Mavzu: issiqxona tashkil qilish biznes rejasi


Download 18.47 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi18.47 Kb.
#1170202
  1   2   3
Bog'liq
ISSIQXONA TASHKIL QILISH BIZNES REJASI



MAVZU:ISSIQXONA TASHKIL QILISH BIZNES REJASI
“Biznes gʻoya” rukni ostida oʻz daromadli faoliyatini boshlamoqchi boʻlganlar uchun zamonaviy biznes gʻoyalarni berib bormoqda. Butun mavsum davomida tomorqada yetishtirilgan, yangi uzilgan sabzavotlarga boʻlgan talab yuqori boʻlib kelgan. Yozda mahsulotlar oʻzining xilma-xilligi bilan rastalarda tursa, qishki mavsumda ularni sotib oladigan asosiy xaridorlar — oziq ovqat tayyorlash korxonalari, restoranlar va ovqatlanish shoxobchalari boʻladi.
Bunday vaziyatda issiqxona sharoitida yetishtirilgan sabzavotlar narxi ham keskin oshadi. Spot, mahalliy sharoitda (asosan, qishloq xoʻjalik) issiqxona va tomorqada daromadli biznes-rejani amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar taqdim etadi.
Tomorqa xo‘jaligi — tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi.
Tomorqa xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.
Agar siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida mehnat faoliyatini boshlayotgan bo‘lsangiz Yagona portalning tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish moduli orqali amalga oshirishingiz mumkin. Bunda shaxsan murojaat taqdim etilganga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojininng 100% olib qolinadi. Agar elektron shaklda bo‘lsa 90% yechib olinadi.
Mahsulot yetishtirish uchun joy
Sabzavot yetishtirish uchun qishloq sharoiti juda mos keladi. Issiqxonani ochish uchun taxminan quyidagi xarajatlar mavjud:

Xarajatlar nomi

Summa (dollar)

Polikarbonat issiqxonasi

700

Tizimlar faoliyati***

2000

Bog‘ uskunalari

100

Transport harajatlari

50

Qo‘shimcha harajatlar

50

Jami

2900
Agar o‘z yashash joyida issiqxona ochish rejalashtirilayotgan bo‘lsa bu harajatlar qisman kamayishi mumkin.














Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling