Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari Reja: Kirish


Download 132.08 Kb.
bet1/8
Sana14.06.2022
Hajmi132.08 Kb.
#755914
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya bozori durdona
26, Документ Microsoft Word, 3-боб, Durdona BMI, Разработан новый тип поиска ферментов для синтеза лекарств

Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari - xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari
Reja:
Kirish
1. Moliya bozorida Islom sarmoyasi instrumentlarining mohiyati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
2. Islomiy moliyalashtirish instrumentlarining rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari tahlili
3. O’zbekistonda islom sarmoyasi instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Bugungi kunda Islomiy moliya tarmogʻi jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʻzida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Koʻpgina mutaxassis-ekspertlarning fikriga koʻra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yildan-yilga 15–20% ga oʻsib bormoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat boʻlgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb va talabgir hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida soʻzlagan nutqida “Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʻgʻri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning xalqaro savdoiqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʻllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot koʻrsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos boʻlib xizmat qiladi”, – deya taʼkidlab oʻtgan edi.
О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida soʻzlagan nutqida “Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʻgʻri foydalanish, Is lom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning xalqaro savdo iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʻllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot koʻrsatkichlariga eri shish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos boʻlib xizmat qiladi”, – deya taʼkidlab oʻtgan edi.1Musulmon davlatlaridagi faoliyati islo miy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investi siya fondlari va kompaniyalar mablagʻlarini Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, yaʼni anʼanaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan islom moliyasi tizimi yurtimizda ham katta qiziqish orttirmoqda. Oxirgi yillarda, ayniqsa pandemiya davrida butun dunyoda islom moliyasi mahsulotlari o`z qiymatini tushurmasdan, tinimsiz rivojlanishga erishdi. Shu bilan Butun dunyo hamjamiyatida etiborni o`ziga qarata oldi. Islom moliya bozoro tovarlari ham yuksalishga erishdi. Juda ko`plab musulmon va musulmon bo`lmagan mamlakatlarda ham islom qimmatli qog`ozlari suquqlar muomalaga chiqarilishi boshlandi. O`z navbatida Islom banklarining ham bu borada ishlari ancha oldinga siljib, yildan yilga aktivlar qiymati oshib bormoqda. Bizning yurtimizda ham islom moliyasini rivojlantirish borasida ishlar ancha ilgari boshlangan va ayni damda muvavfaqqiyatli davom etmoqda


Download 132.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling