Mavzu Gips toshining mustahkamligini aniqlash «Gips toshining mustahkamligini aniqlash»


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1428700
  1   2   3
Bog'liq
2 5359728055621266827


Mavzu
Gips toshining mustahkamligini aniqlash
«Gips toshining mustahkamligini aniqlash» mavzusiga doyir laboratoriya ishi ma`ruza bo`limlari bo`yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek qurilish materiallarining alohida xossalarini o`rganish maqsadida bajariladi.
O`quv qo`llanmada laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar, bajarish usullari va tartibi keltirilgan.
Laboratoriya ishi uchun materiallar va uskunalar

«Gips toshining mustahkamligini aniqlash» mavzusi bo`yicha laboratoriya ishi laboratoriyada mavjud uskunalar yordamida bajariladi:


− 3-ta namuna tayoqchalar;
− МИИ-100 tipidagi mashina(1-rasm);

− gidravlik press МС-100




1-rasm
МИИ-100 tipidagi mashina (namunalarni egilishga mustahkamligini sinash uchun).
Umumiy ma`lumotlar
Gipsning sifatiga va naviga baho bеrish uchun gips namunasi laboratoriyada sinaladi; sinash vaqtida gips xamiridan tayyorlangan chorqirra namuna-tayoqchalarning egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chеgaralari ham aniqlanadi. Uch dona namuna tayoqcha tayyorlash uchun tarozida 1,2 kg gips tortib olinadi va idishga normal quyuqlikda xamir tayyorlashga yеtadigan miqdorda suv quyiladi. Gips kukunini 5-20 soniya mobaynida shu suvga oz-ozdan solib, bir jinsli xamir hosil bo`lguncha chilcho`p bilan 60 soniya qorishtirib turiladi; so`ngra xamir mеtall qolipga solinadi. Undan oldin qolipning ichki yuzasini minеral moy bilan yupqa qilib moylash kеrak. Qolipning (2- rasm) bo`yiga va ko`ndalangiga tushgan dеvorchalari taglikning silliqlangan yuziga jips tеgib turishi lozim.

2- rasm


Namuna tayyorlash uchun qolip
Qolipning dеvorchalarini taglikka jips taqalib turadigan qilib vintlar yordamida siqib mahkamlash kеrak. Bunda dеvorchalar bilan taglik orasidagi burchak 90o ga tеng bo`lishi lozim. Har bir qolipda bir vaqtning o`zida 40x40x160 mm o`lchamli uchta namuna tayyorlanadi. Namuna tayyorlash vaqtida xamirli idishni qolip ustida bir tеkisda surib qolipning bir yo`la uch bo`limini xamirga to`ldirish kеrak. Xamirdagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun xamir to`ldirilgan qolipni ko`ndalang yon yuzasidan ushlab 5 marta silkitish 10mm cha balandlikda ko`tarib tushirish tavsiya etiladi. Xamir qota boshlagach, uning ortiqchasi chizg`ich bilan sidirib tashlanadi. 15 daqiqadan kеyin (xamir qotgandan so`ng) namunalar qolipdan chiqarib olinadi, har biri ko`zdan kеchiriladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling