Mavzu: Geoaxborot tizimning funkstiyalarini o’rganish


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2020
Hajmi1.01 Mb.
#166425
Bog'liq
1- amaliy mashgulot


Mavzu: Geoaxborot tizimning funkstiyalarini o’rganish  

 

Geografiya  axborot  tizimlarining  xususiyatlari  bir  biridan  farqlanadi  va 



hamma bor vazifani echadigan tizimni tanlash oson ish emas. Fan va texnologiya 

rivojlangan  sari  geografiya  axborot  tizimlarining  funkstiyalari  ham  kengayib 

bormoqda  va  ulardan  foydalanish  ancha  osonlashtirilgan.  Internet  va 

kommunikastiya  texnologiyalar  rivojlangan  sari  geografiya  axborot  tizimlariga 

tegishli  tarmoqlar  orqali  ma’lumotlarni  tarqatish  funkstiyalar  ko’shilmoqda. 

Hozirgacha turli xil geografiya axborot tizimlari yaratilgan va ular o’z imkoniyatlari 

va  vazifalarni  echish  mosligi  bilan  bir  biridan  ajratiladi.  Geografiya  axborot 

tizimlarining  imkoniyatlariga  asoslanib  ularni  bir  biri  bilan  bog’liq  holda  yoki 

boshqa  dasturlar  bilan  birgalikda  joyni  o’rganishda,  hududning  xususiyatlarini  va 

xilma  xilligini  tahlil  qilishda,  va  ma’lumotlar  bazalarini  idora  qilishda  ulardan 

unumli  foydalanish  bo’yicha  katta  tajribasi  orttirilgan.  Ushbu  qo’llanmada  ayrim 

tizimlarni  qisqacha  tavsifini  berishdan  asosiy  maqsad  geografiya  axborot 

texnologiyalarni rang barangligini ko’rsatishdir. Hamma bor tizimlar bu yerda tilga 

olinmagan  va  kitobda  bunday  maqsad  qo’yilmagan.  Mazqur  kitobda  tez  tez 

foydalanilgan tizimlarga to’xtalib ularni bir necha guruhga ajratishga haraqat qilindi. 

1. ARC/INFO, ARCGIS, ARCIMS, ARCWEB SERVICES AND ARCGIS 

SERVER,  ARCVIEW,  AtlasGIS  kabi  ko’p  mamlakatlarda  qo’llanilgan 

tizimlardandir.  Ularning  funkstiyalari  ko’pligi  va  turli  platformaga  moslanganligi 

ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ko’p yillik tajriba va echiladigan 

vazifalarni  xilma  xilligi  ushbu  tizimlarning  dunyo  bozorida  birinchi  o’rinlardan 

birini egallashiga sabab bo’lgan. Bu guruhdagi tizimlar ayniqsa quyidagi  vazifalarni 

echishda qo’l keladi: 

Geografiya ma’lumotlarni avtomatik ravishda o’rganish. 

Ularni tahlil qilish. 

Ularni ekranda ko’rsatish. 

Xaritani avtomatik yo’l bilan tuzish. 

Ma’lumotlarni o’zgartirish. 

Ma’lumotlarni idora qilish. 

Xaritalarni va tasvirlarni ustma-ust tushirish. 

Fazoviy tahlilni olib borish. 

Interaktiv rejimda ma’lumotlarni ekranda ko’rsatish va izlab topib berish. 

Grafika elementlarni tahrir qilish. 

Ma’lumotlarni  idora  qilish  tizimida  relyastion  interfeys  mavjudligi  ushbu 

dasturlarni  boshqa  ma’lumotlarni  idora  qilish  tizimlari  bilan  bog’lashga  imkon 

beradi. Dastlab  ARC/INFO nomi ostida ushbu dasturlar ishchi stanstiyalar uchun 

mo’ljallangan edi. Bugun ARCGIS geografiya axborot tizimi keng tarqalib ketgan 



va  avval  yaratilgan  ARCTOOLS,  ARCPLOT,  GRID,  ARCEDIT,  ARCVIEW 

modullarni  o’z ichiga oladi. Har bir modul ayrim  maxsus vazifani echish uchun 

mo’ljallangan  va  bu  ushbu  tizimning  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Funkstiyalar 

ko’pligi  va  ko’p  sohada va ko’p  mamlakatlarda  ulardan  foydalanish tajribasining 

boyligi ushbu dasturlarni birinchi o’ringa qo’yadi. 

AUTODESK  kompaniyaning  AUTOCAD,    MAP  3D,  TOPOBASE, 

MAPGUIDE  va  boshqa  tizimlari  kartografik  avtomatlashtirilgan  tizimlar  sifatida 

yaratilgan edi va shu sababli xarita yaratish imkoniyatlar ularda ko’proq. 

MAPINFO  birinchi bo’lib shahsiy kompyuterda ishlatish uchun yaratilgan 

edi.  Bu  dasturdan  ham  ko’p  turli  xil  vazifa  echishda  keng  foydalaniladi.  Avval 

funkstiyalari  chegaralanganligi  tufayli  ushbu  tizimda  MAPBASIC  mahsus 

dasturlash  tili  qo’llanilgan  edi  va  shu  til  orqali  xaritalarni  yaratish  imkoniyatlari 

kengaytirilgan edi va standartlashtirilgan grafika interfeysdan foydalanishga imkon 

yaratildi.  

INTERGRAPH 

 

kompaniyanig 



GEOMEDIA, 

GEOMEDIA 

PROFESSIONAL, GEOMEDIA WEBMAP dasturlari tarmoqlar uchun mos keladi 

va  katta  hajmdagi  ma’lumotlarni  idora  qilishda  qo’l  keladi.  Ushbu  dasturlardan 

fotogrammetriyada ham foydalaniladi.   

YERDAS  tizimlari  fotogrammetriyada  va  koinotdan  olingan  tasvirlarni 

qayta  ishlash  uchun  mo’ljallangan  va  ayrim  geografiya  axborot  tizimlar 

funkstiyalarni o’z ichiga oladi.  

GRASS  GIS    rastrli  geografiya  axborot  tizimlariga  misol,  ochiq  tizim 

bo’lgani  sababli  foydalanuvchilar  tomonidan  unga  turli  xil  takomillashtirishlar 

kiritildi, misol uchun gidrologiyada modellashtirish kabi vazifalar echimi shu yo’l 

bilan kiritilgan.  

IDRISI  geografiya  axborot  tizimi  rastrli  tizimlardan  bittasi    bo’lib,  undan 

ta’limda  va tadqiqotlarda undan keng foydalanadilar.  

Smallworld  geografiya  axborot  tizimi  foydalanishga  osonligi  bilan  ajralib 

turadi  va  shu  sababli    kommunal  inshootlarni  idora  qilishda  va  kommunal 

hizmatlarni ko’rsatishda keng tarqalgan.  

SAGA  GIS,  Quantum  GIS,  MapWindow  GIS,  Manifold  System,  ILWIS, 

JUMP GIS va boshqa tizimlar har xil vazifalarga echishga moslangan va shu  

ro’yhatni yana davom ettirish mumkin. Bugungi kunning yangiliklardan biri 

WebMap Server, ya’ni geografiya axborotni Internet orqali tarqatish uchun maxsus 

serverlar (misol uchun, Mapnik, GeoServer, MapGuide Open Source, MapServer, 

ObjectFX) va geografiya ma’lumotlar bazalarini idora qilish tizimlar (misol uchun,  

Oracle Spatial, ArcSDE, PostGIS, SpatialLite, TerraLib) ko’payib borishidadir.  

Geografiya  axborot  tizimini  tanlashda  uning  texnikaviy  ko’rsatkichlarini, 

ya’ni kompyuterga o’rnatish osonligi, kompyuter tizimiga mosligi, boshqa dasturlar 



bilan bog’lash imkoniyatlari, u bilan ishlash qo’layligi  e’tiborga olinadi. Umuman 

olganda turli dasturlarni bir biridan farqi deyarli katta emas. Eng yaxshisi qaysinisi? 

Bu savolga aniq javob berish qiyin, chunki geografiya axborot tizimidan foydalanish 

maqsadi,  foydalanuvchining  tajribasi,  texnikaviy  vositalar  va  sharoitlar  dasturni 

tanlashga katta ta’sir ko’rsatadi. Ulardan foydalanish hozir ham oson emas va bu 

maxsus  ta’lim  olishni  talab  qiladi.  Lekin,  geografiya  axborot  tizimlarini 

rivojlanishini kuzatib tursak, ushbu mahsulotni yaratuvchilari ularni osonlashtirish, 

dasturlarning narhini ham pasaytirishga    haraqat qilayotganlarini ko’ramiz.  

Geografiya axborot tizimlarining imkoniyatlari ma’lumotlarni kiritish, ularni 

saqlash,  idora  qilish,  chiqarish,  tahlil  qilish  va  ekranda  ko’rsatish  qobiliyatlariga 

ko’ra baholanadi. Ma’lumotlar digitayzer yoki skaner yordamida, turli manbalardan 

to’plangan  holda,  umumlashtirilish  va  topologiya  orqali  tekshirish  yo’li  bilan 

kompyuterga  kiritiladi.  Saqlash  uchun  ma’lumotlar  hajmi  kichraytiriladi, 

ma’lumotlar  to’g’risidagi  ma’lumot  (metada)  saqlanadi,  makros  yoki  maxsus 

dasturning  tili  orqali  nazorat  qilinadi,  boshqa  dasturdagi  ma’lumotlar  formatlar 

orqali qabul qilinadi. Idora qilish yo’li ham har xil bo’lishi mumkin va ma’lumotlar 

bazasini idora qilish tizim yordamida va boshqa usullarda bajariladi. Ma’lumotlarni 

chiqarish funkstiyalari esa ularni atributga ko’ra saralash, “bufer” zonalarni yaratish, 

xaritalarni ustma-ust tushirish, xaritaning algebrasi yordamida aniqlashni o’z ichiga 

oladi. Tahlil qilish funkstiyalariga misol interpolyastiya, eng maqo’l yo’l tanlash, 

geometriyani  tekshirish,  yon  bag’r  qiyaligini  hisoblash  funkstiyalari  bo’ladi. 

Ekranga  chiqarish  funkstiyalari  xarita  tuzish  va  grafik  tarzdagi  faylni  eksport 

qilishdir.  

Rastrli  geografiya  axborot  tizimlari  o’rmon  va  qishloq  xo’jaligida, 

fotogrammetriya, gidrologiya, koinotdan turib olingan tasvirlarni va yuzalarni tahlil 

qilishga  mos  keladi.  Vektorli  tizimlar  esa  kadastr,  aholini  ro’yhatga  olish, 

tarmoqlarni o’rganish, aniq joy to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlash va ularni tahlil 

qilishda qo’l keladi. 



 

Map Info dasturi funkstiyalarini o’rganish  

Map  info  dasturiga  kirganimizda  yangi  rastr  ko’rinishidagi  faylni  ochish 

uchun  “tablista” buyrug’i tanlanadi. 

 

1-rasm. Yangi rastr ko’rinishidagi faylni ochish 



“Tablista”  buyrug’i  tanlaganganidan  so’ng  ochiladigan  oyna  va  bunda 

“rastr” ko’rinishidagi fayl tanlab olinadi. 



 

 

2-rasm. “Rastr” ko’rinishidagi fayl tanlash



 

 “Rastr” ko’rinishidagi faylni tanlab olganganidan so’ng quyidagi oyna ochiladi va 

undan faylnib regattrastiya qilish yoki qilmaslik buyruqlarini tanlashimiz mumkun. 

 

3-rasm. Regattrastiya qilishni boshlash

 

“Registrastiya”  buyrug’i  tanlanganidan  so’ng  ochiladigan  oyna  va  unda 



proekstiya buyrug’i tanlangandaigan holat. 

 

4-rasm. Proekstiyalar jadvali oynasi 

Ushbu  oynadan  yaratilayotgan  kadastr  kartasi  uchun  kerakli  proekstiya 

tanlanadi. 



 

5-rasm. “Plan-sxema” menyusidagi  proekstiyalar jadvali  

Proekstiyaga tegishli zonalardan birini tanlanadi. 

 

6-rasm. Proekstiyaga tegishli zonalar 



7. Proekstiyani tanlab bo’lingan keyingi holat. 

 

7-rasm. Rastrni proekstiyasi tanlangan va regstratstiyasini aniqlash 



 

ArcGIS dasturi funkstiyalarini o’rganish: 

ArcMap  dasturiga  kirilganidan  so’ng    Connect  To  Folder  buyrug’i  orqali 

rastr  ko’rinishidagi  fayl  joylashgan  papkani  dastur  bilan  bog’lab  olish  mumkun 

bo’ladi. 



 

8-rasm. Connect To Folder oynasi 

Rastr ko’rinishidagi fayl joylashgan papkani tanlash. 

 

9-rasm. Rastrni tanlash 



O’zimizga kerakli kartani dasturga ko’chirib o’tqizish. 

 

10-rasm. Kartani dasturga yuklangan ko’rinishi 



Kartaga  “Add  Control  Points”  buyrug’i  orqali  koordinatalari  ma’lum 

nuqtalar kiritiladi. 



 

11-rasm. Add Control Points oynasi 

X va U koordinatalarni kiritish. 

 

12-rasm. Koordinatalarni kiritish jarayoni 



Nuqtalarni  kiritib  bo’lgandan    keyin  xatoliklarni  tekshirish  va  to’g’rilash 

oynasi. 


 

13-rasm. Koordinatalarni xatoliklarini aniqlash 

Xatoliklarni  to’g’irlangandan  so’ng  “Rectify”  buyrug’i  orqali    kompyuter 

xotirasiga  saqlash mumkin. 

 


14-rasm. “Rectify” buyrug’i oynasi 

Kartani saqlab olganimizdan keyin dasturdan o’sha saqlagan papkamizdagi 

kartaning ustiga sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz va kartaning xususiyatlariga 

(Properties) kiramiz. 

 

15-rasm. Properties oynasi 



Bu  oyna  Edit    tugmasini    bosganimizdan  keyingi    ochiladigan  oyna 

hisoblanadi.  Bu  oynadan  biz  o’zimizga  kerakli  koordinatalar  sistemasini  tanlab 

olishimiz mumkin. 

 

16-rasm. Koordinatalar sistemasini tanlash oynasi 



O’zimizga kerakli koordinatalar sistemasini tanlab olganimizdan keyin “ok” 

tugmasini bosiladi va karta koordinatalar sistemasiga  to’liq bog’lanadi. 



 

17-rasm. Karta koordinatalar sistemasiga to’la bog’lash 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling