Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasning fan sifatida shakillanishi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakillanishi


Download 0.69 Mb.
Sana04.12.2020
Hajmi0.69 Mb.
#158723
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasning fan sifatida shakillanishi

Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasning fan sifatida shakillanishi

Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakillanishi

Reja:

1.Iqtisodiyot haqida umumiy ma`lumot

2. Antik davrda iqtisodiyot haqidagi tasavvur

3.Fanning hozirgi hayotimizda tutgan o`rni

Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umum iqtisodiy va nazariy fan. Xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi.

Fanning predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shart sharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xatti harakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tuzilishi, yer osti boyliklarining miqdori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.


Bufanga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyas dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasdagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir. Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.

Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saklanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha muhim fikrlar berilgan.

Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko'rish mumkin. Toshga uyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda «kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining erlarini sotish yoki tortib olish man' etilgan. Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.

Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.

Jahondagi hozirgi dolzarb muammolar: 1.Mamlakatlar uchun yoqilg`i va energetika, homashyo tanqisligi va zahiralar cheklanganligi mammosi 2.Zudlik bilan ko`pgina qoloq mamlakatlar uchun oziq-ovqat muammosini hal etishga boshqa rivojlangan davlatlar yordam berishi zarur 3.Ochlik, qashshoqlik, turli hil epidemiyalagik kasalliklarga qarshi kurashish

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Insoniyatning bu taraqqiyoti jarayonida dunyo jar yoqasiga kelib qolmoqda uni va o`zimizni qutqarish uchun buyuk ne`mat bo`lmish ong orqali iqtisodiyotimizga katta e`tibor bergan holda bor imkoniyatlardan unumli foydalanib muammolarimizni hal qilmog`imiz zarur.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling