Mavzu: Ilmiy muammoni qo‘yish, uni tavsiflash, yoritish va xulosalash masalalari


Download 28.32 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi28.32 Kb.
#309233
  1   2
Xayrullayeva Gulshoda 406
Bog'liq
2.1.MODUL BO'YICHA TEST, Футбол сегодня, Nikoh marosimlariga oid tabular, Nikoh marosimlariga oid tabular, Nikoh marosimlariga oid tabular, O’zbek xalq musiqasi to’plamlari, Alifbo usulida kodlash, bargning ichki tuzilishi. bargining ichki tuzilishi misolida organish, bargning ichki tuzilishi. bargining ichki tuzilishi misolida organish, 6-sinf ochiq dars kanespekti rasm va chizmalar, Gulshoda, Gulshoda, Klara opa (1), Adabiyotdan ochiq dars-fayllar.org

3-amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Ilmiy muammoni qo‘yish, uni tavsiflash, yoritish va xulosalash masalalari

1-topshiriq. Keltirilgan mavzularga tezis yozing va ilmiy muammoni qo‘ying.

Yulduzli tunlar” asarida Tohir to‘qima obrazmi yoki tarixiy?

(6-sinf Adabiyot darsligi misolida)

“Yulduzli tunlar” asari buyuk podshoh, shoir, davlat arbobi Mirzo Bobur hayotining barcha qirralarini ochib bergan tarixiy romandir. Yozuvchi Pririmqul Qodirov ushbu roman ustida bir necha yillar ter to‘kadi. 1972-yilda romanning ilk nushasini yozib tamomlaydi va u nashrga tavsiya etiladi. Ammo siyosiy tuzum, davr mafkurasi sabab 6 yil davomida bosilmay yotadi. Buni Primqul Qodirov keyinchalik shunday xotirlaydi: “… Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid tuzum taziyqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamga ko‘tarib yurganday bo‘ldim”. Asar voqealari tarix bilan chambarchas bog‘liq, asarni o‘qish jarayonida buni yana ham yaxshi his qilamiz. Tarix bizga faqat yillar va faktalar haqida hikoya qilsa, adib o‘z romanida o‘sha tarixiy voqealarni badiiy yo‘l bilan, to‘qima obrazlar orqali yana ham jonli qilib ko‘rsatib bergan. Yozuvchi asar yozishda “Boburnoma”ga tayanganini ham aytib o‘tadi: “Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan – “Boburnoma”day asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurrroq ochishga qaratildi”. Bularning bari yozuvchi uchun “Yulduzli tunlar”day tarix haqiqatlari ro‘y-rost badiiy yo‘l bilan ochib berilgan asar yaratish oson kechmaganligini, lekin adib yo‘ldan og‘ishmasdan asl manbalarga tayangan holda tanlagan yo‘lidan qaytmaganligini ko‘rsatib turibdi. Bundan Pirimqul Qodirov nafaqat yozuvchi balki katta yurak sohibi bo‘lganligini bilishimiz mumkin.

Pirimqul Qodirov romanni nima uchun aynan “Yulduzli tunlar” deb nomlagani haqida o‘quvchida savol tug‘ilishi tabiiy. Bu haqda yozuvchi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Meros komissiyasi a’zosi To‘lqin Eshbek bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tadi:

- Pirimqul aka, romanga bunday chiroyli nom qo‘yilishiga ham nimadir “turtki” bo‘lganmi?

- Bir kuni tushimda Mirzo Bobur negadir meni turtib qo‘yganmish, - dedi ustoz kulimsirab. – Uyg‘onib qarasam, tip-tiniq osmonda yulduzlar charaqlab turibdi. Shu kuni Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini o‘ylab yotgandim. O‘sha betakror romanning nomiga hamohang ravishda buni “Yulduzli tunlar” deb atash fikri paydo bo‘ldi…1

Asarda Bobur Mirzo yashagan murakkab va ziddiyatli davr, xususan, romanning bosh qahramoni Bobur hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim voqealar nihoyatda tabiiy va jonli aks etgan. Asar Boburning 12 yoshidan boshlab uning Agrada vafot etishiga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan. Bu vaqtlar oralig‘ida Bobur 12 yoshligidanoq taxtga o‘tirgan yosh podshoh, mehribon o‘g‘il, jafokash uka, Navoiyga ulkan mehr va ixlos qo‘ygan, uning yo‘lidan yurishni diliga tukkan shoir, suyukli yor, mohir sarkarda, mehribon ota sifatida gavdalantiriladi. Bobur hayotning og‘ir sinovlari bilan juda erta, 12 yoshligida ro‘baro keladi, mamlakat ham notinch edi. Yosh, murg‘ak qalb egasi bo‘lgan Mirzo Bobur shoh sifatida Vatanini yovdan himoya qilishi kerak edi.

Asarda Tohir obrazi tasvirlangan bo‘lib, u mard, bir so‘zli, sadoqatli yigit. Asarda Buburning so‘nggi kunlarida ham uning yonida bo‘ladi. Umri davomida Boburga sadoqat bilan xizmat qiladi. Ba’zi o‘rinlarda uning Bobur bilan dildan qurgan suhbatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, xiyonotkor beklar haqidagi suhbatni misol qilishimiz mumkin. Yozuvchi asarda mol-u dunyoga o‘ch, kim kuchli bo‘lsa o‘sha tomonga o‘tib ketadigan, xalqni ayovsiz talashga o‘rgangan beklar obrazlarini ham mahorat bilan aks ettirganki, bu o‘quvchida davr muhitini, shohlar atrofidagi kishilarning munosabatini, xalqning davlat odamlaridan ko‘rgan zulmlarini, Boburdek ma’rifatparvar odil hukmdorning tortgan xiyonat azoblarini chuqurroq his qilishiga yordam beradi. “Ko‘p asrlardan beri Movarounnahrda yashaydigan, turkiy tilda so‘zlashadigan, musulmon dinini qabul qilib, uning xurofotiga qattiq berilgan bu mo‘g‘ul beklari va navkarlarining kasbi harbiy ish edi. Qaysi podshoh ulufani ko‘proq bersa, qaysi jangdan o‘lja yaxshiroq tushadigan bo‘lsa, bularning ko‘pini o‘sha podshoh va o‘sha jang o‘ziga jalb qilar edi”.2 Bobur Tohir bilan qurgan suhbatida Tohirning “Siz.. podshohsiz, hazratim. Beklar sizning itoatingizdalar”, degan so‘zlariga Mirzo Bobur: “Itoatimda bo‘lib itoat etdirurlar… bularning shunday girdoblari borki, sal bexabar qolsangiz g‘arq qilib yuborurlar…”, deb nadomat bilan javob beradi. Xalqimizda “Semizlikni qo‘y ko‘taradi” degan maqol bor. Samimiy, dilkash, ko‘ngli toza Tohir ham bek bo‘lgandan so‘ng beklarga xos ba’zi illatlarni o‘zlashtirib olganligini, buning oqibatida 20 yillik qadrdoni Mamatni ham ayamay do‘pposlaganining guvohi bo‘lamiz. Mamat esa uni ajal og‘zidan qutqarib qoladi. Bu haqida Tohirning o‘zi ham Boburga afsus bilan shunday deydi: “Bek bo‘ldim, deb mag‘rurlanib zolim bo‘lib ketgan ekanmen. O‘lim to‘shagida yotib o‘zimni tanidim. Menga beklik… to‘g‘ri kelmas ekan, hazratim...” 3 Tohir Bobur Mirzoga nisbatan beg‘araz mehr qo‘ygan edi, asarda bu ikki tabaqa vakilining shohlik va navkarlik martabalari chetga surilib, oddiy aka-ukalardek dildan suhbat qurgan o‘rinlari mvjud.

Asarni o‘qish jarayonida Tohir tarixiy shaxsmi yoki yozuvchining badiiy to‘qimasi mahsulimi degan savol tug‘iladi. Tohir obrazi – o‘quvchi uchun badiiy to‘qima. Haqiqatda esa Bobur Mirzoning Tohir oftobachi degan a’yoni bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Gulbadan begim “Humoyunnoma” asarida otasining so‘nggi kunlarini eslash asnosida Tohir oftobachini ham yodga olib o‘tadi. Lekin bu kishining qayerda tug‘ilgani, ajdodlari kimligi, Bobur xizmatiga qanday kelib qolgani haqida qaydlar uchramaydi.4 Yozuvchi Boburning yonida oddiy xalq ichidan chiqqan yaqin safdoshlari borligini ko‘rsatish niyatida bo‘lgani uchun Tohir oftobachini tanlaydi va asar davomida uni obraz sifatida bosqichma-bosqich rivojlantira boshlaydi, Tohir va Robiya sevgisini yaratadi.

“Yulduzli tunlar” asari yozuvchi Pirimqul Qodirov tomonidan ma’rifatparvar shoh va shoir Mirzo Boburning yorqin xotirasiga qo‘yilgan haykal deb aytishimiz mumkin. Asarning nashrdan chiqqaniga 40 yildan oshiq vaqt o‘tsa hamki, u o‘z o‘quvchisini yo‘qotgani yo‘q, hali hanuz kitobxonlar e’tirofida.




Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling