Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari


Download 185.9 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi185.9 Kb.
#136604
Bog'liq
10-sinf Din tarixi namuna maktabim.uz


Maktabim.Uz


Sana: ________ Fan: Din tarixi 10- sinf

Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari

Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” ,

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar: O`quvchilarga ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;



Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:


  • Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


1.”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsadi

2.”Dunyo dinlari tarixi” fani vazifalari

”Dunyo dinlari tarixi” fanining muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi. Shu ma’noda ”Dunyo dinlari tarixi” keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi. ”Dunyo dinlari tarixi” nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat din tarixi predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi.

”Dunyo dinlari tarixi” fani din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi.

”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

– din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish;

– dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish;

– kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli

g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish.

”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi.



Mustahkamlash:

1. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining maqsadi nimalardan iborat?

2. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari nimalardan iborat?

3. ”Dunyo dinlari tarixi” fani nima uchun o’qitiladi?



Dars yakuni: baholarni e’lon qilish

Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.

O.T.I.B.D.O`: ______________ _____________________ _________________-

Sana:______________ Fan: Din tarixi 10- sinf

Mavzu: Fan va din


Mavzu: Fan va din

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” ,

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar: O`quvchilarga fan va din haqida ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;



Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:


  • Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning borishi:

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash



Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


1. Din va jamiyat munosabatlari.

2. Din va jamiyatning aloqadorligi.

Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi.

Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.

Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi.

Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi.

O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi.

Mustahkamlash:

1. Din va jamiyat munosabatlari?

2. Din va jamiyatning aloqadorligi qanday?

Dars yakuni: baholarni e’lon qilish

Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.

O`.T.I.B.D.O`: ________________ _________________ ______________________-

Sana: _____________ Fan: Din tarixi 10- sinf

Mavzu: Dinning paydo bo‘lishi va shakllari


Mavzu: Dinning paydo bo‘lishi va shakllari

Soatlar soni: 2 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” ,

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar: O`quvchilarga dinning paydo bo`lishi va shakllari haqida ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;



Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:


  • Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning borishi:

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

Yangi mavzuning bayoni:

Din qachon paydo bo‘lgan?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hanuz bu borada aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.



Birinchi qarash asosida diniy ta’limot yotadi. Unga ko‘ra, dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaratilishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson dinga e’tiqod qila boshladi. Vaqt o‘tishi bilan xudo insonlarga o‘z elchilarini – payg‘ambarlarini va ular orqali muqaddas kitoblarni yubordi, deb talqin qilinadi.

Ikkinchi qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. Mazkur qarash tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi natijasida animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydi.

Muayyan millat va elat doirasidagina tarqalib, boshqa xalqlarni qabul qilmaydigan dinlar “milliy dinlar” deb ataladi. Milliy dinlarga hinduiylik (induizm), sintoiylik (sintoizm), konfutsiylik (konfutsizm), yahudiylik (iudaizm), jayniylik (jaynizm), sikxiylik (sikxizm) kabi dinlar kiradi.

Millati, tili, irqi, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar turli millat vakillari e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar “jahon dinlari” deb ataladi.

Buddaviylik, xristianlik va islom jahon dinlaridir. Barcha ilmiy adabiyotlarda dinning paydo bo‘lishi borasida bildirilgan fikrlar ilmiy gepotezalardan iborat. Diniy manbalardagi ta’limotlarni qabul qilish yoki qilmaslik har bir insonning diniy e’tiqodiga bog‘liq.

Bir-birlarining mayda-chuyda kamchiliklarini kechira olgan kishilargina chi­nakam do‘stlik iplari bilan bog‘lana oladilar. V.Voronsov

Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirin. Xalq hikmati

Mustahkamlash:

1) 1, 2, 3-rasmda qanday umumiylik bor?

2) 4, 5-rasmlarning umumiylik va o‘ziga xos tomonlarini aniqlang. Ularni nima birlashtirib turadi?



3) rasmlardan jahon dinlari va milliy dinlarga aloqadorlarini ajrating.





Dars yakuni: baholarni e’lon qilish

Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish
Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling