Mavzu: Javada massivlar bilan ishlash Reja: Java dasturash tili tarixi Massiv nima? Javada massivlar bilan ishlash Foydalanilgan adabiyotlar Java dasturlash tili tarixi Java


Download 68.17 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi68.17 Kb.
#1457242
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Javada massivlar bilan ishlash
Reja:

  1. Java dasturash tili tarixi

  2. Massiv nima?

  3. Javada massivlar bilan ishlash

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Java dasturlash tili tarixi


Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling, Patrick Naughton, Chris Warth, Ed Frank va Mike Sheridanlar tomonidan Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida „Oak“ (eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda „Java“ ga oʻzgartiligan. „Oak“ ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida „Java“ ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy, Arthur van Hoff, Jonathan Payne, Frakn Yellin va Tim Lindhom javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi.
Nega „Oak“ deb nomlang

Eman daraxti
Aslida „Oak“ bu daraxtning nomi hisoblanadi. Nimaga Oak? Chunki Oak kuch va qudrat ramzi hisoblangan va bir nechta AQSH, Fransiya, Germaniya, Ruminiya kabi mamlakatklarning milliy daraxti sifatida tanlangan. Lekin, bu nom Oak Technologies deb nomlanuvchi kompaniyaning savdo belgisi ekanligi aniqlangandan soʻng, tilning nomi „Java“ ga oʻzgartirilgan.
Nega „Java“ nomini tanlashgan?
Barcha jamoa aʼzolaridan yangi nom tanlash uchun fikrlari toʻplangan. Bir qancha nomlar taklif qilingan, jumladan, „dynamic“, „revolutionary“, „Silk“, „jolt“, „DNA“ va shu kabilar. Ular texnologiyaning mohiyatini aks ettiruvchi inqilobiy, dinamik, jonli, ajoyib, oʻziga xos va talaffuzi oson va aytishi qiziqarli boʻlgan nom tanlashni xohlashgan. Jeyms Goslingning soʻzlariga koʻra, „Java Silk bilan birga eng yaxshi tanlovlardan biri edi“. Java juda noyob boʻlganligi sababli, jamoa aʼzolarining aksariyati boshqa nomlardan koʻra Javani afzal koʻrdi. Java — Indoneziyadagi orol, u yerda birinchi kofe ishlab chiqarilgan (Java kofesi deb ataladi). Bu espresso loviyasining bir turi. Java nomini Jeyms Gosling oʻz ofisida bir chashka qahva ichayotganda tanlagan. Payqaganingizdek, java bu shunchaki nom, hech qanday qisqartma soʻz emas. 1995-yilda Time jurnali Javani 1995-yilning eng yaxshi oʻnta mahsulotidan biri deb atadi.

Download 68.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling