5.2.2. Modul. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Mavzu: Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish
strategiyalari
Reja :
1. Inklyuziv ta’limning maqsadi?
2. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ko`rgazmali vositalardan
foydalanish.
Annotatsiya: ushbu mavzuda Inklyuziv ta’limning maqsadi,
Imkoniyati
cheklangan bolalar bilan ishlashda ko`rgazmali
vositalardan foydalanish,
alohida
ta’lim ehtiyojlariga ega o`quvchilarga ta’lim –tarbiya
berishning psixologik
jihatlari haqida ma’lumotlar
berilgan
Inklyuziv maktabda o’quvchiga qo’yilgan
tashxis, uning nima bajara olishi emas,
balki uning
ta’limiy ehtiyojlari hamda o’quvchiga qanday
ta’limiy yordam
kerakligi muhimdir.
O’quv jarayonida yordam va ko’makka muhtoj ta’limiy ehtiyojlarga hayot
mobaynida yuzaga kelgan yoki orttirilgan quyidagi ehtiyojlar kiradi:
jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarning cheklanganligi;
tug’ma yoki hayotda orttirilgan sog’liqdagi buzilishlar;
shuningdek, atrof-muhitdagi nomuvofiq shart-sharoit va nobop omillar.
Inklyuziv ta’limning
maqsadi,
Har bir bolaning maktabga qatnashini yo’lga qo’yish;
Har bir bolaning
maktab hayotidagi ishtiroki va
bilim olishlarini
ta’minlashdir.
Maktab hayotida qatnashuv,
Barcha tengdoshlari qatori o’qish faoliyatida ishtirok etish;
Har bir bola jamoaning bir bo’lagi ekanligini anglashdir.
O’qituvchi quyidagilarga ahamiyat berishi kerak:
o’qitishning turli uslublarini qo’llay olish malakasini egallagan bo’lishi
lozim;