Mavzu: internet materiallari bilan ishlash


Download 1.11 Mb.
Sana04.10.2022
Hajmi1.11 Mb.
#831032
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint
metodika, metodika

MAVZU: INTERNET MATERIALLARI BILAN ISHLASH

5-A – GURUH TALABASI

YUSUPOVA BARNO

REJA: 1. INTERNET HAQIDA TUSHUNCHA 2. 3. 4.


Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochtachat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan mul‘timedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model‘ (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (SHep‘ard SHepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan mul‘timedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Muqobil istiqbollar.
2. Faol ishtirok.
3. Tezkor ta‘lim olish.
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish.
5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari.
6. Tizimli ravishda tushuna boorish.
7. Yuqori darajadagi tafakkur.
8. Mustaqillik va e‘tiborlilik.
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish.
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Internet va mul‘timedia vositalarini ta‘limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta‘limning gumanizasiyalashuvini ta‘minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta‘lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta‘lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);
• ta‘lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta‘lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta‘lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta‘limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta‘lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub‘ekt sifatida qarash, uning qadr-qimmatini tan olish;
• ta‘lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta‘lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta‘lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga EO‘MM(elektron o‘quv-metodik majmualar)ni joriy etish o’quvchilarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazoratni takomillashtirish, o‘quv jarayonini natijaviyligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarning afzalligiga dars jarayonining yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.
Oddiy darslikdan elektron darslikning afzallik tomonlaridan biri u «intellektual» kuchga ega bo‘lishi bilan bir qatorda kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida va joyida taqdim etish imkoniyatlari bilan farqlanadi. Elektron darslik ma’lum bir predmet bo‘yicha hamma tegishli o‘quv materiallarini o‘zida ifoda etgan bo‘lishi kerak. Uning intellektual darajada bo‘lishi esa o‘z navbatida, oddiy darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug‘diradi. Masalan, ma’lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o‘zlashtirish darajasini multimedia elementlari yordamida amalga oshirish va hokazo.
Har bir elektron darslik alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum bir standart talabga javob berishi lozim. Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining uskunaviy vositalari asosida yaratilayotgan elektron darslikning strukturasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Elektron kitobning strukturasi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularida berilayotgan ma’lumotlarning mazmunini boyitishga bog‘liq.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonaviy pedagogikada elektron qo‘llanmalardan foydalanish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Elektron darslik va ensiklopediyaning jahon ta’lim standartiga to‘liq javob bera olishi tinglovchilar bilim sifatini oshirishda ahamiyati muhim ekanligi bayon etiladi. Bugungi kunda amaliy jihatdan elektron darslik va ensiklopediyaga tegishli ishlar juda kam ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda bilim va axborotlarni odatiy darslik va ensiklopediya ko‘rinishidan elektron shakliga o‘tkazish va samarali qabul qilish imkoniyatini individuallashtirish masalalari davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ta’lim tizimida informatika fanining qo‘llanilish yo‘nalishlaridan biri yuqori darajadagi samarali va sifatli multimediali elektron darslik va ensiklopedik nashrlarni ishlab chiqishdan iborat. Elektron darslikning qo‘llanilish soxasi keng bo‘lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofali o‘qitish jarayonida samarali natijalar beradi. Hozirgi paytda ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan elektron darslik va ensiklopediyalar xavaskorlik va kasbiy yo‘nalish xarakterida bo‘lib, kompakt-disklarda ishlab chiqilgan. Bunday nashrlar Internet tarmoqlarida ham paydo bo‘lmoqda. Bunday nashrlarni yaratishda kitob nashriyotlari, dasturchilar, davriy nashr jurnalistlari va ilg‘or o‘qituvchilar faol ishtirok etishmoqda. Elektron darslik va ensiklopediyalar qo‘llanma sifatida turli fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayonida foydalanishlari mumkin. Elektron darslik o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil ravishda o‘quv kursi va uning katta bo‘limini o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
Darslik quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:
• kursning asosiy qismini bayon etuvchi taqdimotli tashkil etuvchi;
• olingan bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan mashqlar;
• tinglovchilar bilimini obyektiv baholash imkoniyatini beruvchi testlar.
Elektron darslik yordamida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
• qisqa vaqt oralig‘ida amaliy teskari aloqani ta’minlay olish va zarur axborotni tez topishga yordam berish;
• gipermatnli tushuntirishda ko‘p marotabali murojaat etish orqali vaqtni tejash;
• matnni tasvirlashda multimediali texnologiyaning ko‘rgazmalilik va yetarlilik prinsipini namoyon bo‘lishi;
• konkret foydalanuvchiga mos keluvchi tezlikda aniq biror bo‘lim bo‘yicha bilimni tekshirish va bajarish imkoniyati;
• zarur o‘quv axborotini muntazam ravishda yangilab turish.
Hozirgi kunda davlatimizning hamma institutlarida yetarli darajada kadrlar salohiyatiga va moddiy — texnikaviy bazaga hamda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va telekommunikasiya tarmoqlaridan unumli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda masofaviy
ta’limni tashkil qilish va uni qo‘llash bo‘yicha ayrim ishlarni olib bormoqda. Masofaviy ta’limni tashkil qilish va o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Tadbirda ko‘zda tutilgan reja asosida institutda masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha ishlar quyidagi to‘rt yo‘nalishga bo‘lingan:
• masofaviy ta’limda ishtirok etuvchilar bilan olib boriladigan tashkiliy va o‘quv uslubiy ishlar.
• masofaviy ta’limda qo‘llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, o‘rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo‘yicha ishlar.
• masofaviy ta’lim uchun o‘quv uslubiy materiallarini yaratish bo‘yicha ishlar.
• masofaviy ta’limda qo‘llaniladigan o‘quv materiallarini yaratish texnologiyasini o‘rganish va uni joriy qilish bo‘yicha ishlar.
• masofaviy ta’limda ishtirok etuvchilar bilan olib borilayotgan ishlar, asosan, uch guruhga bo‘lingan holda amalga oshirilib kelinayapti, ushbu ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning asosiy vazifalari quyidagicha ko‘rsatilgan:
• o‘qituvchining vazifalari;
• o‘quv kursini ishlab chiqish;
• fanni o‘rganish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish;
• fan bo‘yicha maslahatlarni berish va zaruriy yordam ko‘rsatish;
• o‘qitish natijalarini nazorat qilish;
• tinglovchilarning o‘quv-bilim olish faoliyatini tashkiliy boshqarish;
• o‘quv — uslubiy materiallarni tinglovchi tomonidan to‘g‘ri va samarali foydalanishda unga yordam berish;
• tinglovchilarga kursning o‘quv — uslubiy ta’minlanishi masalalari bo‘yicha guruh va individual shakllarda maslahatlarni o‘tkazish;
• o‘quv jarayoni jadvalining bajarilishini nazorat qilish;
• tinglovchilar o‘rtasidagi o‘quv aloqalarini ta’minlash;
Tinglovchining vazifalari:
• turli shakldagi o‘quv materiallari va o‘quv — texnologik vositalardan foydalangan holda mustaqil ta’lim olish;
• o‘qituvchi, uslubchi (tyutor) va boshqa tinglovchilar bilan muloqot qilishi;
• tavsiyalar institutda masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling