Mavzu:Diniy e’tiqod va diniy iymon tushunchalari
Reja:
E’tiqod tushunchasi
Diniy iymon tushunchasi
Iymon shartlari
“E’tiqod” so‘zi arabcha “i’taqada” fe’lidan olingan bo‘lib, “ishonch”, “komil ishonch”, “iymon”, “iymonli bo‘lish”2 ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod bu insonning oldida turgan maqsad yoki g‘oya haq ekaniga to‘la ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos psixologik holatdir. Ayni vaqtda e’tiqod uchun turli shart-sharoitlar mavjud bo‘lmog‘i lozim. Umuman olganda, e’tiqod bu – shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omildir. Diniy e’tiqod bu ob’yektiv (ya’ni inson irodasidan yuqori turgan) Zotga iymon keltirish, U bilan bevosita muloqotda bo‘lish, Undan madad olish, g‘aroyib voqea-hodisalarning takror sodir bo‘lishi va unga daxldorlik hamda muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob va payg‘ambar, avliyolarga ishonch, demakdir. Diniy e’tiqodda muayyan timsollar (buyum, harakat, so‘z, matnlar) diniy ma’no va mazmun kasb etadi. Ularning yig‘indisi diniy yo‘nalishning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Har bir din yoki diniy konfessiya (yo‘nalishning) sobiq aqidalari mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |