Mavzu: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi


Download 35.42 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2022
Hajmi35.42 Kb.
#626432
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 МАВЗУ
Litosferani muhofaza qilish, Masharibova Mahliyoning Futbol о‘yini texnikasi tavsifi, Практикум комп мод электрон схем, oshhonalar restoranlar

Mavzu:Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari
Reja:
1.Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish. Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.Eksperimental metodlar haqida tushuncha.
3. Professiografik tadqiqotlarni o`tkazish.


1.Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
Kasb psixologiyasi fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan foydalaniladi. Tadqiqiy metodlar (usullar) - bu psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob’yektiv bilimlar olishga yo‘naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir.
Sub’yektiv yangi bilimlar (dalillar, baholar, ko‘rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat, korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik uslublar deb ataladi.
Kasb psixologiyasi metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi:
Sub’yektiv tamoyil - o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyil.
Ob’yektiv tamoyil - psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o‘rganishni nazarda tutuvchi tamoyil.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud:
1.Longityud
2.Kesimli


Longityud metodi - ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda tutadi.
Kesimli metod - ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi.
Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro' orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi.
Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsag, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi.
Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash, shuningdek shaxs xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to'liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ruyxati beriladi.
Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi.

  1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar.

  2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar(usullar).

  3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari

  4. Interpretasion metodpar(usullar).

Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:

  1. Sub’yektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish);

    1. Ob’yektiv metodlar (ko‘zatishninghar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).

Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o‘tish bilan chegaralanadilar.Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o‘lchash, tushuntirish va psixik xodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish. Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.Eksperimental metodlar haqida tushuncha.
Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi:

  1. guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba’zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityud, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo‘llash to'g‘ri bo‘ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.

2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o‘rganish, mehnat metodi, hujjatlarni o‘rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o‘rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruhi - muhim kasbiy ko‘rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o‘lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta’lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullarieksperimental usullardir:ya’ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.

  1. guruh - usullari tadqiqiy ma’lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo'naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar.


Download 35.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling