Mavzu Investisiya loyihalari tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy konsepsiyalar. Reja


Download 58.5 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2021
Hajmi58.5 Kb.
#173190
  1   2
Bog'liq
Mavzu-2.
Список курсов!, 2 5321355366099846052, 9-mavzu, Abbosiylar davri taraqqiyoti atlasi, Ёкубов Практика, ~$синфolimp javobi, 13, Pr. asarlari. Q.B. M..ish., МАЪНАВИЯТ ТЕСТ , биохимя 14, 2 5289574695463553857, Mustaqil talim Sport metrologiyasi, Mustaqil talim Sport metrologiyasi, Mustaqil talim Sport metrologiyasi

Mavzu 2. Investisiya loyihalari tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy konsepsiyalar.

Reja:

  1. Investisiyalar: mohiyati, turlari va tarkibiy tuzilishi.

  2. Makroiqtisodiyot va investisiyalar aloqadorligi.

  3. Investisiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar.

  4. O‘zbekiston Respublikasida investisiya siyosatining yo‘nalishlari.

  5. Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘li - loyihalarni yaratish va amalga oshirish.




  1. Investisiyalar: mohiyati, turlari va tarkibiy tuzilishi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni investisiyalarsiz tasavur qilib bo‘lmaydi. Investisiyalar korxonalarni rivojlantirish, mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashning bosh omillaridan biridir. Investisiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda (atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar olish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tadbirga (loyiha)larga sarflanadigan mablag‘ tushuniladi. Investisiyalar o‘z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablag‘lari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, lisenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday mulk va mulk huquqlarini hamda intellektual boyliklarni oladi.

Tijorat amaliyotida investisiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro farqlanadi:

 fizik akgivlarga qilingan investisiyalar;

 pul aktivlariga qilingan investisiyalar;

 nomoddiy aktivlarga qilingan investisiyalar.

Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari, ya'ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.

Pul aktivlari deganda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligasiyalar va boshqalar anglanadi.

Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, lisenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo‘ladigan boyliklardir.


Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling