ya’ni diniy ong har qanday xodisalarning fiziologik asoslari mavjudligi masalasini,

  2. Dindorlarga xos, mutanosib bo’lgan fiziologik strukturalar, markazlar yoki jarayonlar, ya’ni diniy ruhiyatning genetik, fiziologik markazlari ham mavjudmi, degan muammoni bir biridan farqlash zarur.

Hozirgi davrda insoniyatga xech qanday g’oya, tasavvur, e’tiqod kabilar genetik yo’l bilan meros qilib olinmasligi, binobarin, xech qanda “tug’ma instinkt”, “diniy his” vahokazolar yo’qligi nafaqat nazariy, balki eksperimental tarzda isbotlangan.
Kishilarning dunyoqarashi yoki dinga nisbatan munosabatdan, ularning borliq to’g’risidagi tasavvurlari chin yoki yolg’on ekanligidan qat’iy nazar, bosh miya qobig’idagi fiziologik tuzilma va jarayonlarga amal qilishning qonuniyatlari hamma odamlar uchun bir hilda umumiydir.
SHaxsning psixik tadqiqotlar tahlilining ko’rsatishicha, chap yarim shar, asosan inson psixikasining og’zaki mantiqiy sohasini, o’ng yarim shar esa makoniy-obrazli sohasini boshqaradi; bu qovulik esa yuqorida bayon etilgan qoidalarni inkor etmaydi.
Ugrinovichning tavsifiga, birinchidan, har bir sog’lom kishida, ayni bir vaqtda, har ikkala yarim sharlar ishlaydi va mustaqil ravishda og’zaki-fazoviy va makoniy obrazli sohalarning bir biringa dialektik o’zaro ta’siri ro’y beradi. Ikkinchidan, dinik e’tiqod o’z ichiga faqatgina obraz va aqidalarni ham qamrab oladi. Zero, diniy ruhiyatni faqatgina ko’rgazmali-obrazlar bilan bog’lash hato bo’lar edi.
Bu albatta, psixikaning ayrim individual va guruhiy amal qilish hususiyatlarini istesno etmaydi, bunday holatlarda u yoki bu bosh miya katta yarim sharlari yetakchilik qilishi va shunga muvofiq shaxs psixik olamning bezashi mumkin. SHunga qaramasdan, dindor odamlar o’rtasida ham turlicha toifalar (tipla) mavjud. Mulohazali-ortodoksal (mutassib) dindorlik bilan ir qatorda, emotsional obrazli, estetik, mistik xususiyatga ega bo’lgan dindorlik ham uchrab turadi.
SHunday qilib, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi darajasidagi dindorlarni dinga e’tiqodi zaif shaxslardan farqlovchi psixologik xususiyatlarini topish murakkab holatdir. Lekin din psixologiyasi oliy nerv faoliyati fiziologiyasini chetlab o’tishi, diniy ruhiyatning juda ko’p hodisalarini izohlashda uning yutuqlaridan foydalana olmaslik hodisasi mavjud, degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi yutuqlarini o’zlashtirish psixolog-dinshunosga dindorlar ruhiyatining ko’pgina hususiyatlarini, ularning dindan voz kechishi bilan bog’liq bo’lgan muammo va qiyinchiliklarini tushunishga yordam berishi mumkin. SHu munosabat bilan Ugrinovich quyidagi ikkita misolni keltiradi. Mashxur fiziolog A.A.Uxtomskiy (1875-1942) dominant to’g’risidagi ta’limotni yaratadi. Bu ta’limot nima uchun bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alishning dominant o’chog’i qo’zg’olishining boshqa o’choqlari tomonidan to’xtatilmaydi, balki, aksincha, mustaxkamlanishini izoxlashga imkon berdi.
S.Koppelь to’g’ri ta’kidlaganidek u ta’limot dinga sitqidildan ishonuvchi kishilarning muhim hususiyatlarini, jumladan, ularning ateistik ta’sirga nisbatan berilmasligini tushunishga imkon yaratadi. I.P.Pavlov tomonidan ilgari surilgan “dinamik steriotip” tushunchasi dindor odamlar ruhiyati va hulq atvorining ayrim jabhalarini, hususan, ibodatxonalarga muntazam ravishda borib turish, diniy e’tiqod bilan bog’liq odatni steriotip, eskilikning yemirilishi munosabati bilan ularning hayotida vujudga keladigan qiyinchilik hamda ongli ziddiyatlarni ongli tushunchani dip psixologiyasida qo’llash mumkin, lekin bu fan uchun ilmiy mutanosib tushunchalar emas.
Agar fiziologiya darajasiga erishgan dindor odamlarning muhim hususiyatlarini ochish imkoniyati mavjud ekan, buni umumiy psixologiya bosqichida, psixikani tadqiq etish vositalari va usullari yordamida uni amalga oshirish mumkinmi?
Ugrinovich o’zining muammolarini hal etishda printsipial ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy psixologiyaning ikkita hususiyatini taxlil qilish bu savolga javob berish imkonini yaratadi.
Birinchidan umumiy psixorlogiya inson psixikasini mazmunan emas, balki asosan protsessual, funktsional (jarayon va ishlab turuvchi) hodisa sifatida o’rganadi. Bu voqelik shuni anglatadiki, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlari: tafakkur, idrok, xotira, sezgi, hissiyot, iroda va hokazolar amal qilishning umumiy qonunlari o’rgnishda umumiy psixologiya inson tafakkuri yoki idrok qilishning mazmuni qanday, shaxsning his-tuyg’usi yoki irodasining yo’nalishi qanday muammolardan uzoqlashada (mavxumlashadi).
Biroq dindor odamlarning psixologik hususiyatlarini faqat ular ruhiyatini chuqur tahlil qilish, ya’ni asar muallifi tomonidan “g’ayritabiiy kuch” degan umumiy tushuncha bilan tavsiyalaydigan ular e’tiqodining o’ziga xos predmetini ochish (ko’rsatish) orqaligina tushunish mumkin. Umumiy psixologiyaning, uning inson psixikasini o’rganishga metodologik yondashuvning ikkinchi hususiyati shundan iboratki, u inson psixikasiga barcha davrlarda yashagan odamlar, turli sinf, sotsial guruhlarga mansub kishilar uchun xos bo’lgan umumiy belgi va qonuniyatlar nuqtai nazardan talqin qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, umumiy psixologik fani shaxsning u yoki bu sotsial tiplarini, ana shu tiplardan har birining psixik hususiyatlarini, shaxsning sotsial guruh bilan o’zaro ta’sirini o’rganmaydi. Buning ustiga dindorlar o’zlarida shaxsning alohida kontekstdagina tushunish ya’ni muayan davr, sotsial mikromuhit va makromuhitni, dindorning diniy jamoadagi roli va o’rnin, unga boshqa maslakdoshlarining psixologik ta’sirini tahlil qilishdan kelib chiqqandagina tushuncha bo’ladi.
Ugrinoviyaning ta’kidlashicha, yuqoridagilardan ayon bo’lishicha, umumpsixologik tadqiqot darajasiga erishganda ham dindorlarning psixologik hususiyatlarini ochish mumkin emas.
Asar muallifining e’tirof etishiga qaraganda, psixologik fanlar tizimida faqat bitta fan borki, faqat shu fangina mazkur muammoni hal etishi mumkin. fikr sotsial psixologiya fani to’g’risida boryapti. Ushbu fan XIX asrning o’rtalaridan boshlab Rossiyada rivojlana boshlagan bo’lsa, XX asrning 90-yillariga kelib respublikasiz psixologlari; E.G’oziev, G’.SHoumarov, V.Karimova, B.Umarov kabi olimlar tomonilan keng ko’lamda o’rganila boshlandi.
Aksariyat jahon tadqiqotchilari sotsial psixologiyaning uchta asosiy metodoloik printsipini ko’rsatib o’tadilar. Bu printsiplar inson psixikasini va odamlar xulq atvorini mazmun mohiyatini chuqur tahlil qilishga imkon beradi. Bu, birinchidan shaxslararo munosabatlar, deb ataladigan tabiatini odamlarning bir biri bilan bevosita muloqot jarayonida, shaxslararo munosabatda vujudga keladigan emotsional holatlarni o’ziga xos tarzda talqin etishni mujassamlashtiradi. Ayni shular xorij sotsial psixologiyasida avval boshdanoq, uning genezisida sevimli tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qilgan.
Tabiiyki, dindorlar psixikasini o’rganuvchi mutaxassislar, eng avvalo, umumiy psixologiyaning nazariy hulosalari va metodlaridan foydalanadilar. Xususan, xorij mamlakatlari din psixiologiyasida uzoq yillar introspektsiya (o’z o’zini kuzatish) yetakchi rolь o’ynaydi. Hozirgi zamonda mazkun psixologlar bu metodning kamchiliklarini ko’rsatmoqda.
Keyinchalik ahvol tubdan o’zgardi. Bugun xorijdagi din psixologlari din psixologiyasiga sotsial psixologik fan sifatida qaratmoqdalar. Masalan, A.Argayl va B.Beyt-Xallamining “Dinning sotsial psixologiyasi”; B.Betson va LyuVentisning dindorlar ongi va xulq atvorini sotsial psixologik talqin etishga harakat qilinadi.
M.Argayl va B.Beyt-Xallami kitobida sotsial psixologiya sotsiologiyaga g’oyat yaqin fan sifatida talqin etildi. SHu munosabat bilan mazkur tadqiqot boy emperik, sotsiologik va sotsial psixologik materiallarga ega bo’lib, Buyuk Britaniya va AQSHdagi dindorlini tushunishda boy ma’lumot yera oladi (mualliflar mazkur mamlakatlardagi konkret tadqiqot materiallarini tahlil qilish bilan cheklangandar).
Xorij mamlakatlaridagi emperik ma’lumotlar xukmrok, boy, farovon qatlamga mansub kishilar yuqori darajada dindor ekanligidan guvohlik beradi.
Agar nazariya faktlarga tayanmasa, faktik ma’lumotlarni hisobga olgan holda tekshirilmasa va rivojlanmasa, sxolastik nazariyaga aylanadi. Din psixologiyasi sotsial psixologik fan ekan, odamlarning diniy ongi va xulq atvorini o’rganish metodlari ham sotsial psixologiyadan olinadi.
Ma’lumki, dinshunoslik din tarixi va nazariy dinshunoslik (ijtimoiy ong shakli sifatida dinning umumiy qonuniyat va hususiyatlarini o’rganadi)ni o’z ichiga oladi. Nazariy dinshunoslik yana bir nechta sohalarga bo’linadi. Uning tarkibiga: din falsafasi (ijtimoiy xodisa sifatida dinning falsafiy mohiyati, diniy ongning gneseologik ildizlari o’rganiladi); din sotsiologiyasi (dinning sotsial ildizlari va sotsial funktsiyalari tadqiq qilinadi); va nihoyat, din psixologiyasi kiradi.
Yuqorida ta’qidlanganidek, din psixologiyasining va ularning xulq atvorida namoyon bo’ladigan hususiyatlarini o’rganishdir.
“Iymonli odam” tushunchasi dindor odam tushunchasi bilan bir xil ma’no kasb etadi. Psixologik fenomen (hodisa) sifatida iymon e’tiqodning dindor shaxsiy hayotidagi rolini ta’kidlaydi.
Diniy ongning ikki darajasi: 1) ideologik (iloxiyot ilmi, din falsafasi, ibodatxonaning sotsial doktrinasi) va 2) sotsial psixologik (barcha dindorlar ongida real amal qiluvchi, ularning diniy tasavvurlari, kechinmalari, psixik stereotiplari va xulq atvorlari) darajasida mavjuddir. Diniy ongning sotsial

Download 43.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling