Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. Hamshiralik ishi faniga kirish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1392401
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu



Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik
Reja
1. Hamshiralik ishi faniga kirish.   
2. Hamshiralik ishi va salomatlik.
3. Salomatlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar
4. Tibbiyot hamshirasi va bemor huquqlari  
5. Tibbiyot hamshirasi va jamiyat 
 
Hamshiralik ishi tushunchasi, bu — birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va 
geografik joylashuvi bilan bog‘liq mavjud sog‘liqni saqlash tizimi va uning rivojlanish darajasiga 
nisbatan funksional majburiyatlari aniq belgilangan hamshiralarning, tibbiyot xodimlari va 
jamoaning hamshiralik ishiga munosabati va inson shaxsiy dunyoqarashining yig‘indisidir. 1980- 
yillarda JSSTning ekspertlari «Hamshiralik ishi» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishgan: 
«Hamshiralik ishi — bu insonlar o‘rtasidagi munosabatning amaliyoti- dir, tibbiy hamshira esa, 
har bir bemorni individual shaxs sifatida o‘rganib, kasallik tufayli ularda yuzaga kelgan 
ehtiyojlarni aniqlay bilishi lozim». 
Afsonaviy Florens Naytingeyl 1859- yili o‘zining mashhur «Bemorlar parvarishi to‘g‘risidagi 
yozuvlar» kitobida hamshiralar ishini quyidagicha ta’riflagan: «Hamshiralik ishi — bemorni 
qurshab turgan muhitni, uning sog‘ayishi yo‘lida qollash uchun yo‘naltirilgan harakatidir». 
Florens Naytingeyl o‘z fikrini davom ettirib shunday deydi: «Hamshiraning vazifasi bemorga 
shunday sharoit yaratib berishdan iboratki, bunda tabiat o‘zining davolovchi qudratini namoyon 
qilsin». 
Shifokorning amaliy faoliyati, davolash ishi, barcha bilim va harakatlari ma’lum bir bemorning 
aniq bir kasalligini davolashga qaratilgan bo‘ladi. Hamshiralik ishi kasallikdan ko‘ra ko‘proq 
bemorga yoki odamlar guruhiga, ya’ni oilaga, jamoaga qaratilgan bo‘lib, insonlar, ularning 
oilalari, umuman aholi sog‘lig‘i bilan bogliq bo‘lgan muammo va ehtiyojlarni hal qilishga 
yo‘naltirilganligi bilan shifokorlik faoliyatidan farq qiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling