Mavzu: Ilm va bilim ‘’ o’tda yonmaydigan suvda cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik


Download 15.5 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi15.5 Kb.
#1191086
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: “Ilm va bilim ‘’ o’tda yonmaydigan suvda cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik.
O’z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu;ilmni qadrlang ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o’tmasin.Yoshlik umrning eng bebaho davri, ilm o’tda yonmaydigan suvda cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini also unutmang. Sizlar mustaqil farzandlarsiz. Ota bobolaringiz to’siq va qiyinchiliklarni ko’rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib,voyaga yetyapsizlar.Yuksak maqsadlar yo’lida siz- yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklagan ana shunday ulkan ma’sulyatni, tom ma’nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qa’tiy ishonaman.
Shavkat Mirziyoyev.
Imom Buxoriy bobomizning shoh asari, Quroni karimdan keying ikkinchi manba sifatida ko’riluvchi ‘’Suhilul Buxoriy’’ asarining ‘’Ilm kitobi ‘’ qismi birinchi bobi ‘’Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko’tarur’’ (Mudola surasi 11 oyat ) oyati bilan boshlangan bo’lib , mazkur oyatda imon so’zi ilmdan muqaddam keltirilgan. Bu esa imon va ilm bir-biri bilan chambarchas bog’liqligi,ilm olishdan maqsad jamiyatning taraqqiyoti va oxirat saodati ekani,imonsiz ilm esa insoniyatga zarardan boshqa narsa keltirmasligi bayon qilingan.
‘’Ilm ‘’ so’zi lug’atda ‘’bilish, anglab, tushuncha hosil qilish, bir narsani haqiqatini, mohiyatini bilish’’ kabi manolarni anglatadi. Shuning uchun Islom ulamolari ilmga ‘’ haqiqatni xuddi voqelikdagidek idrok qilish ilmdir’’ deb ta’rif berishgan. Buning ma’nosi shuki, olingan ma’lumot bir narsaning asl mohiyatini to’g’ri anglatsagina, undan dunyo va oxiratimizga manfaat hosil bo’lsagina chinakam ilm hisoblanadi.
Ilm- eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson ilm va ma’rifat bilangina chinakam hayotdir. Insonning hayotini to’g’ri yo’lga solmagan,uning fe’l atvorida, amalida ta’siri bilinmagan, to’g’ri yo’lga yetaklamagan ilmda yaxshilik, xayr-baraka yo’qdir. Shuning uchun o’rganilgan emas, amal qilingan ilm haqiqiy ilm sanaladi.
‘’Ilmsizga ishonch yo’q, hunarszga quvonch yo’q’’ , “Ilm -u hikmat suvni yondirar’’, ‘’Ilmning avvali achchiq So’ngi totli. ‘’ ‘’ Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas’’, ‘’Ilmsiz bir yashar ilmli ming yashar’’
O’qigan bilganiga amal qilmagan odam builmninghammoli bo’ladi, xolos. Shuning uchun Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vassallam
‘’Ilm insonlarga dunyo va oxiratda eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchidir. U tolibi ilmni saxiy, juvonmard, kamtarin, juratli, shikastadil, iffatli bo’lish baxtiga erishtiradi. Baxillik, qizg’anchiqlik qo’rqoq va juratsizlik, manmanlik, isrofgarchilik kabi yomon axloqlardan o’zini saqlab kishilar ko’rganlarida suhbatiga oshiqadigan go’zal hulq egasi bo’lib kamol topishiga sabab bo’ladi.Ilm insonga nma foydayu nma zarar ekanini bildiradi.Inson orzu maqsadlariga ilm orqali yetishadi.
Kishining bilim oloishi salohiyatini fuqaro bolib ulg’ayishi , elyurt manfaati uchun xizmat qilishi va ilm fan taraqqiyotida o’z hissasini qo’shishi hamma zamonlarda dolzarb sanalgan masalalardan hisoblangan.
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling