Mavzu: Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi. Reja


Download 22.96 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi22.96 Kb.
#1481752
  1   2   3
Bog'liq
Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi.


Mavzu: Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi.


Reja:



  1. Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi haqida umumiy ma`lumot.




  1. Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari.



  1. Farmasevtika vositalari bilan chakana savdo qilish qoidalari.

Bajarayotgan ish hajmiga qarab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
dorixonada o‘z imkoniyatlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga oigan holda belgilangan me’yorlar doirasida boMimlar tashkil etiladi.Tayyor dorilar bilan savdo qiladigan dorixonalarda, odatda, alohida bo’limlar tashkil qilinmaydi.
Boshqa ko'pchilik dorixonalarda ikkita bo’lim: retseptura-ishlab chiqarish va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalari bo’limlari bo’ladi.
Hozir eng katta dorixonalarda 4 ta bo'lim boiishi tavsiya etiladi. Sobiq ittifoq davrida va hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida bu dorixonalar 1-guruh dorixonalari deb yuritiladi va yuqorida qayd etilgan boiimlardan tashqari, ularda yana bir necha bo’limlar bo'lishi mumkin deyiladi.
Bizning respublikamizda ham yuqorida qayd etilgan 4 ta boiimdan, ya’ni retseptura ishlab-chiqarish bo'limi, retsept bilan beriladigan tayyor dorilar bo'limi, g'amlamalar bo'limi va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo'limlari mavjud bo'lgan dorixonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin bu bo'limlar soni cheklanadi degan gap emas,dorixonada yana boshqa bo'limlar ham ochish mumkin.Masalan, sanitariya-gigiena bo'limi, ko'zoynaklar bo'limi, gomeopatik dorilar bo'limi, fitobar va boshqalar.Bu bo'limlami bo'lim boshliqlari va ulaming yordamchilari boshqaradi. Bo'lim boshliqlari va lining yordamchilari, asosan, oliy ma’lumotli farmatsevtlar bo'ladi, Lekin sanitariya-gigiena bo'limi, ko'zoynaklar bo'limi, fitobarlarda bo'lim boshliqlari va ulaming yordamchilari lavozimlarida o'rta maxsus ma’lumotli farmatsevt assistentlar ishlashlariga ruxsat etiladi.
Har bir bo'lim o'zining tegishli vazifalarini bajaradi.Retseptura-ishlab chiqarish bo'limi yakka tartibdagi ambulatoriya retseptlari va davolash-profilaktika muassasalarining talabnomalari asosida ekstemporal yoki tayyor dori vositalarini aholiga tayyorlab berish, sifatini nazorat qilib, ichish va saqlash tartib qoidalarini ularga tushuntirib berish bilan shug'ullanadi. Zarur bo'lib qolgan taqdirda dorixona mutaxassislari aholiga birinehi tibbiy yordam ko'rsatishadi.
G'amlamalar bo'limi dori vositalariga, tibbiy va boshqa bemorlarni parvarish qilish buyumlariga buyurtma-talabnomalar yozib dorixona ta’minotchilariga: farmatsevtika zavodlariga yoki ulgurji dorixona muassasalariga, firma va ishlab chiqarish korxonalariga jo'natadi. Shuningdek, bo'lim mutaxassislari doimiy ravishda dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlarga bo'lgan ehtiyojni o'rganib aniqlab boradilar.
Bo'limda dori vositalarini tegishli tartibda saqlash, boshqa bo'limlariga dori vositalarini berish, shuningdek, shu bo'limda tez-tez takrorlanib turadigan retseptlar asosida yarim fabrikat va standartlarni tayyorlash bilan ham shug'ullanib, tegishli tartibda ular sifatini nazorat qilish, laboratoriya- qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.
Tayyor dorilar bo'limi esa aholidan va davolash-profilaktika muassasalaridan tayyor dorilarga kelib tushgan retseptlar asosida farmatsevtika-ishlab chiqarish korxonalaridan keltirilgan dori vositalarini berish bilan shug'ullanadi. Bu bo'limda, asosan, oliy ma'lumotli farmatsevtlar faoliyat ko'rsatadilar.
Retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo'limida O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalari sanitariya-gigiena buymlari va tibbiy buyumlar, yosh bolalarning maxsus ovqatlari va bemorlami parvarish qilishda ishlatadigan boshqa buyumlar sotish bilan ham shug‘ullanadilar.
Ayrim dorixonalarda shu bodimdan bemorlarga kislorod yostiqlari ham beriladi.

Download 22.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling