Mavzu: Embrionning hosil boʻlishi va rivojlanishi. Urugʻdon va tuxumdonni tuzilishi Rivojlanib tuxumga aylanuvchi urg‘ochi jinsiy hujayralar ishlab chiqaradigan jinsiy bezlar tuxumdon deb ataladi


Download 20.16 Kb.
Sana24.05.2022
Hajmi20.16 Kb.
#695400
Bog'liq
ТошДАУ Андижон филиали Заковат низоми, Xalq so'zi gazetasi-218-2019-10-22 (2), Xalq so'zi gazetasi-218-2019-10-22 (2), Молия бозори тест, Молия бозори тест, Funksiya, АКТ 2-маъруза, BIOLOGIYA.docx 1, xalqaali, Aniq integral, 3-mavzu. Diskret tasodifiy miqdorlar, 4-Amaliy. ishlab chiqarish funksiyalari, 8-amaliy.Iqtisodiy matematik model turlari, 14-amaliy tenglamalar sistemasini iteratsiya usulida yechish, fazoda yugri chiziq va tekislik

Mavzu: Embrionning hosil boʻlishi va rivojlanishi. Urugʻdon va tuxumdonni tuzilishi
Rivojlanib tuxumga aylanuvchi urg‘ochi jinsiy hujayralar ishlab chiqaradigan jinsiy bezlar tuxumdon deb ataladi. Qurtlik bosqichida tuxumdonlar boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Ular och sariq rangli, noto‘g‘ri uchburchak shaklidagi ikkita bezdan iborat bo‘lib, qurt qorin qismining beshinchi bo‘g‘imdagi po‘sti ostida, xuddi yarim oy shaklli dog‘larning ikkinchi jufti turgan yerda joylashgan. Tuxumdonning har bir ichki qismidan biriktiruvchi to‘qima payi ketgan. Bu paylar yaqindagi to‘qimalarga birikib, tuxumdonni ma’lum bir holatda tutib turadi. Tuxumdonning ichki qismi bel naychasidan yuqorida joylashgan bo‘lib, anchagina uzun payi bor, bu payning orqa uchi ipak qurti qorin qismining yettinchi bo‘g‘imigacha yetib boradi. Bu pay jinsiy pay deb ataladi, keyinchalik bu paydan tuxumdon rivojlanadi.Tuxumdonning pardasi biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘lgan. Har qaysi tuxumdonning ichki bo‘shlig‘i uchta to‘liq bo‘lmagan to‘siq bilan to‘rtta kameraga bo‘lingan. To‘siqlar to‘la bo‘lmaganligidan jinsiy pay boshlanadigan joy yaqinida kameralar bir-biri bilan qo‘shilib, umumiy bo‘shliq hosil qiladi. Ipak qurtlarining ipak boshlang‘ich tuxumdoni kameralarida birlamchi jinsiy hujayralar – ovogoniyalar va bir qancha epiteliy hujayralari bo‘ladi, bular follikulyar hujayralar deb ataladi. Ipak qurti o‘sib borgan sari uning tuxumdoni ham kattalashadi va shakli ham anchagina o‘zgaradi. Qurtlarning uchinchi yoshidayoq tuxumdonlarning ichki kameralari uzunlasha boshlaydi. Kameralar asta-sekin uzun naychaga aylanadi. Bu naychalarning uzunligi tuxumdon uzunligidan bir necha marta kattalashib ketishi sababli ular tuxumdonning umumiy bo‘shlig‘iga juda egri-bugri holda joylashadi, beshinchi yosh oxiriga borib esa tuxum naychalari boshlang‘ich tuxumdon ichiga o‘rnashgan tugunchaga o‘xshab qoladi. Qurtlik bosqichining oxiriga kelib, jinsiy payning oldingi bo‘limi yo‘g‘onlashadi va to‘rt qismga ajralib turadi. Bu qismlar tuxumdonning to‘rtta naychasiga tutashadi. Keyinroq borib, jinsiy payning ana shu bo‘limidan ovariollarning tuxum chiqaruvchi qismi hosil bo‘ladi. Qurtlar g‘umbakka aylangandan keyin tez orada boshlang‘ich tuxumdonlarning pardasi yirtiladi va tuxum naychalari g‘umbak qorin qismining umumiy bo‘shlig‘iga tushib turadi. Ovariollarning tuxum hosil qiluvchi va tuxumni chiqarib yuboruvchi qismlari ana shu vaqtdan boshlab, bir-biriga qo‘shilib ketadi va yaxlit naychalarga o‘xshab qoladi. Naychalarning tuxum hosil qiluvchi qismidagi tuxumlar ovariollar devoridagi muskullarning qisqarishi natijasida tuxumni chiqarib yuboruvchi qismiga o‘tadi. Kapalaklik bosqichida butunlay shakllanib bo‘lgan tuxumdon sakkizta uzun naychadan - ovariollardan iborat bo‘lib, ular urg‘ochi kapalak qorin qismining har qaysi tomoniga to‘rttadan joylashadi Har qaysi to‘rtta ovariolning oldingi qismlari ichki kamera bilan, orqa qismi esa juft tuxum yo‘li bilan birlashadi. Qorin bo‘shlig‘ining oxirida ikkala juft tuxum yo‘li umumiy toq tuxum yo‘liga qo‘shiladi, bu yo‘l tuxum chiqadigan teshik bilan tamomlanadi. Kichik yoshdagi qurtlarning boshlang‘ich tuxumdonlari kameralari ichida ovogoniylar deb ataladigan birlamchi jinsiy hujayralar, shuningdek, follikulyar hujayralar juda tez ko‘payadi. To‘rtinchi yosh boshlarida, ya’ni tuxum kameralari anchagina cho‘zilib, naychaga aylanib qolgan vaqtlar ularning orqa qismida differensiatsiyalangan (bo‘lina boshlagan) joy ko‘rinadi. 98-rasm. Qurtning tuxumdoni ; 1-traxeyalari; 2-bel naychsi; 3-tuxumdoni; 4-jinsiy payi. 99-rasm.A. Qurtning kesib ko‘rsatilgan: tuxumdoni 1-traxeyalari 2- tuxumdonnnng pardasi; 3-oogoniylar va follikulyar hujayralari; 4- jinsiy payi B Qurt tuxumdonida tuxum naychalarining rivojlanishi 1- jinsiy payi. Ana shu joyda har qaysi ovogoniy uch karra bo‘linish yo‘li bilan sakkizta hujayra hosil qiladi, bulardan biri rivojlanib tuxumga (ovotsitga) aylanadi, qolgan yettitasi esa ana shu tuxumni oziqlantiruvchi hujayralar bo‘lib qoladi. Shu vaqtdan boshlab, tuxum hujayralari ko‘payishdan to‘xtaydi va ularning o‘sish davri boshlanadi. Differensiatsiyalangan (bo‘lina boshlagan) joy hosil bo‘lishi bilan ovariollarning ichki bo‘shlig‘i ayrim tuxum kameralariga bo‘linadi. Har bir kamerada o‘sayotgan tuxum va yettita oziqlantiruvchi hujayra bo‘ladi. Qurt rivojlana borishi bilan tuxum tez o‘sadi, oziqlantiruvchi hujayralar esa kichrayib bo‘rishib qoladi. G‘umbaklik bosqichida tuxum follikulyar epiteliy hujayralari hisobiga oziqlanadi, bu epiteliy tuxumdonning ichki devorini qoplab olgan bo‘ladi. Tuxum hujayra o‘sishdan to‘xtashi bilan epiteliy hujayralari maxsus modda ajratib chiqaradi, bu modda tuxum qobig‘ini hosil qiladi. Tuxumning ichidagi moddalar hosil qiluvchi va oziqlantiruvchi sariqlik hamda yadro deb ataluvchi pufaksimon tanadan iborat bo‘ladi. Hosil qiluvchi sariqlik bir jinsli tiniq suyuqlikka o‘xshash bo‘lib, u yadro atrofida va tuxumning ustida, qobig‘i ostida turadi. Hosil qiluvchi sariqlik qavatlari orasida oziqlantiruvchi sariqlik qavati bor, uning tarkibida ko‘p miqdor oqsil, yog‘ va glikogen donachalari bo‘ladi. Yadroning tarkibida esa ko‘p miqdor nuklein kislota bor. 100-rasm.Tut ipak qurtlari tuxumning hosil bo‘linishi: a-tuxum naychalarining ichkn qismi va tuxum kamerasining shakllanishi;b -paychalarnnng tuxum hosil qiluvchi qismi orqa uchidagi ikkita tuxum kamerasi; v - shakllanib bo‘lgan (etilgan) tuxum: 1 -yosh jinsiy hujayralari: 2- rivojlanayotgan tuxum hujayrasi; 3 -oziqlantiruvi hujayralari; 4- tuxumdon epiteliysi; 5-tuxum hujayra yadrosi; 1 - urug‘, 3 - juft tuxum yuli Har qanday organizm tanasining har bir hujayra yadrosida xromosom apparati bo‘ladi, bu apparat oqsildan hosil bo‘lgan alohida zarrachalar - xromosomlardan iborat. Har bir tur o‘simlik hamda har qaysi zot hayvonning ma’lum sondagi va shakldagi xromosomlari bo‘ladi. Xromosomlar hamma vaqt juft bo‘ladi. Masalan, odamda 23 juft, askaridada 2 juft, tut ipak qurtida 28 juft xromosom bor. Har qaysi juft xromosomning biri onadan (urg‘ochidan), ikkinchisi otadan (erkakdan) paydo bo‘ladi. Xromosomlar xromatin moddasidan iborat bo‘lib, bu modda tarkibida juda murakkab tuzilgan dizoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar bor. Bu kislotalar bo‘lajak organizmning irsiyatini belgilab beradi. Ipak qurtining birlamchi urg‘ochi jinsiy hujayralarida - ovogoniilarda, keyinchalik esa ovotsitlarda ham, ona tanasining barcha hujayralaridagi singari juft xromosomlar yig‘indisi bo‘ladi. Ammo g‘umbaklik davrining oxirlarida ovotsitlar yetilib, ikkiga bo‘linadi, buning natijasida xromosomlarning juftlik tartibi buziladi va yadrodagi xromosomlar soni ikki baravar kamayib ketadi . 101-rasm. Ovotsitning etilib bo‘linishi:1.- bo‘lina boshlashi;2 – birinchi yo‘naltiruvchi tanachaning hosil bo‘lishi; 3 –ikkinchi marta y etilib bo‘linishi;4- ikkinchn y o‘naltiruvchi tanachaning hosil bo‘lishi;5 –birinchi yo‘naltiruvchi tanachaning bo‘linishi. Bu jarayon xromatinning reduksiyasi deb ataladi va u quyidagicha sodir bo‘ladi: kapalak tuxum qo‘yayotgan vaqtda, tuxum toq tuxum yo‘lidan o‘tayotganda ovotsit yo‘naltiruvchi tanacha deb ataladigan mikroskopik hujayracha ajratib chiqaradi. Tuxum qo‘yilgandan keyin oradan 1,5 soat vaqt o‘tgach, ovotsit ikkinchi yo‘naltiruvchi tanacha ajratib chiqaradi. Yetilib ikkinchi marta bo‘linish natijasida juft xromosomlar bir-biridan uzoqlashadi - bir hismi tuxumda, ikkinchi qismi esa yo‘naltiruvchi tanachada qoladi. Bu vaqtda birinchi yo‘naltiruvchi tanacha ham ikkita qiz hujayraga bo‘linadi, bu hujayralarda xromosomlar sonining yarim yig‘indisi bo‘ladi. Shunday qilib, yetilib ikki marta bo‘linish natijasida yetilgan tuxum hosil bo‘ladi, bu tuxumda xromosomlar sonining yarmi (gaploid) va uchta yo‘naltiruvchi tanacha bo‘lib, bu tanachalar tez orada so‘rilib ketadi. Tuxum ona individ, spermatozoid esa o’ta individ irsiyatini tarqatuvchi hisoblanadi. Urug‘lanish protsessida, bular qo‘shilgan vaqtda ayni tur (zot) uchun xarakterli bo‘lgan xromosomlarning normal soni va ularning juftligi tiklanadi, rivojlanayotgan yangi organizm esa ham ota, ham ona belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. Tut ipak qurtini urg‘ochisini tuxumdonining tashqi tuzilishi qanday bo‘ladi? 2.Tut ipak qurtining tuxumdoni qurtlik stadiyasidan kapalaklik bosqichigacha qanday rivojlanadi? 3.Tuxumdon ichida tuxumlar qanday rivojlanadi? 4.Tuxumning ichki tuzilishini tavsiflab bering. 5.Tuxumning yetilib bo‘linish jarayoni qanday boradi?
Download 20.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling