Mavzu: Diqqatning psixofizologiyasi. Reja


Download 210.39 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi210.39 Kb.
#194554
  1   2
Bog'liq
psixofizologiyadan mustaqil ish


Nukus davlat pedagogika instituti

Psixofizologiya fanidan

Mustaqil ish

Mavzu: Diqqatning psixofizologiyasi.

Topshirdi: Pedagogika va psixologiya 1-kurs talabasi Xojanova Oltingul

Qabul qildi: Latipova Xurshida



Mavzu: Diqqatning psixofizologiyasi.

REJA:

  1. Diqqat haqida tushuncha.

  2. .Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.

  3. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so'nggi diqqat.

  4. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi.



Tayanch iboralar:

Diqqatning nerv-fiziologik asoslari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so'nggi diqqat, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi

Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda kop narsa va hodisalar ta‘sir etib turadi. Lekin odamga ta‘sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta‘sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga boglikqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‗la aks ettiriladi.

Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta‘riflar keltirilganligini ta‘kidlash mumkin. Pashlerning (1998, p. 1) fikricha, ―Diqqat muammosini organish psixologlar uchun uzoq yillar davomida muhim ahamiyat kasb etib kelgan‖ Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ―diqqat‖ga oid nazariyalar XIX asrning oxirlaridan o‗rganila boshlangan. SHunday qilib, bixevioristlar diqqatni ichki jarayon deb hisoblaganlar.

Diqqat tushunchasi 1958 yilda Broadberning ―Idrok va kommunikatsiya‖ nomli kitobida qollanilgan va ilmiy tushuncha sifatida kiritilgan. Diqqat odatda ob‘ektni tanlash va nomlashda qollaniladigan jarayon sifatida beriladi. Villiam James esa tuyguga e‘tibor bergan (1890, pp. 403–404): qolgan barcha buni diqqat deb hisoblagan. Bu bilish jarayoni bolib, tafafkkur ob‘ektining bir vaqtning ozida aniq va yorqin shaklda namoyon bolishidir. Diqqat – bu bir vaqtning ozida e‘tiborning toplanishidir.

Baar (1997) diqqatning paydo bolish mexanizmlarini asoslab beradi.

Masalan, shuyday deyish mumkin: ―Biz buyruqga qaraymiz‖ yoki ―Biz buyruqni eshitamiz‖. Baar (1997, p. 364) quyidagi fikrni keltiradi, ―Tajribada topladi va amaliy voqelarda namoyon boladi. Har kuni nutqda doimo, birinchi bolib e‘tibor qaratish uchun ―Tinglang‖, ―Qarang‖ tushunchalari qollaniladi; ikkinchidan ―eshitamiz‖, koramiz‖ deb izohlanadi‖.

Villiam James diqqatning ―faol‖ va ―passiv‖ turlarini ajratgan (1890). Faol diqqat individual taraqqiyotning yuksalishini, passiv diqqat tashqi stimulga sust javob berishdir. YAntisning (1998, p. 252) fikricha, ―Stimul – tez va kuchliligiga qarab nazorat qilinadi‖

Olportning fikricha bu haqiqatga oxshab koringani bilan yakka-yu yagona mexanizm emas yoki ichki imkoniyat kauzal atributsiya diqqat fenomeni tafakkurning yoki idrokning asosida shakllanadi.

Diqqat psixik faoliyatning yonaltirilishi va shaxs uchun ma‘lum ahamiyatga ega bolgan ob‘ekt ustida toplanishidan iborat bilish jarayonidir. Yonaltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob‘ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Oquvchi maktabda oqituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib otirganda mana shu eshitib otirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qozgalgan shu maqsadga boysundirilgan boladi. Oquvchining biror boshqa narsaga chalgimasdan oquv materialining mazmuniga zehn qoyib otirishida uning psixik faoliyatining yonalishi ifodalanadi.

Psixik faoliyatning yonaltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qollab-quvvatlash tushuniladi.

Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta‘kidlab otish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yoldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning ozi hech narsani aks ettirmaydi.

Odam biror narsaga zor diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim ozgarishlar kozga tashlanadi. Demak, diqqat odatda ozining sirtqi ya‘ni tashqi alomatlariga egadir.

Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.

Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar toxtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bolib, bu jimlik odamlar ma‘ruzachini yoki artistni zor e‘tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.

Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo‗ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‗libgina qolmay, balki uning ma‘lum yo‗nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. SHuning uchun ko‗pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.1

As Pashler (1998, p. 1) pointed out, ―Attention has long posed a major challenge for psychologists.‖ Historically, the concept of ―attention‖ was treated as important by many philosophers and psychologists in the late 19th century. However, it fell into disrepute, because the behaviourists regarded all internal processes with the utmost suspicion. Attention became fashionable again following the publication of Broadbent‘s book Perception and Communication in 1958, and has remained an important topic ever since.

Attention is most commonly used to refer to selectivity of processing. This was the sense emphasised by William James (1890, pp. 403–404): Everyone knows what attention is. It is the taking possession of the mind, in clear and vivid form, of one out of what seem several simultaneously possible objects or trains of thought.

Focalisation, concentration, of consciousness are of its essence. What is the relationship between attention and consciousness?

Baars (1997) argued that access to consciousness is controlled by attentional mechanisms. Consider, for example, sentences such as, “We look in order to see” or “We listen in order to hear”. According to Baars (1997, p. 364), “The distinction is between selecting an experience and being conscious of the selected event. In everyday language, the first word of each pair

[“look”; “listen”] involves attention; the second word [“see”; “hear”] involves consciousness.” In other words, attention resembles choosing a television channel and consciousness resembles the picture on the screen.

Diqqatning nerv-fiziologik asoslari

Diqqatning inson psixik faoliyatidagi o‗rnini tushunish uchun predmetlarning qaysi guruhga mansub ekanligi aniqlash lozim. SHaxsning ko‗rish maydonida joylashgan predmetlar boshqa predmetlargna nisbatan yaqqolroq idrok etiladi. SHu tarzda inson ongida ma‘lumot shakllanadi: bizning faoliyatimizning mazmuni bizning ongizmizda asosiy e‘tiborni talaba qiladi, foliyatimiz doirasida yuz beradigan ishlar ―miyaning quyi qismi‖ga o‗tib, pereferik qismga aylanadi. Bu shuningdek oddiy anologiya. Demak, bizning e‘tiborimiz qaratilgan predmet, voqae, hodisa miyada ―miyada markaziy‖ o‗rinni egallaydi.

Agar ongimizni grafik tasvirga joylashtirsak, quyidagi ikki doira ichida joylashadi: birinchi doira onglanmagan zona, kichkina doira esa – aniq, yorqin ma‘lumotlar zonasi yoki diqqat zonasi deyiladi. Demak, diqqat ongdagi ma‘lumotlarni aniq va yarqin bo‗lishini ta‘minlaydi.



1- rasm. Diqqat zonasi

Odamga har bir daqiqada ta‘sir qilib turadigan qo‗zg‗atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo‗ladi. CHunki har qanday refleks organizmning tashqi ta‘sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.

Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan



"bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to‗satdan birorta yangi narsaning ta‘siri yoki haddan tashqari kuchli ta‘sirot orqali hosil bo‗ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‗stida kuchli qo‗zg‗alish jarayonidan iborat bo‗ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta‘siridan hosil bo‗lgan qo‗zg‗alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog‗da nisbatan kuchli (ya‘ni optimal) qo‗zg‗alish manbaini yuzaga keltiradi.

Bosh miya yarim sharlarining po‗stida paydo bo‗ladigan kuchli qo‗zg‗alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‗zg‗alish bo‗ladi. Ana shu nuqtai - nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‗sti qismidagi optimal qo‗zg‗alish manbai tashkil qiladi", deb ta‘kidlagan.

Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so‗zlaridan ochiq oydin ko‗rishimiz mumkin.

"Miya yarim sharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo‘ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo‘ladi. SHunday qilib, optimal qo‗zg‗alishga ega bo‗lgan joy ayni chog‗da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‗ladi. Miya yarim sharlarining sust qo‗zg‗algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‗da funksiyasi juda nari borganda tegishli qo‗zg‗ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir".

I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po‗stining bir joyida maydonga kelgan qo‗zg‗alish jarayonlari bosh miya po‗stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po‗stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po‗stining boshqa joylarida kuchli qo‗zg‗alish jarayonlarini paydo bo‗lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po‗stida qo‗zg‗alish jarayoni uchun optimal, ya‘ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo‗zg‗alish manbai mavjud bo‗ladi.

"Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo‗lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko‗rinadigan bo‗lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo‗zg‗alish uchun eng yaxshi sharoit tug‗ilgan nuqtasi miltillab ko‗rinadigan bo‗lsa, yangi sog‗lom bir narsani o‗ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda holati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o‗zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yorug‗ narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug‗ narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko‗rardik".

A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi, bu hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i aynan shu damda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo‗zg‗alishning hukmron bo‗lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.2

Bu hol psixologik jihatdan biror qo‗zg‗atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog‗da ta‘sir qilib turgan boshqa qo‗zg‗atuvchilardan diqqatning chalg‗ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o‗ziga xarakterli bo‗lgan tashqi ifodalari bilan bog‗liq bo‗ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to‗xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo‗lgan yuz harakatlari bilan bog‗liq bo‗ladi.

Diqqat turlari

Odam ayrim narsalarga o‗z diqqatini ongli ravishda o‗zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya‘ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob‘ektga yo‗naltirilishi va to‗planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo‗linadi.


  • Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so‗nggi diqqat.

  • Diqqatning ob’ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.



  • Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat

Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko‗rsatiladi.

Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so‗nggi diqqat turlaridan iboratdir. Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Diqqat turlari

Ixtiyorsiz diqqat deb to‗satdan ta‘sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo‗ladigan diqqatga aytiladi.

Odamning ko‗z o‗ngida paydo bo‗ladigan juda yorqin rangli narsalar, o‗zining tashqi ko‗rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to‗satdan paydo bo‗lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo‗lishi mumkin.

Masalan, hikoya o‗qish mashg‗uloti paytida to‗satdan uchib o‗tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o‗ziga jalb qiladi.

Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan diqqatdir. SHuning uchun ham ayni chog‗dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog‗liq bo‗lgan narsalarning ta‘siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo‗ladi. Masalan, yorqin o‗yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o‗yindan darhol o‗ziga jalb qilib oladi.

Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki ―bu nima?‖ refleksi tashkil qiladi. CHunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o‗zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda,

"nima gap?" degan ma‘noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.

Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat‘iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma‘lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.

Odamning ko‗pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya‘ni o‗qish, o‗yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo‗lib, u zo‗r berishlikni, ya‘ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.

Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po‗stida vujudga keladigan optimal qo‗zg‗alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‗oyat kattadir. CHunki ko‗pchilik hollarda hoh ta‘lim jarayonida bo‗lsin, hoh mehnat jarayonida bo‗lsin nutq orqali turli vazifalar qo‗yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.

SHuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya‘ni odam o‗zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. SHuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi.

Ana shu jihatdan olganda ta‘lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqtivaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‗tib turishi yaxshi bo‗ladi.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so‗nggi diqqatni ko‗rsatib o‗tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.3

Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‗planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o‗zi qiziqarli va ahamiyatli bo‗lsa ixtiyoriydan so‗nggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob‘ektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g‗ayrat sarflamasa ham bo‗laveradi. SHunday qilib, ixtiyoriydan so‗nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo‗lgan holda shuning o‗zidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o‗quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha

mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga o‗zini diqqat-e‘tiborli bo‗lishga, chalg‗imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg‗itish qiyin bo‗ladi. Dastavval irodaviy kuch-g‗ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so‗nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so‗nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko‗proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog‗liq deb hisoblaydilar.

Diqqat turlati va ularni qiyosiy xarakteristikasi






Download 210.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling