Mavzu: Futbol: Havoda uchib kelayotgan to‘pni sakrab bosh bilan urib qaytarishni bajarish. Darsning maqsadi


Download 47 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi47 Kb.
#183623
Bog'liq
10-sinf Jismoniy tarbiya 2017

Fan: Jismoniy tarbiya. O’qituvchi: _____________________________

Sana:16-oktyabr 2017 y. Rejadagi raqami:14.

Sinf: 10. Soat: 1.



Mavzu: Futbol: Havoda uchib kelayotgan to‘pni sakrab bosh bilan urib qaytarishni bajarish.

Darsning maqsadi:

A) Ta’limiy: Uchib kelayotgan to‘pni sakrab bosh bilan qaytarishni texnikasi haqida ma’lumot berish va o’rgatish.

B) Tarbiyaviy: Harakat usullari orqali o’quvchilarni jismonan va aqlan tayyorlash.

D)Rivojlantiruvchi: To‘pni qaytarish mashqlarini mustahkamlash vaqtida o’quvchini harakatchanligini, chaqqonligini oshirish



Darsni boshlashdan avval: Dars mobaynida texnika xavsizligi qoidalariga rioya qilishlarini tushuntirib o’tish va ular sog’ligi haqida so’rab ma’lumotga ega bo’lish.

Tayanch kompetensiy elementlari:

Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: futbolning mamlakatdagi rivoji hamda o‘zbek futbolining Jahonda erishgan yaxshi natijalari haqida biladi;

Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: To‘pni olib qo‘yish texnikasi mustaqil bajaradi;

Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: futbol o‘yinining tavsifiga xos bo‘lgan uloqtirish, tortilish, yugurish me'yorlarini bajaradi.

Dars turi: Amaliy. Dars tipi: Nazorat ishi.

Darsning jixozlari: Koptok, hushtak. Fanlar bilan bog’liqligi: Biologiya.

Adabiyotlar: Jismoniy tarbiya 2014 y.



T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi



Tashkiliy qism

12- min



Yangi mavzu bayoni

20 min



Mustaqil ishlash

5- min



Darsni yakunlash va baholash

5- min



Uyga vazifa berish

3- min

Jami:

45 min

Tashkiliy qism: Saflantirish, bildirgi qabul qilish, salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Saf mashqlarini bajarish. Bir qatordan ikki qatorga saflanishni bajarish. Umumiy rivojlantiruvchi mashklar tuplamini bajarish uchun saflanish.

URM to’plamini bajartirish. Dars mavzusi bayon qilish.



Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Futbol: Havoda uchib kelayotgan to‘pni sakrab bosh bilan urib qaytarishni bajarish.

To ‘pni bosh bilan urish. Bu usul to'p balanddan kelayotganda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu usuldan to‘pni sherikka oshirishda, darvozani himoya qilish yoki uni darvozaga urishda foydalansa ‘to‘pni bosh bilan sakrab yoki sakramay turib urish mumkin. To‘pni sakrab bosh bilan urishda bir oyoqda yugurib kelib yoki ikki oyoq bilan sakrab turib bajariladi. Bunda qo‘llar tirsakdan bukilib yuqoriga keskin harakat qilinadi. To‘pga bosh bilan zarb berish sakrashning eng yuqori nuqtasidan amalga oshiriladi. Bunda to‘pning uchish trayektoriyasi va tezligi aniq liisobga olinadi. Zarb berilgach, yerga oyoq uchida tushiladi va to‘pning keyingi harakati ham ko'zdan qochirilmaydi. Bu usulni dastlab voleybol to'pida mashq qilish mumkin.

To‘pga bosh bilan zarba berish. To‘pga bosh bilan zarba berish o‘yinning anchagina muhim texnik usulidir. Bu usulni bosh bilan zarur uzatishlar qilishda, to‘pni darvoza oldi xavfli zonasidan chiqa- rib yuborishda, darvozaga aniq va xavfli zarbalar berishda qo‘llaniladi. Bosh bilan zarbalar berish peshana o‘rtasi va peshana yon qismi bilan zarbalarga bo‘linadi. Bosh bilan zarbalar sakramasdan, sakrab va yiqilayotib bajariladi.


Mustaqil ishlash: Yangi mavzuni mustaxkamlashda o’quvchilarni guruhga bo’lish va mustaqil ravishda ishlashlarini tashkil qilish. Havoda uchib kelayotgan to‘pni sakrab bosh bilan urib qaytarish mashqlarini bajarish, yutuq va kamchiliklarini aytib o’tish.
Darsni yakunlash va baholash: Qayta bir qatorli safga saflanish, nafas rostlovchi, tinchlantiruvchi, diqqatni bir joyga jamlovchi mashqlar bajarish.

Yutuq va kamchiliklarni muxokama qilish, dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni baxolash.



Uyga vazifa berish: To‘pni qaytarishni mashqlarini takrorlab kelish.

O’TIBDO’: /_____________/ ___________________. « » oktyabr 2017 yil




Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling