Mavzu: Kinematika. Nuqta kinematikasi. Harakatning berilish usullari. Nuqta trayektoriyasi.
Reja:
Asosiy tushunchalar
Nuqta harakatining berilish usullari.
Tayanch iboralar:
Nuqta, to`g`ri va egri chiziqli harakatlar, trayektoriya, harakat tenglamalari, ko`chish.
1. Asosiy tushunchalar
Moddiy obyektlarning yoki moddiy nuqtaning harakati fazoda vaqt otishi bilan sodir boladi. Kinematika geometriyadan shu bilan farq qiladiki, kinematikada obyektlarning fazoda kochishida uni kochish vaqti ham etiborga olinadi. Demak, kinematikada obyektlarning ixtiyoriy paytdagi holati uning geometrik koordinatalaridan tashqari vaqtga ham bogliq bolar ekan. Shuninig uchun ham kinematikani bazan totr olchovli fazodagi geometriya deb ham atash mumkin. Tortinchi koordinata sifatida vaqt olinadi. Vaqt bu shunday ozgaruvchiki, u fazoda ham va shu fazoda harakatlanuvchi obyektga ham bogliq emas, yani fazoni hamma joyida bir xil ozgaradi. Moddiy obyektning harakati boshqa bir obyektga, yani sanoq obyektiga nisbatan kuzatiladi. Sanoq obyektiga biror koordinalar sistemasini mahkamlab, moddiy obyektning harakati shu sanoq sistemasiga nisbatan organiladi.
Vaqtning harakatdan bogliqmasligi shundan iboratki, har xil sanoq sistemalariga nisbatan harakatlanuvchi jismlar uchun vaqt bir xil ozgaradi. Mexanik masalalarni yechishda vaqtning hisob boshi har safar kelishib olinadi. Texnik masalalarini yechishda, odatda, Yerga qozgalmas qilib mahkamlangan sanoq sistemasi olinadi. Yerga nisbatan qozgalmas bolgan sanoq sistemasiga asosiy yoki qozgalmas sanoq sistemasi deyiladi. Tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan jismning vaziyati vaqt otishi bilan ozgarmasa, jism tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan tinch holatda deyiladi. Agar tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan vaqt otishi bilan jismning vaziyati ozgarib tursa, jism shu sanoq sistemasiga nisbatan harakatda deyiladi. Tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan ixtiyoriy paytda jismning vaziyatini aniqlash mumkin bolsa, uning harakati shu sanoq sistemasiga nisbatan berilgan deyiladi.
Qattiq jismning harakati uni tashkil qiluvchi nuqtalarning (zarrachalarining) harakati bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham dastlab nuqta kinematikasi, undan keyin qattiq jism kinematikasi organiladi.
Kochish va harakat kinematikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi. Biror sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning vaqt oraligida fazoda bir holatdan boshqa bir holatga ixtiyoriy ravishda otishiga uning kochishi deyiladi. Nuqtaning kochishi uning boshlangich va oxirgi holatlari hamda otgan vaqt oraligi bilan aniqlanadi.
Qattiq jismning yoki moddiy nuqtaning holati fazoda maxsus parametrlar (koordinatalar) bilan aniqlanadi. Jismning harakati esa bu parametrlar bilan vaqt orasidagi boglanishni ifodalovchi tenglamalar bilan beriladi.
Kinematikaning asosiy masalasi: absolyut qattiq jismning (moddiy nuqtaning) berilgan harakat tenglamalariga qarab, uning barcha kinematik xarakteristikalarini (barcha nuqtalarning trayektoriyalari, tezliklari, tezlanishlari va h.k.) topishdan iborat.
Nuqta kinematikasida harakatning berilish usullariga qarab, nuqtaning kinematik xarakteristikalarini topish organiladi. Nuqta kinematikasida trayektoriya tushunchasi asosiy hisoblanadi. Trayektoriyaning korinishiga qarab, nuqtaning harakati togri yoki egri chiziqli harakatlarga bolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |