O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuter arxitekturasi” fanidan
MUSTAQIL ISH.2
Mavzu:Kesh xotira.Kesh xotiraning turlari va darajalanish .
Bajardi: KI-S 101-19 Hasanov O`tkir.SH
Qabul qildi: Sobirov R
Reja:
1.Operativ qurilmasi haqida
2.Operativ qurilma tarkibi
3. ROM tipidagi xotira
4. DRAM xotirasi
5. SRAM kesh-xotira
Operativ xotira — bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha ma’lumotlar va dasturlar faqat kompyuter qo‘shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O‘chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma’lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o‘tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o‘zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manba’ga ulanilganda saqlangan ma’lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin.
Operativ xotira qurilmasi ba’zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo‘lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma’lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog‘liq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya’ni ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va ma’lumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari o‘ylab ko‘riladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi.
Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish – bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo‘yicha aniq xotira manzillariga o‘natishdir.
Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |