Mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi


Download 63 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi63 Kb.
#830608
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбекистоннинг энг янги тарихи фанидан такдимотлар
2 5454224835146158189, O'zbekiston va AQSh munosabatlari, METOZ, Eyler-Venn javoblari Attestatsiya

Mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi

Reja:

  • 1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati
  • 2. Jamoatchilik nazorati tizimi
  • 3. Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
  • 4. Jamoatchilik nazoratining shakllari

Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo’lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin.

  • Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo’lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin.
  • jamoatchilik nazorati – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o’zini-o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdek davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat.

Tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlaridagi tajribalar inobatga olingan xolda O’zbekiston Respulikasning Konstitutsiyasi ishlab chiqilgan va mustaqillik yillarida jamoatchilik nazorati institutining de-fakto va de-yure amalda bo’lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

  • Tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlaridagi tajribalar inobatga olingan xolda O’zbekiston Respulikasning Konstitutsiyasi ishlab chiqilgan va mustaqillik yillarida jamoatchilik nazorati institutining de-fakto va de-yure amalda bo’lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
  • Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan jamoatchilik nazorati to’g’risidagi O’RQ -474-son qonuni 2019 yil 12 aprelda tasdiqlandi.
  • Ushbu qonun maqsadlari 1 modda aks etgan bo’lib, qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

  • Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
  • Jamoatchilik nazorati sub’ektlari: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir.
  • Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Jamoatchilik nazoratining ob’ekti: Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:

  • Jamoatchilik nazoratining ob’ekti: Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
  • qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
  • fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
  • o’z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo’lgan vazifalar va funktsiyalarni bajarishga;
  • davlat xizmatlarini ko’rsatishga;
  • ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.

Jamoatchilik nazoratining asosiy printsiplari: Jamoatchilik nazoratining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • Jamoatchilik nazoratining asosiy printsiplari: Jamoatchilik nazoratining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
  • qonuniylik;
  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining xolisligi va beg’arazligi;
  • jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatishiga yo’l qo’yilmasligi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling