Mavzu: huquq ijodkorligi. Reja


Download 35.42 Kb.
bet1/9
Sana04.10.2022
Hajmi35.42 Kb.
#830815
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquq ijodkorligi
TESTLAR TAT Yakuniyga tayyorlanish uchun, маъруза матни, маъруза матни, 002, 002, hujayraning tuzilishi (1), hujayraning tuzilishi (1), 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, O’ZBEKISTONNING YANGI ISTIQBOLLI DORIVOR O’SIMLIKLARI, @mustaqilishlar Dutor bas (Zulxorbek Turapov), Kurs ishi Sobirov.H, Kurs ishi Sobirov.H

Mavzu: HUQUQ IJODKORLIgi.
Reja:
1.Huquq ijodkorligi tushunchasi.
2.Qonun qabul qilish bosqichlari.
3.Normativ xuquqiy xujjatlarni vaqt, xudud va shaxslarga nisbatan harakat qilishi.
4.Huquq normalarining tushunchasi, belgilari va tuzilishi.
5.Huquq normalarining turlari.
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Xuquq ijodkorligi, referendium tashabbuskorlik, normativ xuquqiy xujjat, qonun, kodeks, asosiy qonun, joriy qonun norma, tizim, soxa, xuquqiy tartibga solish mexanizmi, tarmoq va institutlar, ta'sis etish, gipoteza, dispozitsiya, sanktsiya, blanket, imperativ, dispozitiv.
HUQUQ IJODKORLIGI TUSHUNCHASI.
Qonun ijodkorligi – davlatning xuquqiy normalarini yaratishga qaratilgan eng muxim faoliyat yo’nalishlaridan biridir. Qonun va qonun chiqarish faoliyati bilan bog’liq ishlar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muxim urin tutgan.
Qonunlarning eng asosiy ijtimoiy vazifasi – jamiyatda tartib, intizom va barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Qonunchilik siyosati – davlat siyosatining bir bo’lagi bo’lib, unda ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy tartibga solishning asosiy yunalishlari, printsiplari, maqsadlari o’z ifodasini topadi. Xuquq ijodkorligi faoliyati natijalariga karab, ya'ni qonunlar va boshqa normativ aktlarga karab, davlat to’g’risida, uning demokratligi darajasi, madaniyati va sivilizatsiyasi darajasiga baxo beriladi.
Huquq ijodkorligining eng muxim xarakteristikasidan biri bo’lib, uning davlat yoki davlat organlari faoliyati ekanligi xisoblanadi.
Qonun ijodkorlik faoliyati – o’z vakolatli davlat organining qonunlarni ishlab chiqishi va qabul qilishga qaratilgan, aniq maqsadga yunaltirilgan irodaviy faoliyatidir. Mazkur faoliyat ijodiy jarayon bo’lib, bunda xalkning irodasi aniqlanadi, shakllantiriladi va belgilangan tartibda qonun darajasiga kutariladi.
Qonun chiqarish faoliyati (xuquq ijodkorligi faoliyati) o’zining mas'uliyatliligi va murakkabligi bilan fark qiladi. Respublika shaklidagi demokratik davlatlarda qonun chiqarish faoliyati, an'anaga ko’ra, aloxida saylab qo’yiladigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tashkilot turli mamlakatlarda turlicha nomlar bilan (AKShda – kongress, Frantsiyada – milliy majlis, Angliyada – parlament, Germaniyada – Bundestag, Eronda – majlis, Rossiyada – federal majlis (Duma), O’zbekistonda –Oliy Majlis, Polsha, Litvada – Sem, Shvetsiyada – Riksdag va x.k) atalib umumiy qabul qilingan yagona nom parlament iborasi bilan ifodalanid.
Huquqiy adabiyotlarda qonun ijodkorlik faoliyati iborasi qonun chiqarish faoliyati, qonun yaratish faoliyati, qonunchilik, xuquq ijodkoriligi kabi iboralar bilan sinonim sifatida kullaniladi.
Huquq ijodkorligi jarayoni (qonun yaratish) uta mas'uliyatli, serkirra va murakkab jarayon. Qonun kuichga kirgan xar bir yuridik hamda ijtimoiy munosabatlaroni tartibga solshida kat'iy kuchga aylanadi. Bu jarayon muntazam va muvofiqlashtirilgan ketma-ketlikda ruy beruvchi bosqichlarning yigindisi sifatida mavjud bo’luvchi aniq xuquqiy mexanizmdir. Bunda ish tegishli xuquqiy munosabatlar soxasini xuquqiy tartibga solish zaruriyatini o’rganishdan muammoli vaziyatni atroflicha taxlil etishdan boshlanadi: sungra tajriba umumlashtirilib, ilmiy asoslangan materiallar tuplanadi; navbatdagi vazifa rejalashtirilayotgan qonunning ilmiy goya (kontseptsiyasi) va dastlabki loyixasini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi; qonun loyixasi qonun chiqaruvchi idora tomonidan o’rganiladi, muxokama etiladi va nixoyat qonun qabul qilinadi.
Qonunchilik jarayoni bu davlat oliy vaqillik organining Konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga kushimcha va o’zgartirishlar kiritishga qaratilgan, shuningdek, eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi xarakatlari yigindisi bo’lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo’lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyixasini tayyorlash, uni muxokama etish va qabul qilishni o’z ichiga oladi.
Qonun ijodkorligining quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi:
Vakolatli davlat organlarining xuquq ijodkorligi faoliyati;
Xalkning bevosita referendum orqali xuquq ijodkorligi.
Masalan:
1) O’zbekistonda qonunning parlament tomonidan qabul qilinishi
2) Umumxalk ovoz berish yo’li bilan qonun qabul qilish.
Qonunosti xuquq ijodkorligi. Bunday xollarga, ba'zida davlat oliy vaqillik organlariga kirmaydigan davlat organlari tomonidan xuquq normalari qabul qilinadi va xarakatga keltiriladi. Bunday qonun osti aktlari qonunni qabul qilishni ta'minlash uchun muxim xisoblanadi.
Qonun osti xuquq ijodkorligi sub'ektlariga – Prezident, Xuquqmat boshqa oliy davlat organlari kirib, ular qonunga binoan yuridik normalar va normativ aktlarni qabul qilish xuquqiga ega. Qonun osti xuquq ijodkorligining o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud:
Ijobiy tomonlariga – uning tezkorligi, rasmiyatchilikning kamligi, tegishli organlarning kompitsentligi, xujjat qabul qilinishi bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaxshi bilishlari kerak;
Salbiy tomonlari – xuquqiy karorning qabul qilinishi jarayonining yashirinligi, normativ aktlarning kupligi qo’llashni kiyinlashtiradi. Ular jamiyat a'zolari tomonidan nazorat qilishni murakkablashtiradi.
Jamiyatda xuquq normalarining yaratilishi, davlatning ijodkorlik yoki xuquqiy tashabbuskorlik faoliyati orqali amalga oshiriladi. Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyati-bu xuquq normalarini yaratish, o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida yaratgan xuquq normalari turli normativ xuquqiy xujjatlarda qonun, qaror, farmon, farmoyish va boshqalarda ifodalanadi. Normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish-ya'ni xuquqiy normalarni yaratish quyidagi 2 bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich normativ xuquqiy xujjatlarni loyixasini tayyorlash: a)shu xujjatni loyixasini tayyorlash uchun qaror qabul qilish; b) loyixani tayyorlash; v) loyixani muxokama qilish; g) loyixaning kamchiliklarini to’zatish; d) loyixani qayta ishlash.
Ikkinchi bosqich- normativ xuquqiy xujjatlarni nashr etish: a)loyixani tashabbuskor davlat organlariga muxokama qilish uchun kiritish; b)loyixani tashabbuskor organga muxokama qilish; v)normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish; g)uning xalqka e'lon qilish (nashr etish).
Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyatida normativ xuquqiy xujjatlarning loyixasini tayyorlash,xalq o’rtasida muxokama qilish va qabul qilib nashr etish muxim masaladir. O’zbekistonda bu ish bilan Respublika qonun chiqaruvchi oliy organi Oliy Majlis, davlat boshlhi Prezident, Vazirlar Maxkamasi va boshqa davlat organlari shugullanadi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining HII chakirik HI sessiyasida 1992yil 8 dekabrdagi Mustaqil O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shu kuni Oliy Kengash maxsus qaror bilan Konstitutsiyani kuchga kiritib, Oliy Kengash Rayosati Respublika qonunlarini Konstitutsiyaga moslashtirish ishlarini belgilab berdi.
Huquq ijodkorligi jarayoni printsiplapriga quyidagilar kiradi:

Download 35.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling