Mavzu: Fe’lning vazifa shakllari
Download 21.06 Kb.
|
9-topshiriq
403-guruh Xakimova Kibriyo 9-topshiriq Mavzu: Fe’lning vazifa shakllari. 1. Turkiy tillarda harakat nomlari quyidagi shakllar bilan yasaladi: 1. Hozirgi turkiy tillar ichida harakat nomining –(i)sh affiksi yordami bilan yasalgan shakli o`zbek va uyg`ur tillari uchun xarakterlidir. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va boshqa qipchoq tillarida bu shakl kam ishlatiladi. Bu shaklning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, hozirgi o`zbek va uyg`ur tillarida gapda tutgan o`rniga qarab harakat nomi (xat yozishdan qochadi; gap axloqli bo`lishda), infinitiv (yozish kerak, kelishga boshladi) ma'nosida ishlatiladi. Shuning uchun -(i)sh shakli harakat nomi ba'zan ot (o`ynash, urush, o`qish, bildirish, qurilish, ko`rinish) va ba'zan sifat (tanish odam, o`xshash narsa) o`rnida kelishi mumkin. 2. Harakat nomining –(u)v orqali yasalgan shakli qozoq. qoraqalpoq, qirg`iz va boshqa qipchoq tillariga xos bo`lib, o`zbek adabiy tilida -(i)sh orqali yasalgan shaklga nisbatan kam qo`llaniladi. Harakat nomining -uv shakli tarixiy jihatdan juda qadimgidir. Turkiy tillarga oid adabiyotlarda ko`rsatilishicha, -uv affiksining fonetik taraqqiyoti quyidagicha bo`lgan: -(y)g, -(i)g, -g`u, -gu -uv -uu -u. Masalan, o`zbek tilida yozuv, o`quv; qozoq tilida jazu, oku: qoraqalpoq tilida jazmu, oqmu; qirg`iz tilida jazuu, okuu kabilar. Harakat nomining ~(U)V shaklida ham -moq, orqali yasalgan shaklga nisbatan otlik belgisi kuchli. Shuning uchun ularni ot o`rnida kelishikli uchratish mumkin: saylov, tergov, o`lchov, siylov, yaylov kabi. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va qirg`iz tillarida sifat o`rnida kelishi ham mumkin. Masalan, qozoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auel - yaqin ovul; qoraqalpoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auil. Tatar va boshqird tillarida harakat nomining -ga, -erga shakllari mavjud: yaz'rga, alrga kabi. Chuvash tilida infinitivning kelasi zamon shakli -as, -es affiksi bilan yasaladi: Piren men t'vas? Nima qilishimiz kerak? Ba'zi turkiy tillarda maqsadli infinitivni g -gali shakli bor. Masalan, o`zbek tilida: Suv ichgali chiqib ketdi. Qozoq tilida: Soyleskele keldem. Uyg`ur tilida: Korgili keldim. qirg`iz tilida: -gali shakli o`rnida -gani ko`llaniladi: oqugani keldim kabi. Hozirgi turkiy tillar harakat nomining -ganlik, -diganlik, -yotganlik, -(a)jaklik, (a)rlik, -maslik, -(i)shlik, -moqpik kabi murakkab shakllari qam uchraydi. Xullas, harakat nomi shakllarining -ganlik, -yotganlik, -diganlik, -(a)jaklik affikslari orqali yasalganlari zamon ma'nosiga ega bo`lishlari bilan harakat nomining -iG`sh, -(u)v, -moq, -moqpik, -(i)shlik, -maslik affikslari yordami bilan yasalgan shakllaridan farqlanadilar. 2. Yakalamishlar-birgalik nisbat (-ish) Ayrilmishlardi-birgalik nisbat, sof fe’l Yakalarken-o’tgan zamon, -ken to’liqsiz fe’li orqali Yakalamishti-o’tgan zamon, birgalik nisbat, sof fe’l Kabul edemeyecegi-harakat nomi Fevkalade idio’yle karishik Sevkitabiileri Kiskanchlik-harakat nomi Alamiyordu- 3. Turkiy xalqlarning taraqqiyoti natijasida qadimgi fe'llashgan sifatlar hozir. sifatdoshlarga aylana bordi. Natijada turkiy tillarda uch zamonni ko`rsatadigan sifatdosh formalari shakllandi. 1. O`tgan zamon sifatdosh shakli sifatida -gan, -gen, -kan, -ken, -mish, -mish ko`rsatgichlari ishlatiladi. Utgan zamon sifatdoshi shaklini yasovchi g`an affiksi har bir turkiy tilning o`z fonetik qonuniyatiga qarab har xil [fonetik shakllarda ishlatiladi. Faqat o`g`uz guruh tillarida va xavash tilida -an, -yan, - ap, -uep shaklida qo`llaniladi. Bundan tashqari o`g`uz guruh, tillarida -mit shakli ham ishlatiladi. Masalan, ian (o`zbek), kelgen (qo k„ tuvin), yazgan (tatar), algan (ko`miq), barg`an ltoy), pargan (shor), chatxan - yotgan (xakas), yazmmsh (ozarbayjon), pin 4YSh (gagauz) kabi. 4. korunup-ko’rinib-holat ravishdoshi Ketip- holat ravishdosh Bolup-bo’lib holat ravishdoshi Tartip-holat Ketip-holat Baridu- holat ravishdosh Sorop- holat ravishdosh Ketip- holat ravishdosh 5. Turkiy tillarda ravishdosh. Hozirgi turkiy tillarda ravishdosh shaklining qo`llanishidagi kabi ma'no ifodalashida ham o`zaro farqlanadilar. Turkiy tillarda ravishdosh shakllarini yasash uchun -sh, -ip, -b, -ibon, -a, -y, -ganda, -anda, -gancha, -g`ancha, -gincha, -g`uncha, -alm, -kalm, -kdli, -gali, -g`ani, -kanln, -dshcha, -dikcha, -gach, -g`ach, -araq, -an affikslari qo`llaniladi. Ravishdoshning -sh, -ip shakli chuvash tilidan boshqa qadimgi va qozirg`I turkiy tillarning barchasida mavjud. Masalan, alp (tatar), alyu (ozarbayjon), alsh (qirg`iz), alsh (turk, turkman, ko`mik, gagauz, qaraim, qozok, oltoy) kabi. Ravishdosh shakli yasovchi -gani, -gali, -gancha, -kalt, -kdli, -kanli shakllari mavjud bo`lib, tarixiy taraqqiyot jarayonida ularning shaklida xdm, ma'nosida ham ma'lum o`zgarishlar sodir bo`lgan. Ma'lumki, qadimgi turkiy tillarda fs'lga -ge affikchi ko`shilib yasaluvchi bilge tipidagi sifatdosh shakli mavjud bo`lgan. Bu shakl dastlabki davrlarda predikativ, atributiv funktsiyalarda kelg`an va ot o`rnida ko`llangan. Keyinchalik uning predikativ funksiyasi rivojlanib, ravishdosh yasovchi -aG`n ko`shilgan, unga nominativ shakli -l1 ko`shilgan va -ganli, -kanli (-gali, -kali) shakliga aylangan. Turkologik adabiyotlarda ko`rsatilishicha, ravishdosh yasovchi -gali, -g`ali affiksi tarixan fe'lning funktsional-grammatik shaklini yasovchy -ganli, -genli ko`shma affiksidan kelib chiqkan, ya'ni u tarixan -ganli, -galli, -gali, -geli va -ganli, -ganni, -gani, -gini shakllangan. Download 21.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling