Mavzu: Fonetika va fonologiya


Download 110.5 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi110.5 Kb.
#329103
2 5285242336182275714
Bog'liq
samarali izolyatsiyalovchi materiallar bilan uch qatlamli panellar ishlab chiqarish(1), Xotin qizlar, Крассворд, Математикадан ишчи 2016, form-importer-oz, англиский, lll, Тимати - Ключи от рая, 00006885 FM, net, dhirinniki, 13 topshiriq ehtimol, 13 topshiriq ehtimol, 13 topshiriq ehtimol, 3-seminar metodika

Mavzu: Fonetika va fonologiya

Reja

  • Fonetika haqida umumiy ma’lumot.
  • Tilning fonetik vositalari.
  • Nutq apparati, uning tuzilishi
  • Nutq tovushlari.

Aаbiyоtlаr

  • А.Аbduazizov. O'zbек tili fоnоlоgiyasi va mоrfоlоgiyasi, - Tоshкеnt 1992.
  • H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - T.:2005.
  • U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - T.: 1992.
  • G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 1995.
  • S.Otamirzayeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. - T.: 2004.
  • Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. -T.: 2007.
  • R.Sayfullayeva va b.Hozirgi o‘zbek titi. -T.: 2009.

Fonetika tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, urg`u, bo`g`in, ohang kabilar o`rganiladi. Fonetika grekcha phone so`zidan olingan bo`lib lug`aviy ma’nosi tovush demakdir.

  • Fonetika tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, urg`u, bo`g`in, ohang kabilar o`rganiladi. Fonetika grekcha phone so`zidan olingan bo`lib lug`aviy ma’nosi tovush demakdir.
  • Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir.

  • 1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
  • 2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
  • 3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq.
  • 4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi.
  • Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
  • Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.

Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:

  • Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
  • 1. Nafas apparati: o`pka, bronxlar (bir juft), nafas yo`li (traxeya).
  • 2. Bo`g`iz bo`shlig`ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar hamda un paychalari joylashgan
  • 3. Og`iz bo`shlig`ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan.
  • 4. Burun bo`shlig`i.
  • 5. Markaziy nerv sistemasi.

O`zbek tilining fonetik vositalari

  • So`z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg`u, ohang (intonatsiya) kiradi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling