Mavzu: Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik va psixologik asoslari


Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni


Download 1 Mb.
bet2/2
Sana24.11.2022
Hajmi1 Mb.
#930007
1   2
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)
Turk xoqonligini o’rganishga oid manbaalar, Turk xoqonligini o’rganishga oid manbaalar, Ajoyib tarqatma materiallar, Ajoyib tarqatma materiallar, BOSH SINF METO'DIKA, 1, 1, 1, kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotni otkazish, ON savollari-1, РК 1-2 ИРЛ 18 век, 2 5231303465409448567, ТЕМА 67, 2 5222338936654792852, 2 5222338936654792852

Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni.

  • Xavt-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa , jarayon, obyekt, kuchli ta’sir etuvchi va boshqa omillarning inson sog’lig’iga , umriga qay darajada zarar keltirishini anglatadi.
  • Xavflarning turlari qiyidagicha tasnif qilinadi:
  • 1.Kelib chiqish tabiatiga ko’ra: tabiiy, texnogen,antropogenik va ekologik.
  • 2.Ta’sir xususiyatiga ko’ra: fizikaviy, biologik, kimyoviy, termik va psixofiziologik.

3.Olib keluvchi oqibatigfa ko’ra: toliqish, kasallanish,jarohatlanish, halokat, yong’in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 4.Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy,texnik, siyosiy. 5.Kelib chiqish sohasiga ko’ra: turmushga, sportga,yo’l transportiga,ishlab chiqarishga,urushga,tabiiy ofatga oid xavflar. 6.Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol(aktiv) va sust(passiv). 7.Ta’sir doirasiga ko’ra: lokal,mahalliy,global. 8.Ta’sir etish tezligiga ko’ra: tasodifiy, shiddatli,mo’tadil va hokazo. Bulardan shunday xulosa chiqadiki, inson faoliyatining bironta turi yo’qki, u absolyut xavfsiz amalga oshsa. Shuning uchun, har qanday xavf potentsial xavfli hisoblanadi.

Xavflar, ularning tasnifi.


Xavf-jonli va jonsiz materiyaning salbiy xususiyati bo’lib, materiyaning o’ziga, odamlarga, tabiiy muhitga, moddiy boyliklarga zarar yetkazish qobiliyatiga ega. Xavflar kimga va nimaga ta’sir etishni tanlab o’tirmaydi. Xavf (manbaasi) jarayonlar, hodisalar, texnogen muhit va odamlarning faoliyati bo’lishi mumkin.
Xavflarning kelib chiqishi tabiiy,texnikaviy (texnogen) va odamzodga oid (antropogen) bo’ladi. Tabiiy xavflarga tabiiy hodisalar, iqlim sharoitlari, joy relyefi va boshqalar kiradi. Bunday xavflar har yili 25 mln.dan ortiq odamning hayotiga xavf soladi.
Xavflar manbaiga tashabbuschi omil ta’sir etadigan muayyan sharoitlarda potentsial xavflar real xavfga aylanadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyasida dvigatelni tashxislab, rostlash ishlari bajarilayapti. Xavflarning bitta manbai- ishlayotgan dvigatel. Xavflar: qizigan yuzalar, ventilyatorlarning aylanayotgan parragi, tasmali uzatmalar, chiqindi gazlar. Ular ishlayotgan odamning qo’lini kuydirishi yoki jarohatlashi, o’zini zaharlashi mumkin.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
Printsiplarni bilish ahamiyati haqida Fransiya faylasufi Gelvetsiy (1715-1771y.) “Ayrim prinsiplarni bilish-ayrim faktlarni bilishning o’rnini bosa oladi” deb yozgan edi. Prinsip-bu g’oya, fikr asosiy yo’nalish.
Usul-bu umumiy qonuniyatlarni bilishdan kelib chiqadigan maqsadga yetishish yo’lidir. Printsip va usullar ma’lum miqdorda o’zaro bog’liqdir.
Vosita-Xavfsizlikni ta’minlash vositasi bu prinsipni va usullarni o’zlashtirishdagi konstruktiv, tashkiliy, moddiy tadbiqdir.
Prinsiplar, usullar va vositalar - bular xavfsizlikni ta’minlashni mantiqiy etaplaridir.
Ularni tanlash faoliyatini aniq shartiga xavfsizlik darajasiga, mablag’iga va boshqa omillariga bog’liqdir.
Millionlab yillar davomida yuz bergan evolyutsion va sotsial rivojlanish davrida insonda xavfdan Himoyalanishning tabiiy sistemasi vujudga kelgan va bu sistema ma’lum cheklanishga egadir.
Hayot faoliyati xavfsizligi insonni xavfdan ximoyalashga karatilgan bulsada, ko’pchillik xollarda insonni o’zi potentsial xavfni, tug’diruvchi, tashuvchi hisoblanadi.
“Odam- ishlab chiqarish muhiti” tizimida xavflarning odamga ta’sir sxemasi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi va shu bilan birga har doim uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq bo‘lib kelgan va shunday qolaveradi. Faoliyat xavfsizlikni sistemali tahlilining asosiy maqsadi ko‘ngilsiz oqibatlar (baxtsiz hodisalar)ga olib keluvchi sabablarni aniqlash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo’lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e’tibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o’ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo’lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Yuldashev O.R. “Hayot faoliyati xavfsizligi”
Toshkent-2009
2.Qurbonov SH.X. “Hayot faoliyati xavfsizligi”
Toshkent-2014
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling