Mavzu: Kirish


IX. Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 3.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana15.12.2019
Hajmi3.96 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23

 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1. Toshkentdan Bekobodga boriladigan eng qisqa avtomobil yo‗lini xaritadan toping. 
2.  87-rasmdan  Toshkent  viloyatida  bog‗  va  uzumzorlarning  qanday  joylashganligini  aniqlab,  bunday 
joylashish sabablarini tushuntirib bering. 
3. Viloyat qishloq xo‗jaligining ko‗p tarmoqliligi qanday omillar natijasi ekanligini o‗ylab ko‗ring. 
4. Yangiyo‗l sanoat tugunini  Angren, Olmaliq sanoat tugunlariga taqqoslab, eng muhim tafovutlarini 
ko‗rsating. 
 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
46Mavzu: Toshkent shahri.  
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 

 
 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan  kompetensiya:  Globus,  geografik  atlas  va  xaritalardan  amaliyotda  foydalana  olish 
kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Toshkentdan Bekobodga boriladigan eng qisqa avtomobil yo‗lini xaritadan toping. 
2. Viloyat qishloq xo‗jaligining ko‗p tarmoqliligi qanday omillar natijasi ekanligini o‗ylab ko‗ring. 
3. Yangiyo‗l sanoat tugunini  Angren, Olmaliq sanoat tugunlariga taqqoslab, eng muhim tafovutlarini 
ko‗rsating. 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Toshkent - O‗zbekistonning poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‗lib, 
unda  2,5  mln  ga  yaqin  aholi  yashaydi.  Bugun  Toshkent  nafaqat  strategik  xalqaro  mavqega  ega  bo‗lgan  siyosiy  markaz, 
balki Markaziy Osiyoning yirik transport tugunidagi muhim iqtisodiy megapolisdir. 
O‗zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, 
xorijiy  elchixonalar,  BMT  va  uning  tarkibidagi  xalqaro  tashkilotlar  vakolatxonalari  Toshkentda  joylashgan.  Shahar 
sharqona tafakkur bo‗yicha qayta qurilmoqda. 
Toshkent  shahri  mamlakat  iqtisоdiyotining  turli  sohalarida  yеtakchi  o‗ringa  ega.  Xususan,  respublikada  ishlab 
chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning eng katta qismi poytaxt hissasiga to‗g‗ri keladi. 
Poytaxt iqtisodiyotining yetakchi tarmog‗i hisoblangan sanoatning o‗rni har doimgidek salmoqli bo‗lib qolmoqda. 
Sanoat korxonalari nafaqat katta quvvatga ega, balki ishlab chiqarish texnologiyasi ham yuqoridir. 
Shahar energetikasi Chirchiq-Bo‗zsuv gidroelektrostansiyalar tizimi  va Toshkent IESga tayanadi.  Ular  mamlakat 
yagona energetika tizimiga ulangan. 
Toshkent  muhim  transport  tugunidir.  O‗rta  Osiyo  davlatlarini  boshqa  mamlakatlar  bilan  bog‗laydigan 
temiryo‗l, avtomobil yo‗llari Toshkent orqali o‗tadi. Shahar atrofidagi rayonlar bilan elektropoyezd orqali ham bog‗langan. 
Toshkent havo yo‗li orqali xorijiy davlatlarning 40 dan ortiq shaharlari bilan bog‗langan. Shaharda 2 ta temiryo‗l vokzali, 3 
ta aeroport va metropoliten mavjud. Umumiy uzunligi 36 km dan ortiq bo‗lgan metropoliten orqali yiliga 60 mln dan ortiq 
yo‗lovchi tashiladi. 
Toshkent - butun Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy-madaniy markaz hisoblanadi. Toshkentda O‗zbekiston Fanlar 
akademiyasi, o‗nlab ilmiy tadqiqot institutlari, ko‗plab oliy ta'lim muassasalari bor. Shaharda zamonaviy maktab, akademik 
litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  ko‗plab  teatr  va  konsert  zallari,  sirk,  zamonaviy  stadion  va  boshqalar  mavjud.  Toshkent 
ta‘sirida, poytaxtga tutash tumanlarda urbanizatsiya jarayoni jadallashmoqda. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
Urbanizatsiya - shaharlar va shahar aholisining o‘sishi, mamlakat hayotida shaharlar rolining kuchayishi. 
Endilikda shahar maydoni 330 kv. km dan ortib, Toshkent avtomobil halqa yo‗lidan tashqaridagi hududlarni ham 
qamrab olmoqda. 
Poytaxtning iqtisodiy va ijtimoiy ta‘siri negizida undan 60-70 km radiusdagi hudud bo‗ylab 10 ta shahar va o‗nlab 
shaharchalardan iborat Toshkent aglomeratsiyasi vujudga kelgan. 
 
Aglomeratsiya - shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi. 
Bu  aholi  punktlari,  asosan,  Chorvoqdan  Sirdaryogacha  bo‗lgan  oraliqdagi  yo‗llar  atrofida  joylashgan.  Ular 
Toshkent taraqqiyotini tartibga solish uchun muhim qulayliklar yaratadi. 
Hozirgi  vаqtdа  mаmlаkаtimiz  pоytахtidа  yangi  vа  zаmоnаviy  «Tashkent  City»  kompleksi  bаrpо  etilmоqdа.  Qurilish 
jаrаyonigа mаhаlliy vа chеt ellik ekspеrtlаr jаlb etilgan. 
«Tashkent  City»  qurilishi  jаrаyonidа  biznes  vаkillаri  uchun  qulaylik  yaratish  mаqsаdidа  bаrchа  shаrоitlаr 
yarаtilmоqdа.  Yashil  hududlаrdаn  tortib,  zаmоnаviy  dizаyn  vа  ko‗rinishgа  hаm  e‘tibor  bеrilmоqdа.  Jоylаrdа  mахsus 
mаydоnchаlаr vа tashrif buyuruvchilar uchun dam olish joylari qurilmoqda. Shu yerning o‗zida ham biznes faoliyat bilan 
shug‗ullanib, ham hordiq chiqarsa bo‗ladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar muhayyo. 
Poydevor  va  binolarning  zilzilaga  bardoshliligi  uchun  San-Fransisko,  Istanbul  va  Tokio  kabi  shaharlar  tajribasi 
o‗rganildi.  Ma‘lumki,  O‗zbekiston  seysmologik  hududda  joylashgan.  Shuning  uchun  ham  mutaxassislar  xavfsizlik  va 
binolarning  mustahkamligiga  alohida  e'tibor  qaratishmoqda.  Jumladan,  har  bir  burchak  va  detallar  tajribali  arxitektor  va 
dizaynerlar tomonidan o‗rganilmoqda. 
Kongress-holl,  mehmonxona  va  yerosti  avtomobil  turargohi  qurilishi  ham  rejalashtirilgan.  Kongress-hollning  umumiy 
maydoni 33 ming m2. Ushbu bino chet el davlatlari rahbarlari va yuqori martabali mehmonlar uchrashuvlari uchun xizmat 
qiladi. 
«Tashkent  City»  mehmonxona  haqida  ham  unutgani  yo‗q.  Ushbu  kompleksda  dunyoga  mashhur  bo‗lgan 
mehmonxonalardan biri ochiladi. 
Hozirgi vaqtda ushbu majmuada «Hilton Hotels & Resorts» meh- monxonasi qurilishi bo‗yicha muzokaralar olib 
borilmoqda.  Ma'lumot  uchun,  birinchi  «Hilton  Hotels  &  Resorts»  mehmonxonasi  1919-yilda  AQSHning  Texas  shtatida 
barpo  etilgandi.  Hozirda  ushbu  brend  ostida  jahonning  103  mamlakatida  5  mingdan  ortiq  mehmonxonalar  faoliyat 
yuritmoqda. 
Ta'kidlab  o‗tish  joizki,  «Tashkent  City»da  kongress-holl  va  boshqa  binolar  qurilishi  mamlakatimizga  chet  el 
investitsiyasini olib kirishga ko‗maklashadi, sababi joylarda biznesni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. 
 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1. Toshkent shahar planini ko‗zdan kechirib, mikro, mezo hamda makro geografik o‗rin chegaralarini 
belgilang. 
2. Chirchiq daryosi  va Toshkent shahri ichidan o‗tgan anhor kanalining poytaxt iqtisodiy  va ijtimoiy 
rivojidagi ahamiyatini izohlang. 
3.  90-rasmdan  Toshkent  shahrida  qanday  madaniy  yodgorliklar,  muzey,  teatr  va  istirohat  bog‗lari 
mavjudligini o‗rganing. 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 

 
 
47Mavzu: Nazorat ishi-6.  
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan  kompetensiya:  Globus,  geografik  atlas  va  xaritalardan  amaliyotda  foydalana  olish 
kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Toshkent shahar planini ko‗zdan kechirib, mikro, mezo hamda makro geografik o‗rin chegaralarini 
belgilang. 
2. Chirchiq daryosi  va Toshkent shahri ichidan o‗tgan anhor kanalining poytaxt iqtisodiy  va ijtimoiy 
rivojidagi ahamiyatini izohlang. 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
I-test yeching 
1. O‘zbekiston xorijiy davlatlarga eng ko‘p qaysi mahsulotni ekesport qiladi? 
A) oziq – ovqat va paxta tolasini                     B) Qora va rangli metalurgiya va k.k .  
C) Paxta tolasini va enirgutchilarni                 D) barchasi to‘g‘ri  
2. Iqtisodiy taraqiyotiga ko‘ra Toshkent IGR qaysi rayondan keyin turadi? 
a.Farg‘ona  IGR               b.Mirzacho‘l   IGR        s.Samarqand   IGR        d. Quyi 
Amudaryo 
3. Mamlakatimizning eng yirik k‘mir konini aniqlang. 
a.Sharg‘un            b.Boysun         s.Angren        d.Ohangaron  
4. Mehnatga yaroqli aholining salmog‘i jihatidan qaysi IGR yetakchi sanaladi? 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
a.Farg‘ona IGR              b.Mirzacho‘l  IGR        s.Samarqand  IGR        d. Toshkent IGR 
5. Toshkent IGR mamlakat elektr –energiyasining  qancha qismini beradi? 
a.2/3qismni          b.1/2qismini          s.3/5qism        d.2/5qism 
6. Poytaxtga tutash tumanlar qaysi qatorda keltirilgan ? 
a.Qibray, Chinoz, Bekobod                b.Perkent, Chirchiq,Olmaliq              
  s.Yangiyo‘l, Parkent, Zangiota.      d. Bo‘stonliq, Chinoz, O‘rta Chirchiq 
7. Toshkent shahridan 30km shimoli-sharqda joylashgan shaharni toping. 
a. Keles             b.Kibray         s.Angren           d.Chirchiq 
8. Qovunchi qishlog‘i o‘rnida shakillangan shaharni belgilang? 
a.Yangiyo‘l           b.Bekobod            s.Chirchiq         d.Olmaliq 
9.Shaharlarning yirik shahar atrofida toplanishi  nima deyiladi? 
a.Aglomeratsiya        b.Melioratsiya       s.Urbanizatsiya             d.Transilatsiya  
10. Toshkent shahri maydoni qanchaga teng? 
a.321 kv/kmga           b.390 kv/km          s.330  kv/km             d.278 kv/km   
 










10 












 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II- jadvalni toldiring. 
 
T/r  Qo’shma korxona nomi 
Maxsuloti nomi    
Qaysi davlat bilan 

―Sovplastital‖ 
Plasmassa buyumlari 
Italiya 

―Uz-elles 
Gurgut 
Gretsiya 

Bilanee 
Mobil xizmat 
Rossiya 

―GM Powertrain‖ 
Avtomobil 
dvigatellari 
AQSH 

ISUZU 
Yuk mashinalari 
Yaponiya 

―Supertekstil‖ 
Ip yigiruv  
AQSH 

―ROYSON‖ 
Elektr jihozlar 
 

―SHWAKI‖ 
Uy-ro‘zg‘or jihozlari 
Yaponiya 

UZ-Koram 
Avto-bamperlar 
Janubiy koreya 
10 
Sharq lift 
Ko‘tarma liftlar 
Rossiya 
11 
―Uz-Salaman‖ 
Poyabzal 
Germaniya 
12 
―GM Uzbekiston‖ 
Avtomobil 
AQSH 
 
 
IX.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
X. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
 

 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
48Mavzu: Mirzacho‗l iqtisodiy rayoni.  
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, 
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Toshkent shahar planini ko‗zdan kechirib, mikro, mezo hamda makro geografik o‗rin chegaralarini 
belgilang. 
2. Chirchiq daryosi  va Toshkent shahri ichidan o‗tgan anhor kanalining poytaxt iqtisodiy  va ijtimoiy 
rivojidagi ahamiyatini izohlang. 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Iqtisodiy  o‘rni  va  tabiiy  boyliklari.  Mirzacho‗l  iqtisodiy 
rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan. 
Rayon  hududi  taraqqiy  etgan  Toshkent  va  Zarafshon  iqtisodiy 
rayonlari  bilan  chegaradosh.  Rayonning  iqtisodiy  geografik  o‗rnini 
qulay  deyish  mumkin.  Iqtisodiy  geografik  o‗mining  qulayligi 
rayonning  transport-  geografik  holatida  ham  yaqqol  ko‗zga 
tashlanadi. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
Rayonni,  asosan,  Sirdaryo  va  Sangzor  daryolari  suv  bilan 
ta'minlaydi.  Tekislik  zamonaviy  transport  va  irrigatsiya  inshootlari 
bilan zich qoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‗rg‗oshin, rux 
va  oltin  konlari  sanoat  ahamiyatiga  ega.  Qurilishbop  shag‗al,  qum, 
gips va ohak ko‗p. 
Ko‗pincha  sovuq  Arktika  havosi  shimoldan  rayon  hududiga  kirib  kelib,  ba'zan  juda  sovib 
ketadi.  Shunda  mevali  daraxtlar  jiddiy  shikastlanadi.  Farg‗ona  vodiysidan  esuvchi  kuchli  shamoldan 
esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi. 
Aholisi. Bu yerning aholisi, asosan, boshqa joylardan reja asosida ko‗chirib keltirilgan. Rayon 
aholisining umumiy soni bo‗yicha mamlakat iqtisodiy geografik rayonlari orasida eng keyingi o‗rinda 
turadi.  Hududning  yangi  o‗zlashtirilayotgani  shahar  va  qishloqlarning  geografik  joylashuvi,  katta-
kichikligi hamda aholining milliy tarkibida yaqqol ifodalanadi. 
Aholi  punktlari,  asosan,  katta  yo‗l  yoqalarida  barpo  bo‗lgan.  Aholining  45  foizdan  ortig‗i 
shaharlarda istiqomat qiladi. 
Rayonga Toshkent va Samarqand shaharlarining oliy o‗quv yurtlari ham mutaxassis tayyorlab 
bermoqda. Lekin rayonning rivojlanish istiqbollarini ko‗zlab, bu yerga Zarafshon, Farg‗ona, Toshkent 
singari iqtisodiy rayonlardan malakali mutaxassislar jalb etish maqsadga muvofiqdir. 
Xo‘jaligi  va  uning  hududiy  tashkil  etilishi.  Mirzacho‗lning  o‗zlashtirilishi,  asosan,  XX 
asrning  50-60-yillariga  to‗g‗ri  keladi.  Yangi  yerlarni  o‗zlashtirish  sug‗orish  inshootlarini,  yo‗llarni, 
elektr uzatkich tarmoqlarini, madaniy-maishiy muassasalarni bir yo‗la barpo etish usulida olib borildi. 
Yangi yerlarni o‗zlashtirishning bu usuli xorijda ham keng qo‗llanilmoqda. 
Mirzacho‗l  iqtisodiy  rayoni  mamlakatda  yetishtiriladigan  paxta  yalpi  hosilining  1/4  qismini 
beradi. Rayonda agrosanoat majmuyi yuksak darajada rivojlangan. Jami ekin maydonining salkam 45 
foiziga paxta, deyarli shuncha maydonga donli ekinlar ekilmoqda. 
Polizchilik  yaxshi  yo‗lga  qo‗yilgan.  Mirzacho‗l  qovunlari  O‗zbekistondan  tashqarida  ham 
mashhurdir. 
Chorvachilikda  qorako‗l  qo‗ylarining  salmog‗i  katta.  Qorako‗l  qo‗ylari  rayonning  shimoli 
g‗arbidagi  cho‗l  yaylovlarida  boqiladi.  Chorvachilikning  yanada  rivojlanishi  yem-xashak  ekinlari, 
ayniqsa,  beda  va  makkajo‗xori  maydonining  kengayishiga  bog‗liq.  Donli  ekinlar  yetishtiriladigan 
joylarda parrandachilik rivojlangan. 
Endilikda  rayonda  sanoat  ham  tez  sur‘at  bilan  rivojlana  boshladi.  Elektroenergetika,  qurilish 
materiallari,  yengil,  oziq-ovqat  sanoatlari  rivojlandi.  Sirdaryo  IESning  elektr  quvvati  iqtisodiy 
rayondan tashqariga ham chiqarilmoqda. 
Transporti.  Avtomobil  transporti  yuksak  darajada  rivojlangan.  Avtomobil  yo‗llarining  yalpi 
uzunligi  12  ming  km  dan  oshadi,  shundan  deyarli  10  ming  km  qattiq  qoplamali  yo‗llardir.  Katta 
O‗zbek traktining iqtisodiy rayon hududidan o‗tishi uning rivojlanishiga sezilarli ta‘sir etadi. 
Temiryo‗l  hudud  bo‗ylab  uchburchak  shaklida  qurilgan.  Uchburchakning  Jizzax,  Sirdaryo  va  Xovos 
uchlaridan  yo‗llar  boshqa  viloyatlarga  taralib  ketgan.  Hudud  bo‗ylab  magistral  gaz  quvurlari  kesib 
o‗tgan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hududni tekis qoplagan. 
 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1.  Iqtisodiy  rayon  geografik  o‗rni  va  tabiiy  sharoitiga  xos  xususiyatlarning  iqtisodiy  ahamiyatini 
tushuntirib bering. 
2. Iqtisodiy rayon hududi yaqinda o‗zlashtirilganini nimalardan bilsa bo‗ladi? Misollar keltiring. 
3.  Rayon  doirasida  va  uning  boshqa  rayonlar  bilan  aloqasida  qanday  transportdan  foydalaniladi? 
Sababini tushuntiring. 
 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling