Mavzu: Ikkinchi jahon urushi
Download 1.33 Mb.
|
Mening Mahallam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mening mahallam
- General-mayor Sobir Rahimov
Mening Mahallam TarixiMening mahallam
Azaldan Vatanni ulug`lab, uning uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni ardoqlashni o`rgatib kelishgan. Shuning uchun ham Vatan ona so`zi bilan doim birga qo`llanadi. Vatanim – onam... Shu Vatan ichra vatanim deya ulg`laganim esa mening mahallamdir. Vatanim mening uchun barcha ezgu ishlarga undovchi ostonam bo`lsa, mahallam qo`llaguvchi hamdamimdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan”.OOO Bobom ko`pincha urush davridagi, qahatchilik kunlaridagi bo`lgan voqealarni, eshitgan va ko`rgan-bilganlarini bizlarga so`zlab berganlarida, “bu kunlarga, tinch zamonamizga shukr, bolam” deya bot-bot takrorlaydilar.Bobomning har bitta yuzlaridagi ajin ko`rgan azoblarining belgisi deb o`yga tolaman ba’zan. Haqiqatan ham, bobomning ko`rgan mashaqqatlarini, yoshlik chog`laridayoq ham o`qib, ham ishlab kun ko`rganliklari, ota-onalariga ko`mak berish uchun har qanday og`ir ishlardan ham qaytmaganliklari men uchun jasoratli inson qiyofasini yaratib beradi. O`z davrlarida chekkan azoblari, mashaqqatlari uchun bugungi kunda shunday sharofatli kunlarga erishdik. Mening mahallam Sobir RahimovBizning Mahallamiz General-mayor Sobir Rahimov nomi bilan nomlangan
General-mayor Sobir RahimovHalok bo‘lganlardan biri generel-mayor Sobir Rahimov edi. S.Rahimov 1902-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1925-yildan harbiy xizmatda bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushida diviziyaga qo‘mondonlik qildi. Polsha davlatining hududini Germaniyadan ozod etish uchun olib borilgan jangda 1945-yilning 26-martida – fashistlar Germaniyasining to‘la tor-mor etilishiga atigi 45 kun qolganida qahramonlarcha halok bo‘ldi. General-mayor Sobir Rahimov1965 - yilning 6 - mart kuni general Sobir Rahimovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Keyinchalik unga Toshkent shahrida haykal o‘rnatildi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling