Mavzu: Hujayra reproduksiyasi Reja: Hujayra evolyusiyasi


Download 18.06 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi18.06 Kb.
#1038417
Bog'liq
29-mavzu


Mavzu: Hujayra reproduksiyasi
Reja:

  1. Hujayra evolyusiyasi

  2. Hujayra reproduksiyasi



Kо‘pchilik olimlar, eukariot hujayralar prokariot hujayralardan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Eukariot hujayralar va ularning organoidlari kelib chiqishi haqida bir necha nazariyalar bor, ulardan ikkitasi tan olingan bо‘lib - bular invaginatsiya va simbioz nazariyasidir.
Invaginatsiya nazariyasi eukariot hujayra va uning organoidlari prokariot hujayra membranasida botiqlik paydo bо‘lganligi va u keyinchalik tashqi membrana bilan bog‘langan kо‘p membranali tuzilmalar hosil qilgan deb tushintiradi.
Bu membranalar aerob oksidlanishni ta’minlovchi fermentlarga ega bо‘lib borgan (ayrim qismlarida fotosintezni ta’minlovchi tanachalar vujudga kelgan). Hujayraning ma’lum qismi oksidlanish va fotosintez xususiyatini yо‘qotib, murakkab genetik apparatga ega bо‘la boshlagan: membrananing davomiy invaginatsiyasi natijasida mitoxondriy va yadroning murakkab ikki qavatli qobiqlari yuzaga keldi.
Margulisning hujayraviy simbioz nazariyasiga kо‘ra eukariot hujayralarning har bir tuzilmasining ajdodi qadimiy prokariotlar hisoblanadi. Bu nazariyaga kо‘ra evolyusiyaning ilk bosqichida bijg‘ish hisobiga yashovchi ayrim prokariotlar aerob bakteriyalarni fagotsitoz qilgan, ammo ular saqlanib, fagotsitoz qilgan hujayra bilan yashayvergan.
Buning natijasida aerob va anaerobdan iborat birga hayot kechiradigan yagona simbioz tuzilma shakllana borgan, bu simbiotik jarayon ikkala organizm uchun ham foydali bо‘lganligidan, ular birgalikda yashab ketganlar va bu holat irsiyatga ham о‘tgan. Bunday simbiotik holat tabiatda kam uchrab turadi. Masalan: ayrim amyobalar mitoxondriyaga ega bо‘lmasada о‘zlarida organik moddalarlarning aerob parchalanishini ta’minlovchi bakteriyalarni saqlaydi; fotosintez jarayoni rо‘y beruvchi aerob organizm – kо‘k yashil suv о‘tiga eukariot hujayra hosil qiluvchi dastlabki tuzilma deb qaraladi.
Hujayra mitoxondriyasining avtonom tuzilma ekanligi simbiotik nazariyaning tо‘g‘riligidan dalolat beradi. Mitoxondriy о‘zining xususiy genetik apparatiga ega bо‘lib, unda hujayraga bog‘liq bо‘lmagan holda reproduksiya jarayoni rо‘y beradi. Mitoxondriya va bakteriya membranalari umumiy xususiyatlarga ega. Mitoxondriya DNK si gistonlardan holi bо‘lib, bakteriyalarniki kabi halqasimondir.
Bu nazariyaga asosan, mitoxondriyalar, plastidalar va eukariot hujayralarning xivchinlari va kiprikchalarning bazal tanachalari qachonlardir erkin yashovchi prokariot hujayralar bо‘lgan, simbioz jarayonida ular organellalarga aylangan. Mitoxondriya va xloroplastlarda xususiy DNK va RNK borligi ham bu nazariyaning foydasiga guvohlik beradi.
Mitoxondriyaning RNKsi tuzilishi, purpur bakteriya RNKsi tuzilishiga о‘xshash, xloroplastlar RNKsi esa sianobakteriyalar RNKsiga yaqin turadi. Olimlar ribosoma RNKlari nukleotidlari ketma-ketligini taqqoslash asosida barcha tirik organizmlarni uch guruhga: eukariotlar, eubakteriyalar va arxebakteriyalarga (oxirgi ikkitasi prokariot) kiritsa bо‘ladi degan xulosaga kelishdi, chunki bu uch guruh organizmlarning genetik kodi aynan bir xil, shuning uchun ular umumiy ajdodga ega deb ularni “progenot” deb ham nomladilar. Natijada progenot nazariyasi taklif qilindi.
Eubakteriyalar va arxebakteriyalar progenotlardan paydo bо‘lgan deb taxmin qilinadi, eukariot hujayralarning hozirgi tiplari esa qadimgi eukariotlarning eubakteriyalar bilan simbiozi natijasida paydo bо‘lgan bо‘lishi kerak deyilmoqda va shu hisobiga prokariotlar keyinchalik esa barcha eukariotlarning tuzilishidagi о‘xshashligini ta’minlagan deb hisoblanadi.
Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling