Mavzu: fonetika va grafika asoslarini o'rganishda pedagogik texnologiyalarni qo'llash tutuq belgisining ishlatilishi


Download 15.29 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi15.29 Kb.
#1716803
  1   2
Bog'liq
Mavzu fonetika va grafika asoslarini o\'rganishda pedagogik texn-fayllar.org


Mavzu: fonetika va grafika asoslarini o'rganishda pedagogik texnologiyalarni qo'llash tutuq belgisining ishlatilishi

MAVZU: FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O'RGANISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH
Tutuq belgisining ishlatilishi
Maqsad :

a) tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari haqida o`quvchilarga ma’lumot berish;


b) o`quvchilarda insoniy fazilatlarni tarbiyalash ;
d)tutuq belgilari mavjud so`zlarni to`g`ri yoza olish;
Dars turi: yangi bilim va tushuncha berish.

Uslub: aqliy hujum , guruhlarda ishlash , “Charxpalak” metodi, “Men kimman ” mashqi


Jihoz: darslik ,A-3 qog`oz,texnika vositalari.
DTS talabi: tutuq belgisining qo`llanishi haqida tushunchaga ega bo`lish

Dars rejasi:

I Tashkiliy qism
Salomlashish , yo`qlama , navbatchi hisobotini tinglash, Ma’naviyat daqiqasi .”O`zlikni anglash”
“Biz kim?” savoliga 1-qator o`quvchilari biz olmoshini ega vazifasida keltirib , 2-qator o`quvchilari biz olmoshini kesim vazifasida keltirib , 3- qator o`quvchilari qaratqich aniqlovchisi vazifasida keladigan gaplar bilan kim ekanliklarini izohlashlari kerak.
Masalan:

  1. Biz 5-sinf o`quvchilarimiz .


  2. Mustaqil yurt bizniki.


  3. Bizning oilamiz ahil.


II O`tgan mavzuni so`rash.


O`tilgan mavzu test tarqatmalar va “Men kimman?” mashqi orqali takrorlanadi.Tarqatma qo`sh undoshli so’zlar asosida bo`lishi mumkin.”Men kimman ?” mashqida o`quvchilar boshlariga kiygizilgan tojdagi yozuvni aytilgan ma’lumotlarga qarab aniqlashlari kerak bo’ladi.
Masalan:
Mustaqil so`zlar
Ma’lumotlar:

  1. Siz morfologiyada o`rganilasiz.


  2. Siz olti turga bo`linasiz.


  3. Atash ma’nosiga egasiz.


  4. Gap bo`lagi bo`la olasiz.


  5. So`roq olasiz.


Shu tarzda “Unli tovushlar” , “Bo`g`iz tovushi”,”B” , “Fonetika”,”Orfografiya”,”Tutuq belgisi” kabi so`z va atamalar haqida ma’lumotlar aytiladi.


III Yangi mavzu bayoni
Har bir guruh uchun alohidadan qo`shiq eshittiriladi . O`quvchilarga qo`shiqdagi tutuq belgisi mavjud so`zlarni aniqlash topshiriladi.
Masalan:
Muhayyo, Surayyo , Ra’no , Muqaddas
Ko`zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
E’tibor beramiz , mavjud bo`lgan so`zlar qanday talaffuz qilinyapti?

1-topshiriq , 2- topshiriqni past o`zlashtiruvchi o`quvchilar doskada diktant tarzida yozadilar. Tutuq belgisi qanday vazifa bajarayotganini aniqlaydilar. Mo`jiza,mo`tadil , mo`tabar so`zlarida tutuq belgisining ishlatmaslik sababini aniqlanadi.


Ekranda tutuq belgisi haqidagi qoidalar namoyish etiladi. Avval o`qituvchi , undan so`ng o`quvchilar tomonidan o`qitiladi.
IV Mustahkamlash qismi.

435-mashq o`quvchilarga so`z diktant tarzida bajartiriladi . (Kitoblar berkitilgan holda) So`ngra o`quvchilar o`z-o`zini tekshiradi. Tahlil qilinadi.


  1. Tutuq belgisi unlini cho`ziqroq aytilishini ifodalaydi: e’lon , she’r , shu’la, da’vo , ma’no, ba’zan , e’tiqod, ne’mat.


  2. Tutuq belgisi unlini undoshlardan ajratishni ifodalaydi: qal’a , qit’a, jur’at, qat’iy.


436- mashq kichik guruhlarda bajariladi..Har bir so`z juftligi guruhlar (to`rtlik) tomonidan izohlanadi.

Masalan:

  1. San’at – sanat.


1-o`quvchi:


- Tutuq belgisi undosh va unlini ajratib talaffuz qililishni ifodalayapti, shuningdek, xuddi tovushga o`xshab ma’no farqlayapti.
2-o`quvchi:

-1- so`zda yuqori darajadagi ish ma’nosini ifodalayapti.


-2- so`zda harakat ma’nosida kelyapti.
3- o`quvchi:

  • O`zbek qo`shiqchiligi san’ati dunyoga mashhur.


4- o`quvchi:

-Guruhimiz olgan rag`batlarni sanat.
437-mashq doskada yozma bajariladi.

  1. Podsho vazir-u a’yonlari davrasida otdan tushib , tog` bag`riga qaradi.


  2. Zamira sun’iy ravishda bosiq bo`lishga urinar edi.


  3. Sening vujudingda mo`jizalar mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim.


Mashqdagi tutuq belgili so`zlar (a’yon , sun’iy ) ga izoh beriladi. “Mo`jiza” so`zida qo`llanmaslik sababi esga olinadi.


Hurmatli o`quvchim , bugungi darsdan qanday bilim olganingizni “Charxpalak ”metodi orqali tekshirib olamiz . diqqat qiling , unda har bir o’quvchi uchun 3 tadan so`z yozilgan . Siz bu so`zdagi tutuq belgisini kerakli joyga qo`yasiz, o`z qatoringiz oxiriga mana bu chehralardan birini yopishtirasiz. Agar darsdan yetarli bilim olgan bo`lsangiz , kulib turgan chehralarni , nimanidir tushuna olmagan bo`lsangiz, hafa chehrani yopishtiring. Buning uchun guruhlarga 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
-Topshiriqni bajarish bilan birga quyidagi gapga diqqat qilamiz .
–Hammamiz ekranga qarab , yozuvdagi xatoni aniqlaymiz va gapni sintaktik tahlil qilamiz
Men Ishoqning o`qishdagi yutuqlariga havas qilaman” O`quvchilar guruh ishi bilan bir paytda bu mashqni ham bajaradilar.
  • Keling , bu guruh ishini sokin musiqa ostida bajaramiz. (3 daqiqali musiqa eshittiriladi ) O`quvchilar javobi eshittiriladi.


Guruh ishi yakunlangach , hamkor guruhlar ishini almashtirib , xatolar tekshiriladi va taqdimotchilar taqdim etadi.

-Demak , o`quvchilar , tutuq belgisi qanday vazifa bajarar ekan?

-Qaysi holatda unli cho`ziq talaffuz qilinsa ham , tutuq belgisi qo`yilmaydi?


V Yakuniy qism

-Mana, bugungi darsimiz o`z nihoyasida yetib bormoqda unda barcha o`quvchilar faol ishtirok etdi.Ayniqsa, ____________ larga alohida rahmat demoqchiman , shuningdek, ________________larga ham barakalla deyman. Bugun har biringiz bugungi darsga fayz , mazmun bag`ishladingiz. Bir og`iz so`z bilan aytganda :


Munchoqdek ko`zingiz chaqnoq baxtiyor ,

Faolsiz , zukkosiz har ishdalarim.


Siz bilan har kunim mazmunli , bahor ,
Mening jajjigina farishtalarim.
-Aziz o`quvchim , savodxonlik – millatning ma’naviyati , uning kelajagini belgilovchi omildir . Bugun “Tutuq belgisining ishlatilishi ” mavzusi orqali savodxonligimizni yana bir karra mustahkamladik. Agar bugungi darsda , hech bo’lmaganda , bitta so`zning yozilishi haqida tushunchaga ega bo`lgan bo`lsangiz, darsda bir marta bo`lsa-da, ishtirok etgan bo`lsangiz , demak , siz ham millatimiz kelajagi uchun o`z hissangizni qo`shdingiz. Demak, siz mana bu

“ O`zbekiston “ deb atalmish azim va hamisha navqiron daraxtga yaproq bo`lishga haqlisiz . O`quvchim , darsdan chiqishdan avval ismingiz yozilgan yaproqlarni mana bu daraxtga yopishtirishingiz mumkin Shu bilan darsimiz tugadi. Bugungi mehnatingiz uchun rahmat!


CHARXPALAK







Download 15.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling