Mavzu: Kesish jarayonida hosil bo`luvchi kuchlar va kuchlar miqdoriga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish Materiallarning mexanik xossasi bilan keskichga ta`sir etuvchi kuchlar orasidagi bog`lanish formulalarini yozing
Materiallarning mexanik xossasi bilan keskichga ta`sir etuvchi kuchlar orasidagi bog`lanish quyidagi formulalarda yaqqol ifodalangan, ya`ni:
Pz = Cz (HBz1) ;
Py = Cy (HBy1) ;
Px = Cx (HBx1) ;
bu erda: Sz, Sy, Sx - materialning fizikaviy, mexanik xossalarini va ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient;
NV – ishlov berilayotgan materialning Brinel` bo`yicha qattiqligi;
x1, x2, x3 - daraja ko`rsatkichlari
2 Topshiriq Keskichga qanday kuchlar ta`sir etadi?
Materialni kesib ishlashga ko`rsatadigan umumiy qarshilik kuchi o`z navbatida ushbu qarshilik kuchlari yig`indisidan iborat bo`ladi:
Materialning elastik va plastik deformatsiyalanishiga ko`rsatadigan qarshilik kuchlari.
Qirindi elementlarining zagotovka sirtidan ajralishga ko`rsatadigan qarshilik kuchlari.
Qirindining keskichni oldingi yuzasiga, ishlanilgan yuzani keskichning orqa yuzasiga ishqalanishi tufayli vujudga keluvchi qarshilik kuchlari.
Materiallarni kesish jarayonida qo`yim qiymatining o`zgarishi, keskichning eyilishi, o`simtaning xosil bo`lishi va ajralishi, zagotovka tuzilmasining bir tekisda bo`lmasligi va boshqa omillar ta`sirida qarshilik kuchining qiymati va uning ko`yilish nuqtasi o`zgarib turadi. Shuning uchun ishlaniluvchi material tomonidan keskichga ta`sir etuvchi bu qarshilik kuchlarini keskichning asosiy kesuvchi qirrasining «A» nuqtasiga qo`yilgan tarzda ko`rilib, ularning majmuasini, ya`ni teng ta`sir etuvchi kuch qiymati aniqlanmay, uni tashkil etuvchi kuchlar qiymati aloxida-aloxida aniqlanadi (1-rasm). Materiallarni kesish jarayonida qo`yim qiymatining o`zgarishi, keskichning eyilishi, o`simtaning xosil bo`lishi va ajralishi, zagotovka tuzilmasining bir tekisda bo`lmasligi va boshqa omillar ta`sirida qarshilik kuchining qiymati va uning ko`yilish nuqtasi o`zgarib turadi. Shuning uchun ishlaniluvchi material tomonidan keskichga ta`sir etuvchi bu qarshilik kuchlarini keskichning asosiy kesuvchi qirrasining «A» nuqtasiga qo`yilgan tarzda ko`rilib, ularning majmuasini, ya`ni teng ta`sir etuvchi kuch qiymati aniqlanmay, uni tashkil etuvchi kuchlar qiymati aloxida-aloxida aniqlanadi (1-rasm).
1-rasm. Kesish jarayonida kesuvchi asbobga ta`sir etuvchi kuchlar chizmasi
Kesish kuchi - Rg Bu kuch keskichga ustidan asosiy xarakat yo`nalishida, kesish yuzasiga urinma holda ta`sir etadi. Bu kuch tezlik qutisi mexanizmiga tushuvchi ish zuriqishni beradi. Rg -kuchiga ko`ra keskichni tana kesimi, shpindeldagi aylanish momenti, stanokning effektiv quvvati xisoblanadi.
Surish kuchi - Rx. Bu kuch yo`nilayotgan zagotovka o`qiga parallel yo`nalishda bo`lib, surish yo`nalishiga teskari tomonga ta`sir etadi. Bu kuch qiymati asosida stanokning surish mexanizmlari xisoblanadi.
Surish kuchi - Rx. Bu kuch yo`nilayotgan zagotovka o`qiga parallel yo`nalishda bo`lib, surish yo`nalishiga teskari tomonga ta`sir etadi. Bu kuch qiymati asosida stanokning surish mexanizmlari xisoblanadi.
3 Topshiriq
Yo`nilayotgan material xossasi
Kesish rejimlari
Keskichning oldingi burchagi
Plandagi asosiy burchak
Keskich uchining yumaloqlannsh radiusi.
Kesish tezligi
Keskichnnng eyilishi
Moylash-sovitish suyuqliklari
Metallarni yo`nib ishlashda kesish kuchiga ta`sir etuvchi asosiy omillar
Do'stlaringiz bilan baham: |