Mavzu: Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi. Reja


Download 27.96 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1236676
  1   2   3   4
Bog'liq
Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi


Mavzu: Import qilinadigan dorivor maxsulotlarni standart talabi.


REJA

  1. Import maxsulotlarning xavsizligini tasdiqlash tartiblari .




  1. Dorivor maxsulotlarni standart holatiga keltirish usullari


  1. Dorivor maxsulotlarni qadoqlash tartibi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Import maxsulotlarning xavsizligini tasdiqlash tartiblari


Mahsulotlarni import qilish O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o'rtasida mahsulotlarni olib kelish to'g'risidagi tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar, kelishuvlar va boshqa hujjatlar asosida am alga oshiriladi. Mahsulotni import qilishda korxona va tashkilotlar tomonidan berilgan sifat muvofiqligi sertifikatlarida o'zaro tan olish yoki ushbu mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasining miBiy tizimi bo'yicha majburiy sertifikatlashdan o'tkazish to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi (kelishib olinadi). Shu sababli O'zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish tizimi talablariga mos keluvchi chet mamlakat sertifikatlashtirish tizimi tomonidan berilgan sertifikatlar yoki boshqa muvofiqlik guvohnomalari respublikamizga keltirilayotgan chet el mahsulotlarining xavfsizligini tasdiqlovchi asos bo'lib xizmat qiladi. Sertifikatlashtirish zarur bo'lgan mahsulotlar ro'yxati Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan kelishiladi va O'zdavstandart tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan ro'yxat har yili respublika Bojxona qo'mitasiga beriladi. Bu ro'yxatda mahsulotni atrof-muhitga, xaridor salomatligi va hayotiga bezararligi haqidagi talablarga mos kelishi hamda qaysi bir me'yoriy hujjatlar talablari asosida sinalishi zarurligi ko'rsatiladi. Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan chet el mahsulotlarining sertifikatlari yoki boshqa guvohnomalari O'zbekistonda tan olinishi uchun chet ellik so'rovnoma egasi O'zdavstandart tegishli idoralariga ariza berishi kerak. Arizaga xalqaro sertifikatlash tizimining mavjud qoidalari yoki sertifikatlashtirish to'g'risidagi kelishuvlari asosida rasmiylashtirilgan sertifikatning yoki boshqa hujjatlar (materiallar)ning notarius orqali tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi. Zaruriy hollarda ariza beruvchi so'rovnoma bilan birga, O'zbekiston Respublikasi 8 - 634 113 sertifikatlashtirish tizimining me'yoriy hujjatlarida aks ettirilgan qo'shimcha talablarga mahsulotning mos keJishi haqidagi sinov bayonnomasini ko' rsatadi. Olingan hujjatlar va materialIar tahlili asosida bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idorasi berilgan sertifikatni tan olish yoki olmaslik haqida tegishli qaror qabul qiJadi. Chet el sertifikatlashtirish idoralari tomonidan mahsulotga berilgan sertifikat yoki mos kelishi to'g'risidagi tegishli hujjatiar ushbu turdagi mahsulotni O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan sertiftkatlashtirish sxemasiga ko'ra sertifikatlangan bo'lsa yoki shu kabi mahsulot tegishii me'yoriy-texnik huliatlarning qo'shimcha talablariga to'g'ri kelsagina, mahsulot sertifikati tan olinadi. O'zbekiston Respublikasida iste'mol qilinadigan chet davlatlarning, MDHdan tashqari, import mahsulotlarga berilgan sertifikatlarni tan olish to'g'risida qaror ushbu turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha tegishli idoralar, agar u mavjud bo'lmasa, sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora tomonidan qabul qilinadi. Chet davlat sertifikati tan olingan taqdirda uning o'rniga sertifikatlashtirishning milliy tizimiga to'g'ri keluvchi boshqa bir sertiftkat beriladi hamda O'zbekiston Respublikasining Davlat reyestriga kiritiladi. So'rovchi tomonidan quyidagi hujjatlar: - O'zbekiston Respublikasi ishtirok etuvchi xalqaro sifat tizimi se rti fikatlari; - O'zdavstandart bilan sertifikatlash natijalarini o'zaro tan olish to'g'risida kelishuv shartnomasi tuzilgan chet el sertiftkatlashtirish idoralarining sertifikati; - O'zdavstandartning chet ellardagi texnik markazlar tomonidan berilgan sertifikatlari ko'rsatilsagina maxsus ruxsatnomalar berilishi mumkin. Bunday hollarda muvofiqnoma - muvofiqlik sertifikati, litsenziya va boshqa huliatIar o'zbek va rus tillarida rasmiylashtiriladi. So'rovchining xohishiga ko'ra, ushbu hujjatlar nusxalari xalqaro ISO tashkilotida rasmiy tan olingan tilda rasmiylashtirilib, uning o'zbek va rus tillarida yozilgan haqiqiy matni nusxasiga aynan monandligi tasdiqlab beriladi. So'rovnomani ko'rib chiqish, hujjatlarni tarjima qilish, qo'shimcha sinovlar o'tkazish (O'zRDS 51 032-94 ga binoan), muvofiqlik sertifikatlarini va litsenziyalarini to'ldirish, ro'yxatga olish va berish bo'yicha barcha xarajatlar so'rovchi tomonidan qoplanadi. Muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotlar, idishlar, o'rov materiallari va mahsulotning kuzatuv hujjatlari ularning standartga mos kelishini bildiruvchi milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg'alanadi. Sertifikatlash bo'yicha milliy idora - Q'zdavstandart Q'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarga berilgan litsenziyalar haqida, tegishli hujjatlarni Q'zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlash tizimining Davlat reyestrida qayd etilgach, 10 kun muddat ichida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Bojxona qo'mitasi, «Q'zbeksavdo» va «O'zbekbirlashuv» konsemlari va boshqa qiziqqan tashkilotlarni xabardor qiladi. Agar sertifikatlangan mahsulot MDH va xalqaro standartlari xavfsizlik talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan bo'lsa, u holda sertifikat yoki uning nusxasi tovar namunasi bilan birgalikda bojxonaga tovar oluvchi tomonidan topshiriladi. Ularni batafsil o'rganilgach, ishlab chiqaruvchiga va ta'minotchiga sertifikat bo'yicha mahsulotni realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlash, Q'zbekiston RespubIikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (Q'zRDS 00036952-005-92) bO'yicha am alga oshiriladi. Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlash milliy tizimning asosiy qoidalariga binoan am alga oshiriladi. Import mahsulotlarni milliy tizim bo'yicha majburiy sertifikatlashtirish uchun chet ellik arizachi-so'rovchi tegishli akkreditlangan sertifikatlash idorasiga ariza beradi, agar bunday idora bo'lmasa, Q'zdavstandartga ariza beradi va bu bilan bog'liq barcha xarajatlar to'langanligi to'g'risida hujjat ilova qilinadi. Bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish idorasi IS kun ichida tushgan arizalarni o'rganib chiqadi va sO'rovchining fikrini inobatga olgan holda majburiy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi yoki so'rovchiga Q'zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatli sinovlarsiz, mahsulot olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma berish haqida qaror qabul qiladi. Mahsulot bojxonaga kelib tushgach, undan sertifikatlashtirish uchun namuna ajratib olinadi. Sinov O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi bo'yicha olib boriladi. Ijobiy natijalarga ko'ra, muvofiqlikni sertifikatlashtirish 115 hujjati berilib, uni yetkazib beruvchi yoki yl.1k qabul qilib oluvchi tomonidan mahsulot joylashgan bojxonaga ko'rsatiladi. Hujjatlar tegishli tartibda tekshirilgach, bojxona to'xtatib qolgan yukni chegaradan o'tkazib yuborish haqida qaror qabul qiladi. Ushbu hollarda sinov o'tkazish va barcha hujjatlarni to'ldirish bilan bog'liq barcha xarajatlarni so'rovchi to'laydi. O'zdavstandart import mahsulotga berilgan sertifikatlarni ro'yxatga olinganligi yoki mahsulot olib kirish uchun o'zi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalar haqidagi ma'lumotlarni, hujjatlar Davlat reyestrida qayd etilgach, la kundan ko'p bo'lmagan muddat ichida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, respublika Bojxona qo'mitasiga, «O'zbeksavdo» va «O'zbekbirlashuv» konsernlariga hamda boshqa tegishli tashkilotlarga yo'llaydi.



Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling