Mavzu: Genetik, hujayra va oqsil injeneriyasi rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha


Download 20.03 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.03 Kb.
#249442
Bog'liq
1-mavzu


Mavzu: Genetik, hujayra va oqsil injeneriyasi rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha

Gen va hujayra injeneriyasi Biotexnologiyasi genetik injeneriya hamda hujayra injeneriyasining sintezidan vujudga keldi. Biotexnologiyaning bu soxasi yordamida mavjudotning maqsadga muvofiq foydali xossaga ega mikrob shtammlari, hujayra xillari, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish mumkin. Gen va hujayra injeneriyasi Biotexnologiyasi injenerlik usuli bilan tirik mavjudotlarning oʻzgartirilgan irsiyati molekulyar genetikasini mukammal oʻrganish, foydali genlarni izlab topish va kerakli miqdorda ajratib olish, begona genlarni hujayra ichiga kiritib, irsiyatga ulash, ulangan genlarni yangi irsiyatda aktiv faoliyatini taʼminlab beruvchi vektor molekula (tarkibida restriktaza uchun fakat birgina eng qulay kesilish joyiga ega, transformatsiya boʻlgan hujayralarni saralashni osonlashtiruvchi marker gen saqlovchi va maksadga muvofiqyot genni xoʻjayin irsiyatiga ulab, uning mustaqil ishlashini taʼminlovchi molekulyar konstruksiya) yaratish, irsiyati oʻzgartirilgan hujayradan dori-darmon, ozuka moddalar, diagnostik vositalar ajratib olish yoki oʻsimlik navlarini yaratish maqsadida irsiyati uzgartirilgan hujayradan mukammal oʻsimlik formasini olish, har xil irsiy belgilarga ega va tabiiy sharoitda changlanmaydigan oʻsimlik hujayralari protoplastlarini elektr impulsi yoki polivinilpirrolidon ishtirokida biriktirib, har ikkala oʻsimlikning foydali xususiyatlariga ega mukammal oʻsimlik yetishtirish boʻyicha talaygina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Genetik injeneriya - molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarining q. x. uchun zarur shakllarini yaratish va b. Genetik injeneriya vazifasidir. AQSH olimi P. Berg xodimlari bilan birga virus va mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab, rekombinant DNK olishi Genetik injeneriyaning vujudga kelishiga asos soldi (1972). Genetik injeneriya umumiy genetika, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya, oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini toʻldirishi tufayli shakllandi. Genetik injeneriyaning rivojlanishida genetik enzimologiya va nuklein kislotalar kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi ikki xil ferment — restriksiyey endonukleaza va ligazaga bogʻliq. Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta birlashtirishda foydalaniladi. G. i.da eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 1971 y.da olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar yoki vektor molekul alar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) olish mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar (shakllangan yadrosi yoʻq organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari bilan har xil plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vektor molekulalarga eukariot (shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va oʻsimlik) genlari DNKsini kiritish Genetik injeneriya ning katta yutugʻidir..
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling