Mavzu: Dinlarning qadimiy shakllari Reja


Download 24.85 Kb.
Sana25.07.2020
Hajmi24.85 Kb.
#124796
Bog'liq
Mavzu Dinlarning qadimiy shakllari Reja


Mavzu: Dinlarning qadimiy shakllari

Reja

1. Dinning paydo bo'lishi to'g'risida turli qarashlar.

2. Totemizm.

3. Animizm.

4. Shamanizm yoki sehrgarlik(magiya).

5. Fetishizm.



Dinning paydo bo'lishi to'g'risida turli qarashlar

Din paydo bo'lishidagi asosiy sabab - tabiat kuchlari va xodisalarining odamlar ustidan xukmronligi, ularning bu xodisalar sabablarini bilmasligi natijasida ushbu kuchlar, xodisalardan qo'rquvga, daxshatga tushib qolganliklari.

Ibtidoiy jamiyatdagi «aql-idrokli odamlar» uyqu va o'lim kabi tabiiy xodisalarning sirini bilmaganlar. Bu xodisalarni xam ular g'ayri tabiiy kuchni, inson tepasida turgan jonning xarakati, deb tushunganlar. Uyqu vaktida jon tanadan uchib chiqib ketadi, butunlay chiqib ketib qaytib kelmasa, o'lim sodir bo'ladi, deb tasavvur qilganlar.

Ibtidoiy odam jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'ziga xos xususiyatga ega edi. U ibtidoiy bo'lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo'lgan odam edi. Bilim miqdorining nihoyatda ozligi, oldinda turgan hayotdan qo'rquv va uni yengishga bo'lgan intilish shunga olib bordiki, nafaqat aqliy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliyo-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Shuning natijasida asta-sekin diniy tasavvurlar shakllandi.

Dinlar unga e'tikod qiluvchilarning soni, miqyosi, o'zining ma'lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga ko'ra quyidagi guruxlarga bo'linadi:

1) urug'-qabila dinlari;

2) milliy dinlar;

3) jaxon dinlari.

Dinlar ta'limotiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:

1) monoteistik-yakka xudolik;

2) politeistik-ko'p xudolik.

Urug'- qabila dinlariga totemizm, fetishizm, animizm, shomonizm, sexrgarlik (magiya) va boshka shakllari kiradi.



Totemizm

Totemizmda urug'-qabila yoki shu urug'ning xar bir a'zosining xayoti, farovonligi, shu urug'ning xaqiqiy ajdodi xisoblangan «totsi»-o'simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishoniladi.Totemizm- odamlarning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor deb e'tiqod qilishdir.

Totem urug' yoki qabila uchun muqaddas va homiy bo'lgan hayvon va o'simlik, tabiat hodisalaridir. Totem timsoli bo'lgan narsalarning halokati, uning avlodining halokati deb ishonish natijasida «totemlarni»- ya'ni xayvon va o'simliklarning turlarini ko'paytirishga xarakat qilganlar.

Individual - (yakka) totem bir urug' barcha a'zolarining umumiy bitta totemi bilan bir qatorda, yana har bir a'zosining alohida shaxsiy totemga egaligidir. Bunday totemlar asosan erkaklarda, afsungarlarda, qabila boshliqlarida, duoxonlarda bo'lgan. Ular o'zlarining shaxsiy totemlarini farzandlariga meros qilib qoldirganlar.

Totemlar e'zozlangan, ularni o'ldirish, otish taqiqlangan. Totemizm hozirgi dinlarda, muayyan unsurlar sifatida mavjuddir.

Totemizm ta'sirida paydo bo'lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat'iy ravishda qo'llanildi. Bu totemga xos bo'lmagan begonalar bu jamoa urf-odat va normalaridan chetda hisoblangan. Vaqt o'tishi bilan qarindoshlik aloqalarining mustahkamlanib borishi, ya'ni odam va uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, odam vafot etgach uning o'z totemiga aylanishi yoki totemdan inson shakliga kelishi havida tasavvurlar vujudga keldi.

Bu esa totemni ozuqa sifatida iste'mol qilinishining taqiqlanishiga olib keldi.

Tabu – taqiqlash tizimi bo'lib, totemlarni iste'mol qilishni taqiqlagan.

Totemizmning asosiy vazifasi- birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi.

Animizm

Animizm - lotincha «anima» so'zidan olingan bo'lib «jon», «rux» degan ma'nolarni anglatadi.Animizm- kishi ruxining, jonining borligiga ishonish, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri.

Animizm har kanday dinning zaruriy unsuridir. Animizmda osmon va yer, quyosh va oy, yomg'ir va shamol kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb hisoblanar edi. Hattoki, ko'p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklar ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli,sezuvchan, yaxshilik va yomonlikni keltiruvchi deb tushunilgan.

Animizm- ibtidoiy, diniy tasavvurlarning eng yuksak shakli.

Animistik timsollar ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiy kuchlarning jonlantirilishidir. Ular zamonaviy dinlarda ham mavjud.

Shamanizm yoki Sehrgarlik(Magiya)

Shomonizm- «shomon» tunguzcha so'z bo'lib, u «sehrgarlik», «o'ta xayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma'noni anglatadi. Bu so'zlar ruslar orkali butun Sibirga, XVIII asrda esa G'arbiy Yevropaliklar tiliga kirib kelgan.

Sehrgarlik (afsun, magiya)- real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir.

Shamanlar - afsungarlik bilan shug'ullangan odamlardir. Ular jazavali va asabiy kishilar bo'lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo'lishi, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazishlariga ishonganlar. Ular ma'lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish yo'li bilan o'zlarini jazavaga solib, jazavani yuqori nuqtaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Marosim oxirida u hech narsani ko'rmay, eshitmay qolar edi. U shu holatda ruhlar bilan muloqot qiladi deb hisoblangan.

Odamlar ruhlar shamanlarga hizmat kiladi, uning turli topshiriqlarini bajaradi, shamanlar odamlar bilan ruhlar o'rtasida vositachilik qila oladi, deb ishonganlar.

Sehrgarlikning quyidagi turlari mavjud:

1. Birovga ziyon-zaxmat yetkazish ( albatta dushmaniga)

2. Harbiy sexrgarlik.

3.Muhabbat ( issiq-sovuq kilish, bu jins sehrgarligi ham deyiladi)

4.Davolash sehrgarligi.

5. Ob-xavo sehrgarligi.

6. Xo'jalik sehrgarligi.



Fetishizm

Fetishizm- portugalcha -«fetisho», frantsuzcha «fetishe» so'zlaridan olingan bo'lib, sexrli narsa, but, sanam, tumor degan ma'nolarni anglatadi.

Fetishizm jonsiz narsalarga sig'inishdir.

Fetishlar- sig'inish ob'ektlari, tosh, tayoq, daraxt, umuman xar qanday buyum bo'lishi mumkin.

Shunday o'simliklar borki, ularning zaxri tirik jonni o'ldirish xususiyatiga ega.

O'simliklarning bu xususiyati g'ayri-tabiiy xisoblangan. Keyinchalik, bu narsa boshka narsalarga, masalan, toshga ko'chirilgan. Ov qilayotgan ibtidoiy odamlar ayrim toshlarni xayvonlarga o'xshashini payqaganlar. Shuning uchun ular ovga borganlarida ana shu toshlarni olib ketganlar. Ov o'ngidan kelib qolganda bunga xam shu toshlar sababchi, deb xisoblaganlar. Shu tariqa, oddiy predmetlarga g'ayritabiiy xususiyat xos, degan fikr barqarorlashgan.

Fetishizmning paydo bo'lishi ibtidoiy odamlar ongida afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo'shliqda ko'chib yurish xususiyatiga ega emas, baki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo'lishi mumkin degan tasavvurlarni uyg'otdi.

Fetishizm elementlari hozirda ham saqlanib qolgan. Turli dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko'zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.



Xulosa qilib aytganda, insonlarning to'xtovsiz ravishda dunyo sirlarini bilishga intilishlari natijasida din shakllari ham takomillashib bordi.
Download 24.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling