Mavzu: Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha


Download 89.59 Kb.
bet1/5
Sana30.03.2022
Hajmi89.59 Kb.
#618777
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kasbiy psixologiya
miynet shartnamasi, 8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, OT-02 Designs OS, Review tests, Magistr savollari, Mavzu O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora , Rezume Tarjimon Tuychiyeva Malika , Egamberganov A smestr ishi, QO`L TO`PICHILARNING CHAQQONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH, VOLLEYBOL MUSOBAQASINI O`TKAZISHNING ILMIY-TASHKILIY ASOSLARI, O`ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. BASKETBOLNING PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI, Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sababl, BASKETBOL SPORT TURI BO`ICHA MUSOBAQALARNI TASHKILLASHTIRISH VA UNI O`TKAZISH TIZIMLARI2, BASKETBOL O`YIN MASHQLAR TEXNIKASI VA TAKTIKASI USULLARINI O`RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH HAMDA MAHORATINI OSHIRISH

Mavzu: Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha

Reja:
Kirish


Asosiy qism:

  1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi

  2. Kasbiy psixologiya nimani o’rganadi va predmeti

  3. Kasbiy psixologiyaning fanlar bilan aloqasi

Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi
Kasbiy psixologiyaga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma’noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik rus psixologi Ye.A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya’ni “kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga e’tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Ye.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya’ni ularning barchasi kasbiy psixologiyaning shakllanishiga olib keladi.
Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Tadqiqot muammosining asoslari shaxsning kasbiy xulq-atvorini, shuningdek, kasbiy tayyorgarlikni boshlang‘ich rivojlanishidan toki kasbiy hayotni tark etgunga qadar bo‘lgan jarayonlarni ochib bergan. Kasbiy psixologiya masalalarini o‘rganishga G.V.Kudryavsev, Ye.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich, Ye.F.Zeyer, A.K.Markova, L.M.Mitina, V.A.Bodrov, V.B.Klagin, S.P.Beznosov va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Kasbiy shakllanish muammosi XX-asr boshlarida dolzarb masalalardan hisoblanib, lekin bu vaqtgacha kasbning erkin tanlovi bo‘lmagan.
Insonlarning kasbiy hayotidagi o‘zgarishlar shuningdek, jamiyatning patriarxal tuzumi, chegaralangan sanoat inqilobi va mehnat bozori, yangi kasblarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik odamlarni topish va ishga kasbiy tayyorlash muammosiga duch kelishdi. O‘zgargan tarixiy vaziyat kasblar dunyosini keskin o‘zgarishiga olib keldi. Yangi ish qurollari va vositalarini yaratish, ko‘p yillar davomida mehnat vazifalarini sifatli va mahsuldor bajara oladigan yuqori malakali ishchilarga nisbatan ehtiyojni kuchaytiradi. Mehnatni tashkillashtirishda F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan tizimi keng tarqaldi. Mehnat jarayonidan tashqari bu tizimda ishchining kasbiy layoqatiga katta e’tibor berilgan
Kasbiy o‘zlikni anglash va kasbiy layoqat masalalarini yechimini topilishi-psixologiyaning yangi sohasi psixotexnikaning rivojlanishiga olib keldi. 1920-yillarda esa mehnat jarayoni, inson va texnikaning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayonda insonning psixika va ishlab chiqarish texnologiyasiga moslashuvi jarayoniga katta e’tibor berilgan.





Download 89.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling