Mavzu Gastrit paytida parhez. Gastrit bu?


Download 66.76 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi66.76 Kb.
#413835
Bog'liq
ravshan 2 pptx
Топшириқлар, Топшириқлар, brif logo-fs musta-d, Brief burbon (1), Test savollari, ravshan 2 pptx, tarixi rashidiy asari tahlili, Hujjat, maqola 1, Taqdimot (1), Hujjat (1), Al-Xorazmiy. Allayorova Hulkaroy MM203, Beruniy Allayorova Hulkaroy, Taqdimot (6)

mavzu

Gastrit paytida parhez.

Gastrit bu?

  • Oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanishi gastrit deb ataladi va ovqat hazm qilishda muammolar keltirib chiqaradi. Kishining ovqatni hazm qilishi yomonlashadi va natijada salomatligi yomonlashadi, darmonsizlik va holsizlik paydo bo‘ladi statitstik ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning yarmi gastritning u yoki bu alomatlaridan aziyat chekar ekan.

Gastrida oqatlanish tartibi

  • Ko‘pchilikni gastrida qanday parhez tutish kerak, degan savol o‘ylantiradi. Aslida ham bu juda muhim muammo bo‘lib, to‘g‘ri ovqatlanish – oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolashning asosiy qismi hisoblanadi. Gastrida hamma vaqt engil parhez ma’qul bo‘lib, sog‘liq tiklanganda odatiy ovqatlanish tartibiga sekin-astalik bilan qaytish zarur. Gastritga yo‘liqqan bemorlarga odatda shifokorlar shaxsiy ovqatlanish ratsionini tavsiya qiladi.
  • Shuningdek, gastrit xuruji vaqtida ferment yetishmovchiligi riovjlanadi va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun Mikrazim singari ferment preparatlarini qabul qilish tavsiya etiladi.

Gastritda qanday mahsulotlar tanavvul yeyish mumkin?

  • Taomnomangizga yog‘siz go‘sht (masalan, quyon go‘shti) mahsulotlarini kiriting. o‘rdak, qo‘y va g‘oz go‘shtlari mumkin emas, tovuq go‘shtini esa terisini olib olib tashlab iste’mol qilish mumkin.
  • Shuningdek, tanavvuli man etilmagan mahsulotlar sirasiga:
  • daryo balig‘i;
  • dengiz mahsulotlari;
  • tuxum oqidan omlet;
  • suli va grechixa yormasidan bo‘tqalar;
  • sut;
  • qovoqcha, qovoq, pomidor, sabzi, turli ko‘katlar;
  • shakar miqdori yuqori tarmevalar;
  • qaynatib pishirilgan va ezilgan mevalar.

Qanday mahsulotlar mumkin emas?

  • Xelikobakter Pilori bakteriyasi sababli gastrit tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, mustaqil parhez belgilash ma’qul emas. buning uchun albatta gastroenterolog yoki parhezshunos mutaxassis bilan maslahatlashing. Shunda gastrit muolajasi qoidaga mos va samarali kechadi.
  • Mazkur kasallikda taomnomada bo‘lmasligi lozim yegulik va mahsulotlar:
  • Yangi pishgan non va non mahsulotlari, qatlamalar o‘rniga oq non, oddiy pechenьe va somsa ma’qul.
  • Yog‘li sho‘rvalar, qo‘ziqorinli, ko‘ksho‘rva va borshch o‘rnini kartoshka, karam, sabzi va piyozli engil sabzavot sho‘rva egallasin.
  • Dudlamalar, yog‘li va payli go‘sht o‘rniga qaynatilgan yoki bug‘lab pishirilgan go‘sht (kotletlar, qiymalar) hamda tovuq va buzoq go‘shtidan tayyorlangan taomlar.
  • Qattiq qaynatilgan va qovurilgan tuxum, omletlarni chala-xom qaynatilgan va bug‘da tayyorlangan omlet bilan almashtiring.
  • Har qanday sho‘r va ziravorli taomlar, marinad, shokolad, gazlangan ichimliklar, qahva va kvas mumkin emas.
  • Alkogoldan mutlaqo voz keching.

Gastritda taomnoma -umumiy tavsiflar.

  • Gastriti bor bemorlar taomnomasidan ovqat tayyorlashda ishlatiladigan ziravorlarni chiqarishi talab etiladi. Taom mazasini yangi ko‘katlar (kashnich, ukrop, selder) qo‘shish orqali boyiting. Ko‘katlar yetishmayotgan darmondorilar o‘rnini to‘lirishda ham qo‘l keladi: iste’mol qiladigan taomlaringizga mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar qo‘shing. Alohida ovqatlanish tartibiga o‘ting; imkon qadar engil tanavvulardan voz keching, shunda oshqozon ovqat hazm qilishda qiynalmaydi. Ovqatni obdon, shoshmasdan chaynab eng. Tez tanavvul qilingan taom oshqozonag og‘ir botadi va salomatlikka putur etkazib qo‘yishi mumkin. Ovqatni uzoq chaynab, bo‘tqa holida yuting.
  • To‘g‘ri ovqatlanish – gastritni davolashning asosiy omili ekanini yodda tuting. Ko‘pgina bemorlar davolanish paytida parhezga qat’iy amal qilish natijasida 4 hafta ichida kasallik alomatlaridan forig‘ bo‘lgani va og‘riqlardan xalos bo‘lganini e’tirof etadilar.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 66.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling