Mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatini ochiqligi. Ijtimoiy sheriklik


O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi


Download 43.7 Kb.
bet3/3
Sana24.09.2020
Hajmi43.7 Kb.
#131010
1   2   3
Bog'liq
Oblaqulova Nodirabegim 333


4.O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi

Insoniyat tarixida buyuk rolь o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil O‘zbekistonda hayotga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi.

Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, degani emas. Bunday institutlarning soni o‘n minglab va yuz minglab bo‘lsa ham fuqarolik jamiyati qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana shu institutlar, davlat hokimiyati organlari va biznes vakillari o‘rtasida sheriklik munosabatlari bo‘lishi shart. Shu ma’noda aytish mumkinki, ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy yo‘ldir.

Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari bo‘g‘ilgan va shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. Mustabid tuzum davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish imkoniga ega emas edilar. Chunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai nazardan yoritilar edi.

Sho‘rolar davri ijtimoiy-gumanitar fanlarida ijtimoiy sheriklik g‘ayri ilmiy nazariya sifatida baholanar edi. Ana shunday kayfiyatda tarbiyalangan odamlar ijtimoiy sheriklik munosabatlariga mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin ham kirishib ketishlari qiyin kechdi. SHuni hisobga olib davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlana boshladi. Davlat dastavval fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorladi.

So‘nggi yillarda «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «Homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda1.

Davlat fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorlash bilan bir qatorda ularga iqtisodiy jihatdan ko‘mak berishni ham kuchaytirib bordi. NNTlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak davlatning iqtisodiy salohiyati oshishi bilan birga kuchayib bordi. Bu ko‘mak keyingi birnecha yil davomida ayniqsa salobatli bo‘ldi. 2010 yilda Prezident “bunday ko‘makning miqdori keyingi uch yilda o‘n bir milliard so‘mdan ortiqn tashkil qildi”, deb aytgan bo‘lsa, 2015 yilning o‘zida bu ko‘mak hajmi so‘mni tashkil qildi.

Davlatning NNTlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotganining sabablaridan biri shundaki, NNTlarning asosiy maqsadi-aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. Aholiga ijtimoiy xizmatni davlat idoralari ham ko‘rsatadi. Lekin NNTlar tarkibi ixchamligi va bevosita aholi tashabbusi bilan tuzilgani sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, NNTlar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga davlat byudjeti mablag‘laridan tashqari xususiy sektor mablag‘larini ham grantlar, xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati shaklida jalb etish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonda davlat NNTlarning mana shu xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olib har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Davlatning ko‘magi grantlar, ijtimoiy buyurtmalar, subsidiyalar tarzida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadlari va sub’ektlari “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur Qonunning 3-bandida bu haqda shunday deyiladi: “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir”27

Davlatning NNTlarga ko‘rsatadigan ko‘magi barqaror va salmoqli bo‘lishini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. SHu qaror asosida NNTlarga mo‘ljallangan grantlar miqdori va ajratilayotgan mablag‘ hajmining ortib borishi fuqarolik jamiyati institutlarining tezroq oyoqqa turib olishlari va faolligining ortishida sezilarli rolь o‘ynamoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarga qisqacha ko‘z yugurtirib chiqishning o‘zi ham bu masalada jahon fani yaratgan nazariya yangi yondashuv bilan boyitilgani, uning bir qator jihatlari aniqlashtirilgani, mazkur soha amaliyoti esa jiddiy boyitilganidan guvohlik bermoqda



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI


  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiya.-Toshkent: «O`zbekiston», 2014.

  2. Mirziyoev Sh.M Tanqidiy taxlil, qat`iytartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bulishi kerak // «Xalq so`zi». 15 yanvar 2017 yil.

  3. Mirziyoev Sh.M. Demokratiya isloxotlarni izchil davom ettirish, Xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib xayot darajasini yaratish - barqaror taraqqiyot kafolatidir. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII sesiyasidagi ma’ruzasi. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining rasmiy sayti.

  4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va Xalq farovonligining garovi. O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. «Xalq so`zi», 2016 yil 8 dekabr.

  5. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratiya O`zbekiston davlatini mard va oliyjanob Xalqimiz bilan kuramiz. SH.Mirziyoevning O`zbekiston Ruspublikasi Prezidenti lavozimiga kiri- shish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining kushma majlisidagi nutki. «Xalq so`zi», 2016 yil 15 dekabr.

  6. Mirziyoev Sh. M. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 14 yanvar oyida bulib utgan «Mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini xar tomonlama taxlil kilish xamda respublika xukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muxim yunalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bagishlangan majlisida suz- lagan nutki // «Xalq so`zi», 2017 yil 16 yanvar.

  7. Mirziyoev Sh.M. Ilm fan yutuklari - taraqqiyotning muxim omili// «Xalq so`zi», 2016 yil 31 dekabr.

  8. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 5 yanvar kuni soglikni sakdash soxasining bir gurux etakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi nutkidan. M a n b a. http.//uza.uz

  9. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bagishlangan uchrashuvdagi nutki // «Xalq so`zi» gazetasi, 2017 yil 25 yanvar.

  10. O`zbekiston Respublikasining «Xukuk buzarliklar profilaktikasi to`g`risida»gi qonuni // O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari tuplami, 2014 y., 20-son, 221-modda.

  11. O`zbekiston Respublikasi «Sudlar to`g`risida»gi Qonuni, 2001 yil 29 avgustdagi (yangi taxrirda). O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 10-modda; 2012 y., 38-son, 433-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda.

  12. O`zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida»gi Qonuni. 2012 yil 26aprel. 3-modda.

  13. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O`zbekiston Respublika- sini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF-4947-son Farmoni // O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari tuplami, 2017 y., 6-son.

  14. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tad- birlari to`g`risida»gi PF—4966-son Farmoni // «Xalq so`zi» gazetasining 2017 yil 22 fevraldagi 38 (6732)-soni.




1



2



Download 43.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling