Mavzu: Kirish


Download 3.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana15.12.2019
Hajmi3.96 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

HICHM  -  ishlab  chiqarish  sohasidagi  barcha  tarmoqlarga  qarashli  har  xil  korxonalarning  bir 
umumiy hududdagi o‗zaro bog‗langan uyg‗unligidir. 
Bunga o‗zaro bog‗langan korxonalarni yagona transport, energetika va qurilish bazalari bilan uyg‗un 
(kooperativlash, kombinatlash asosida) joylashtirilish hisobiga, shuningdek, tabiiy boyliklardan va ish 
kuchlaridan, ikkilamchi xomashyo hamda chiqindilardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi. 
HICHMlar tabiiy boyliklari ko‗p hududlarni tezroq va tejamliroq o‗zlashtirishga imkon beradi. 
Har  bir  HICHM  egallagan  maydoni  va  tarmoqlarining  tarkibiga  ko‗ra  boshqasidan  farq  qiladi. 

 
 
Tarmoqlararo  majmualar  takomillashganlik  darajasi  bo‗yicha  ham  bir-biridan  farqlanadi.  Masalan, 
agrosanoat  majmuyi  hamma  viloyatlarda  shakllanib  bo‗lgan.  Rangli  metallurgiya  majmuyi  faqat 
Toshkent  viloyatida  eng  takomiliga  yetgan.  Samarqand  va  Buxoro  viloyatlarida  esa  shakllanishning 
quyi  bosqichida,  Xorazm  viloyati  va  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida  deyarli  yo‗q.  Hududiy  ishlab 
chiqarish majmualarining o‗zaro aloqadorligidan iqtisodiy rayon shakllanadi. 
 
Iqtisodiy rayon: a) geografik o‘rni o‘ziga xos; b) mamlakat 
 
miqyosida ixtisoslashgan; d) majmuali xo‘jalik shakllangan; 
e) tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta'minlanishida boshqa rayonlardan farqlanuvchi 
hududlardir. 
Iqtisodiyotning  yuksalishi  bilan  tarmoqlararo  majmualar  mukammallasha  boradi.  Natijada 
hududiy  aloqalar  ham  takomillashib,  iqtisodiy  rayonlar  qayta  tuzilishi  mumkin.  Hozirgi  vaqtda 
mamlakatimiz  hududini  shartli  ravishda  oltita  iqtisodiy  rayonga  bo‗lish  mumki.  Mazkur  iqtisodiy 
rayonlar O‗zbekistonning 2 va undan ortiq ma‘muriy birliklaridan iborat. Masalan, Toshkent iqtisodiy 
rayoni  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatidan,  Mirzacho‗l  iqtisodiy  rayoni  Sirdaryo  va  Jizzax 
viloyatlaridan tashkil topgan. 
Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta'minlash 
va  mintaqaviy  nomutanosibligini  kamaytirish  O‗zbekistonda  davlat  siyosatining  ustuvor  vazifasiga 
aylandi.  Keyingi  yillarda  mamlakatda  sodir  bo‗layotgan  tarkibiy  o‗zgarishlarda  hududlarning  roli 
sezilarli  darajada  oshdi.  Hududlarning  iqtisodiy  salohiyati  va  raqobatbardoshligini  oshirishga 
yo‗naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
O‗zbеkiston  hududlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  va  iqtisodiy  o‗sish 
sur'atlaridagi tafovutlar bir qator obyektiv sabablar - bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy 
rivojlanish  darajasi,  hududning  investitsion  jozibadorligi,  iqtisodiy  geografik  rivojlanishi, 
infratuzilmaning  rivojlanganlik  darajasi,  innovatsion  salohiyati  va  boshqa  ko‗pgina  omillar  bilan 
izohlanadi. 
 
 
 

 
 
Respublika  YAIMni  shakllantirishda  YAHMning  ulushi  bo‗yicha  Toshkent  shahri  15,5  % 
ko‗rsatkich  bilan  yetakchilik  qiladi.  Toshkent  va  Samarqand  viloyatlari  mos  ravishda  9,1  va  7,1  % 
ko‗rsatkich  bilan  keyingi  o‗rinlarni  egallaydi.  YAHMning  eng  kam  ulushi  Sirdaryo,  Jizzax,  Xorazm 
viloyatlarida  va  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida  qayd  etildi.  Keyingi  darslarda  mazkur  hududlarni 
ketma-ket o‗rganamiz. 
 
 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1.  O‗qituvchingiz  yordamida  tumaningiz  qanday  mahsulot  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashganini 
aniqlang. 
2. Rayonning ixtisoslashuvi deb nimaga aytiladi? 
3. Iqtisodiy rayon nima? Mamlakatimiz hududini qanday iqtisodiy rayonlarga bo‗lib o‗rganiladi? 
 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
44Mavzu: Toshkent iqtisodiy rayoni.  
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, 
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
Darsning  texnik chizmasi: 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1.  O‗qituvchingiz  yordamida  tumaningiz  qanday  mahsulot  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashganini 
aniqlang. 
2. Rayonning ixtisoslashuvi deb nimaga aytiladi? 
3. Iqtisodiy rayon nima? Mamlakatimiz hududini qanday iqtisodiy rayonlarga bo‗lib o‗rganiladi? 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Iqtisodiy  geografik  o‘rni  va  tabiiy  boyliklari.  Toshkent  iqtisodiy 
rayoni  ma‘muriy  jihatdan  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatidan  iborat.  Bu 
rayonning  ikki  tomoni  Farg‗ona  va  Mirzacho‗l  iqtisodiy  rayonlari  bilan 
tutashgan,  qolgan  tomonlari  Qozog‗iston,  Qirg‗iziston  va  Tojikiston  davlatlari 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
bilan chegaralangan. Geografik o‗rnidagi qulaylik tufayli Toshkent 1930-yildan 
beri  O‗zbekistonning  poytaxti  maqomida  kelmoqda.  Toshkent  viloyati  qishloq 
tumanlarining deyarli yarmining  (Yangiyo‗l, Qibray, Bo‗stonliq, Parkent, O‗rta 
Chirchiq, Toshkent va Zangiota tumanlari) xo‗jaligi ixtisoslashuvi  va ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishida  poytaxtning  ta‘siri  muhim  hisoblanadi.  Zero,  yirik 
shahar  bilan  tutash  tumanlarda  iqtisodiy-ijtimoiy  o‗zgarishlar  jadal  kechadi. 
Buni shahar atrof tumanlari misolida yaqqol kuzatish. 
Iqtisodiy  rayon  hududi  relyefning  xilma-xil  shakllaridan  iborat.  Bu 
sanoat  uchun  ham,  qishloq  xo‗jaligi  uchun  ham  katta  imkoniyatlar  yaratadi. 
Rayonning Chirchiq va Ohangaron vodiylari Sirdaryoga qadar 100-150 km dan 
ortiq  masofada  pasayib  borishi  sababli  sun‘iy  sug‗orish  uchun  g‗oyat  qulay. 
Chirchiq va Ohangaron daryolari tog‗lardagi yog‗in (500-700 mm)dan to‗yinib, 
dalalarni  sug‗orishdan  tashqari,  elektr  energiya  olishda  ham  muhim  rol 
o‗ynaydi. Iqtisodiy rayon toza ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlangan. Suvdan 
yanada  samarali  foydalanish  maqsadida  Chirchiq  daryosining  yuqori  oqimida 
sig‗imi 2,0 mlrd kub m bo‗lgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Shuningdek, 
Ohangaron  daryosining  yuqori  oqimida  Ohangaron,  o‗rta  oqimida  esa 
Tuyabo‗g‗iz suv ombori («Toshkent dengizi») qurilgan. 
Qazilma  boyliklarning  xilma-xilligi  jihatidan  bironta  rayon  Toshkent  iqtisodiy  rayoniga  tenglasha 
olmaydi.  Angren  ko‗mir  havzasi  mamlakatda  eng  yirik  ko‗mir  koni  hisoblanadi  (ko‗mir  zaxirasi  miqdorini 
eslang). Ko‗mir qatlamlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‗lib, qatlamlar orasida aluminiy, sement va keramika 
olishda  ishlatiladigan  gilmoya  ko‗plab  uchraydi  (atlasdan  foydalanib,  qaziIma  konlarini  aniqlang).  Iqtisodiy 
rayonda neft bilan tabiiy gazgina yo‗q. Zarur bo‗lgan neft mahsulotlari temiryo‗l hamda avtomobil transportida, 
gaz esa quvurda keltirilmoqda (ularning qayerdan keltirilishini atlasdan aniqlang). 
Aholisi.  Mamlakatimiz  aholisining  deyarli  1/5  qismi  shu  rayonda  yashamoqda.  Rayonda  shahar 
aholisining  salmog‗i  Toshkent  shahri  aholisini  qo‗shmaganda  50  foizga  boradi.  Umumiy  aholi  sonidagi 
mehnatga  yaroqlilar  salmog‗i  bo‗yicha  iqtisodiy  rayon  birinchi  o‗rinda  turadi.  Shuningdek,  mehnatga  yaroqli 
aholi  ma‘lumot  darajasining  yuqoriligi  bilan  ham  ajralib  turadi.  Bular  azaldan  oliy  o‗quv  yurtlari,  Fanlar 
akademiyasi, uning ko‗p sonli ilmiy tadqiqot institutlari Toshkent (poytaxt)da joylashgani sharofatidir. Bundan 
tashqari, ilm va malakatalab korxona va idoralarning ko‗pligi ham asosiy omillardan biri hisoblanadi. (Rayonda 
aholining zichligi qancha?) 
Xo‘jaligi. XX asr boshida Toshkent iqtisodiy rayoni taraqqiyot jihatidan Farg‗ona vodiysidan keyinda 
turardi.  Rayonda  xilma-xil  foydali  qazilma  konlari  topilishi  natijasida  konchilik  sanoati  vujudga  kelib,  og‗ir 
sanoatning  jadal  yuksalishiga  imkoniyat  tug‗ildi.  Sanoatining  rivojlanganligi  jihatidan  rayon  respublikada 
birinchi o‗ringa chiqib oldi. 
Endilikda  iqtisodiy  rayon  xo‗jaligi  ko‗p  tarmoqli  bo‗lib,  unda  O‗zbekistondagi  sanoat  tarmog‗ining 
deyarli  barchasi  mavjud.  Yalpi  sanoat  mahsulotining  2/3  qismi  og‗ir  sanoatga  to‗g‗ri  keladi.  Yengil  va  oziq-
ovqat sanoatlari ham rivojlangan. 
Toshkent iqtisodiy rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar: a) rayonning qulay iqtisodiy geografik 
o‗rni;  b)  respublika  poytaxti  Toshkentning  shu  rayondaligi;  d)  foydalanish  qulay  bo‗lgan  gidroquvvat 
mavjudligi; e) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ulardan foydalanishning yo‗lga qo‗yilishi; f) Ikkinchi jahon 
urushi  yillarida  sobiq  Ittifoqning  g‗arbiy  rayonlaridan  O‗zbekistonga  ko‗chirib  keltirilgan  korxonalarning 
yarmidan ko‗pi  Toshkent viloyatiga joylashtirilgani; g)chetdan malakali mutaxassislar  ko‗plab jalb etilgani va 
boshqalar. 
Yoqilg‘i-energetika  majmuasi  ancha  qudratli.  Uning  negizini  elektroenergetika  sanoati  tashkil  etadi. 
Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning deyarli yarmi shu rayonda hosil qilinadi. Bu ko‗rsatkichni 
rayondagi uchta qudratli IES hamda Chirchiq-Bo‗zsuv gidroenergetika kaskadi ta'minlaydi. Toshkent IES to‗la, 
Angren IES qisman gaz bilan, Yangi Angren IES esa mahalliy ko‗mir bilan ishlaydi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyati.  Rayon  100  dan  ortiq  uzoq  va  yaqin  xorij  mamla¬katlari  bilan  savdo 
aloqalari  olib  boradi.  Xorijga  paxta,  ipak,  paxtachilik  uchun  zarur  mashina  va  uskunalar,  to‗qimachilik 
mashinalari,  kabel,  ekskavatorlar,  ko‗tarma  kranlar,  elektr  energiya,  qorako‗l  terilari,  rangli  metall 
konsentratlari,  ip  va  ipak  gazlamalar,  kanop  va  kanop  mahsulotlari  hamda  meva  jo‗natiladi.  Rayon  ehtiyoji 
uchun  yog‗och,  neft  mahsulotlari,  tabiiy  gaz,  turli  xil  sanoat  mahsulotlari,  mashina  qismlari,  keng  iste‘mol 
mollari keltiriladi. Ichki iqtisodiy aloqalarda avtomobil va qisman temiryo‗l transportidan foydalaniladi. 
Transporti.  1930-1940-yillardan  rayonda  avtomobil  yo‗llari  vujudga  keldi,  asfalt  va  tosh  yo‗llar 
qurildi. Katta O‗zbek trakti (700 km) Toshkentni Termiz bilan bog‗laydi. Toshkent-Angren-Qo‗qon tog‗ yo‗li 
qayta  qurilib,  jahon  talablari  darajasidagi  xalqaro  yo‗lga  aylantirildi.  Toshkent-Chinoz-Guliston  avtotrassasi 

 
 
mamlakatda birinchi darajali yo‗l hisoblanadi. Toshkent-Angren, Toshkent-Chorvoq hamda Mirzacho‗lni kesib 
o‗tgan Toshkent-Sirdaryo-Jizzax temiryo‘llarining ahamiyati katta. 
 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1.  Toshkent  iqtisodiy  rayoni  aholisining  soni,  joylashuvi  va  milliy  tarkibiga  qanday  tarixiy  va 
geografik omillar ta'sir etgan? 
2.  Toshkent  iqtisodiy  rayoni  respublikaning  industriallashuvida  qanday  rol  o‗ynashini  tushuntirib 
bering. 
3. Toshkentning geografik o‗rniga xos qulayliklar qanday omillar natijasi? 
4.Iqtisodiy rayonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan? Sababini tushuntiring.   
 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
45Mavzu: Toshkent viloyati.  
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan  kompetensiya:  Globus,  geografik  atlas  va  xaritalardan  amaliyotda  foydalana  olish 
kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1.  Toshkent  iqtisodiy  rayoni  aholisining  soni,  joylashuvi  va  milliy  tarkibiga  qanday  tarixiy  va 
geografik omillar ta'sir etgan? 
2.  Toshkent  iqtisodiy  rayoni  respublikaning  industriallashuvida  qanday  rol  o‗ynashini  tushuntirib 
bering. 
3. Toshkentning geografik o‗rniga xos qulayliklar qanday omillar natijasi? 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Sanoati. Iqtisodiyotning ko‗plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishgacha barcha bosqichlar viloyatning o‗zida kechadi. 
Sanoatning  asosiy  tarmoqlari:  elektroenergetika,  qora  va  rangli  metallurgiya,  mashinasozlik,  kimyo, 
qurilish materiallari, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat. 
Metallurgiya  majmuasi  ham  rivojlangan.  Ishlab  chiqarish  aloqalari  hamda  geografik 
joylashuviga  muvofiq  Toshkent-Chirchiq,  Toshkent-Yangiyo‗l,  Angren-Olmaliq  sanoat  rayonlari 
vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mamlakat rangli metallurgiya sanoati mahsulotining 
asosiy  qismi  tayyorlanadi.  Mis  rudasi  tarkibida  molibden,  oltin  va  kumush  ham  uchraydi.  Bu  yerda 
Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinati ishlab turibdi. 
 
 

 
 
Rangli  metallurgiyaning  ikkinchi  markazi  Chirchiqdir.  Shaharda  qiyin  eriydigan  va  o‗tga 
chidamli  qotishmalar  kombinati  bor.  Kombinatning  ishlab  chiqarish  jarayoni  Ingichka,  Qo‗ytosh 
hamda Olmaliq ruda konlari bilan bog‗liq. Kombinat 100 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarmoqda. 
Bekobod  shahridagi  O‗zbekiston  metallurgiya  zavodi  qora  metallurgiyaning  yirik  korxonasi. 
Xomashyo o‗rnida temir-tersakdan foydalaniladi. 
Mashinasozlik  majmuasi  dastlab  agrosanoat  majmuyi  ehtiyoji  negizida  vujudga  kelgan. 
Hozirda  mashinasozlik  agrosanoat  majmuyiga  xizmat  ko‗rsatishdan  tashqari,  ko‗plab  turdagi 
murakkab mashinalar ham ishlab chiqarmoqda. Rayonda ishlab chiqarilayotgan turli xil uskunalar va 
asboblar shular jumlasidandir. 
Qurilish  materiallari sanoati viloyatda  qurilish ko‗lamining kattaligi va xilma-xil xomashyo 
negizida  rivoj  topdi.  Bekobod,  Angren  va  Ohangaronda  sement,  G‗azalkentda  oyna  va  marmar, 
shuningdek,  Ohangaronda  shifer  ishlab  chiqarilmoqda.  Sanoatning  jadal  yuksalishi  o‗z  navbatida 
ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‗lmoqda. 
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik, 
go‗sht-sut chorvachiligi. 
Qishloq xo‘jaligi ko‗p tarmoqli bo‗lib, sabzavot va meva yetishtirish- da boshqa viloyatlardan 
oldinda  turadi.  Yangiyo‗l,  Qibray,  Bo‗stonliq,  Parkent,  Ohangaron,  Toshkent  va  Zangiota  tumanlari 
poytaxtga tutash yaxlit mintaqani tashkil etib, asosan, sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Ularda minglab gektar issiqxonalar tashkil etilgan. 
Sug‗oriladigan yerlarda paxtadan tashqari, kanop va sholi ham yetishtiriladi. Umuman, viloyat 
qishloq  xo‗jaligi  intensiv  yo‗ldan  rivojlanmoqda.  Sanoat tugunlari  atrofida  sut-go‗sht  yetishtiradigan 
chorvachilik  majmualari,  parrandachilik 
rivoj  topmoqda,  sun‘iy  suv  havzalarida  baliq 
ko‗paytirilmoqda. Paxta yetishtirishga uyg‗un tarzda ipak qurti boqiladi. 
Viloyatda  ijtimoiy  soha  ham  yaxshi  yo‗lga  qo‗yilgan.  Toshkent  atrofida  «Qibray»  va 
«Toshkent  mineral  suvi»  oromgohlari  joylashgan.  Bo‗stonliq  tumanining  Chorvoq,  Chimyon  hamda 
Parkent tumanining Kumushkon hududlarida dam olish maskanlari keng tarqalgan. 
Toshkent  viloyatidagi  sanoat  markazlarining  aksariyati  bevosita  poytaxt  bilan  uzviy 
aloqadorlikda  faoliyat  ko‗rsatadi.  Sanoat  markazlari  ixtisos  bo‗yicha  bir-biridan  farqlanuvchi  alohida 
mintaqalarda  to‗plangan.  Bular:  Toshkent-Chirchiq,  Toshkent-Yangiyo‗l  va  Angren-Olmaliq  sanoat 
rayonlaridir.  Toshkent-Chirchiq  va  Toshkent-Yangiyo‗l  sanoat  rayonlarining  o‗zagi  Toshkent  shahri 
bo‗lib,  uning  tarkibiga  Chirchiq,  Yangiyo‗l  sanoat  tugunlari  hamda  G‗azalkent,  Pskent,  Nurafshon, 
Chinoz,  Keles  kabi  kichik  va  o‗rta  shaharlar  kiradi.  Angren-Olmaliq  sanoat  rayonining  o‗zagini  esa 
Olmaliq  va  Angren  sanoat  tugunlari  tashkil  etadi.  Unga  Ohangaron,  Yangiobod  kabi  shaharlar  ham 
kiradi.  Bekobod  sanoat  tuguni  bu  ikkala  sanoat  rayonidan  biroz  chekkada,  viloyatning  janubida 
joylashgan. 
 

 
 
 
 
Shaharlari.  Toshkentdan  30  km  shimoli  sharqda  kimyogarlar  va  mashinasozlar  shahri 
Chirchiq  joylashgan.  Shahardagi  o‗tga  chidamli  va  qattiq  qotishmalar  zavodi  metallurgiya 
majmuasining  muhim  korxonasidir.  Chirchiqdan  yuqorida  yosh  G‗azalkent  shahri  bor.  U  kurort 
shaharga aylanmoqda. 
Toshkentdan  30  km  janubi  g‗arbda  sanoat  tuguni  -  Yangiyo‗l  joylashgan.  Shahar  qadimgi 
qishloq  (Qovunchi)  o‗rnida  shakllanib,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatiga  ixtisoslashdi.  Sanoat 
korxonalari  ichida  paxta  tozalash,  moy,  sovun,  sut,  vino  va  konserva  zavodlari,  go‗sht  kombinati 
ajralib turadi.   
Angren  -  viloyatning  muhim  sanoat  tuguni.  Angren  temiryo‗l  hamda  avtomobil  yo‗li  orqali 
Toshkent  bilan  bog‗langan.  Shahar  1940-yillarda  ko‗mir  qazib  olishga  bog‗liq  holda  sanoat  punkti 
sifatida paydo bo‗lgan. Endilikda Angren shahri konchilik sanoatiga aloqador bir qancha korxonalarni 
birlashtirgan sanoat tuguniga aylandi. Shahar sanoatida IES alohida o‗rin tutadi. 
Viloyatning  ikkinchi  sanoat  tuguni  -  Olmaliq.  Bu  shahar  1951-yilda  rangli  metall  ruda  koni 
negizida sanoat punkti sifatida shakllandi. Shahar sanoatida to‗liq siklli rangli metallurgiya kombinati 
katta  ahamiyatga  ega.  Kombinat  chiqindisi  (oltingugurt  gazi)dan  ammofos  zavodida  mineral  o‗g‗it 
ishlab chiqariladi. 

 
 
Ohangaron  sanoat  markazi  Olmaliqqa  yaqin  yerda  joylashgan.  Ohanga-  ronda  ulkan  sement 
zavodi  bor.  Angren  kabi  Ohangaron  shahri  ham  ko‗mir  qatlamlari  ustidaligi  ma'lum  bo‗lgach, 
shaharning dastlabki o‗rnidan 15 km narida vodiy bo‗ylab «Katta Ohangaron» shahri barpo etilgan. 
Viloyatning  janubida  Bekobod  shahri  joylashgan.  Shahar  metallurgiya  zavodi  hamda  Farhod 
GES qurilishi jarayonida vujudga kelgan. Endilikda sement, paxta tozalash va g‗isht zavodlari, go‗sht 
kombinati,  tosh-shag‗al  karyeri  ham  mavjud.  Bu  korxonalarning  ishlab  chiqarish  jarayoni  o‗zaro 
bog‗liq.  Shahar  shamol  kuchli  esadigan  yerda  joylashgan.  Shu  bois,  shaharni  shamoldan  saqlovchi 
ihota daraxtzorlari barpo qilingan. 
Nurafshon  (sobiq  To‗ytepa)  -  2017-yildan  boshlab  Toshkent  viloyatining  ma‘muriy  markazi. 
Unga qadar viloyatning ma‘muriy markazi Toshkent shahri hisoblanardi. Nurafshon shahri kelajakda 
O‗zbekistondagi  birinchi  «Aqlli  shahar»  bo‗ladi,  unda  ma‘muriy  binolar,  zamonaviy  va  qulay  turar 
joylar, biznes markazlari, mehmonxonalar, sport majmualari, ko‗p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi. 
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtomobil yo‗li bog‗laydi. 
Katalog: sites -> default -> files
files -> O 'zsan oatq u rilish b an k
files -> Aqshning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (uscirf) Davlat Departamentidan alohida va
files -> Created by global oneness project
files -> МҲобт коди Маъмурий-ҳудудий объектнинг номи Маркази Маъмурий-ҳудудий объектнинг
files -> Last Name First Name Middle Initial Permit Number Year a-card First Issued
files -> Last Name First Name License Number
files -> Ausgabe 214 Freitag, 11. Mai 2012 37 Seiten Die Rennsaison 2012 ist wieder in vollem Gan
files -> Uchun ona tili, chet tili, tarix, jismoniy tarbiya fanlaridan yakuniy nazorat imtihon materiallari va metodik
files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
files -> Sequenced by Last Name

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling