Mavzu: Fаlsаfаning prеdmеti. Uning asosiy sohalari.


Download 20.26 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi20.26 Kb.
#114593
Bog'liq
falsafa


BT 106 -5

Irisqulova Zebo

Mavzu: Fаlsаfаning prеdmеti. Uning asosiy sohalari. (Ontologiya, antropologiya,metodologiya, aksiologiya).

,,Falsafa” atamasi qadimgi yunon tilidagi ,, filosofiya” so`zidan olingan va lug`aviy fil fiya ma`noda ,, donishmandlikni sevish “ atamalari(,,filo”-sevaman, ,,sofiya”- donolik) degan mazmunni anglatadi. Asrlar davomida ,, filosofiya” so`zining ma`no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o`rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo`lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o`zgarib borgan. ,,Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII—III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O`sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrlarning ifodasi bo`lmish falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda ,,filosofiya” atamasini dastlab matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma`lum bo`lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa u atoqli yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan.

Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.



Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.

Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi,(gnoseologiya), metafizika(ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, teologiya),mantiq, etika, estitika, huquq falsafasi, naturfalsafa, din falsafasi, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon falsafasida tibbiyot, tilshunoslik, musiqa, kibernitika va boshqa aniq fanlarning umummetodologik jihatlarini o`rganuvchi falsafa yo`nalishlari vujudga kelmoqda.

Ontologiya -olam,inson va jamiyatning obektiv- universal mohiyati to`g`risidagi falsafiy ta`limot. Boshqacha qilib aytganda, u borliq to`g`risidagi, insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya – bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyas, bilimning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta`limot.
Aksiologiya- qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`grisidagi falsafiy ta`limot.
Praksiologiya – insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati to`g`risidagi falsafiy ta`limot.
Metodologiya-bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`grisidagi ta`limot.
Logika- tafakkur shakllari va tafakkur vositalarini, ularning mazmunidan qat`iy nazar, xolis o`rganuvchi ta`limot.
Etika- ahloq falsafasi, insoniyatning ahloqiy tamoyillari, talab va tartib- qoidalari to`g`risidagi fan.
Estetika- nafosatv falsafasi, jamiyat va inson hayotida go`zallikning o`rni, qonun-qoidalari to`g`risidagi qarashlar majmui.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling