Mavzu: Klinik iboralar va atamalar. Reja: Kirish Iboralar. Klinik iboralar
Download 40.39 Kb.
|
Mavzu Klinik iboralar va atamalar Reja Kirish Iboralar Klini 1
Mavzu: Klinik iboralar va atamalar. Reja: Kirish 1. Iboralar. 2. Klinik iboralar. 3. Klinik atamalar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga iboralar tizimini o’rganishning nazariy muammolari dolzarb masalardan biri bo’lib turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “frazalogik iboralar”ni topish mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Ingliz, rus va o’zbek frazeologik iboralarning turli xil xususiyatlarini tashqi shaklga qarab tasnif qilish orqali ham aniqlash mumkin. Bu tasnifda ko’proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so’zlar soniga qarab e’tibor beriladi. Tasnif natijasida iboralar tabiatiga ko’ra nechta so’zdan tashkil topganligini aniqlash mumkin. Ko’pgina tilshunoslar frazeologik iboralar faqat ikki so’zdan ortiq bo’ladi degan fikrlarni bildiradilar. Ammo kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, frazeologik iboralar ikki, uch va undan ortiq so’zlardan iborat bo’ladi. Ammo ayrim tilshunoslar bir so’zdan iborat iboralar ham bor deb fikr yuritadilar. Jumladan, professor A.Jafarovning fikricha bir so’zdan iborat iboralar idiomatik iboraning eng yuqori taraqqiyot bosqichida hosil bo’ladi. Bu turdagi iboralar qo’shma so’z yoki yakka so’z bilan ifodalanadi, ular to’g’ridan - to’g’ri fikrni anglata olmasligi jihatdan ham qo’shma so’zlardan farqlanadi. To’g’ri bir so’z orqali ham idiomatik ma’no anglashiladi. Lekin bunday so’zlarni ibora deyish qiyin. Chunki ibora so’zlar birikmasidan iborat bo’lishi kerak. Bu haqda V.V.Vinogradov, A.Abakumov, A.Shaxmatovlarning fikrlari qimmatga sazovordir. Idiomatik so’zlar faqat yolg’iz so’zlardangina tashkil topib, idiomatik ma’no anglatadi. Lekin ibora aks ettirgan xususiyatlarni anglata olmaydi. Iboralar Akademik V.V.Vinogradovning aytishicha, frazeologik birliklarning taraqqiyoti frazeologik butunlikdan boshlanib, frazeologik qo’shilmalarga aylanishi kerak. O’zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi. Iboralarning ko’pchiligi nafaqat tilimizning boyligini, balki xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o’ziga xos hususiyatlarini ham ko’rsatib turadi. Ibora - tilimizning lug’at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. Ular ikki va undan ortiq so’zning ko’chgan ma’nolari asosida tarkib topgan lug’aviy birlik bo’lib xuddi so’z kabi lug’aviy ma’noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug’urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz ” ma’nosini, ko’ngil bermoq iborasi “sevmoq” ma’nosini, qo’y og’zidan cho’p olmagan iborasi “yuvosh” ma’nosini bildiradi. Xuddi so’z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Ibora - frazema frazeologik birlik sifatida tilshunoslikning frazeologiya bo’limida o’rganiladi. Ibora tuzilishiga ko’ra ya’ni birdan ortiq so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasi yoki gapga o’xshab ketsa ham, nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi va lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi. So’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar iboralarga ham xosdir. Iboralar so’z birikmasi yoki gaplar kabi har gal nutqning o’zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi tilda tayyor holda bo’ladi. Shuning uchun iboralarni turg’un birikmalar hisoblaymiz. Chunki ibora tarkibidagi so’zlarni ajratib bo’lmaydi. Iboralar gapda bitta so’roqqa javob bo’lib, bitta bo’lak vazifasida keladi. Demak, iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini to’g’rilab qo’ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir. Nutqda ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanishidan tuzilgan birikmalar ham qo’llaniladi.Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo’ladi. Ular bir-biridan o’ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so’zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so’z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so’zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar ayrim-ayrim so’zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar - zerikarli asar. Shuning uchun ular erkin so’z birikmasi deb yuritiladi.Tilda ko’p vaqt bir qolipda qo’llanaverib, bo’linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og’zi qulog’ida. Demak, so’z birikmalari ikki xil: a) erkin so’z birikmasi; b) turg’un so’z birikmasi. Turg’un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Tilda ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib topib, ko’chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan turg’un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Hozirda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot-texnologiya barcha sohalarga kirib bormoqda va bu sohalarning ham rivojlanishini jadallashtirmoqda. Bugungi kunda qaysi soha bo‘lmasin uni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Shunday sohalardan biri tilshunoslikdir. Tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida zamonaviy axborot texnologiyalari bizga juda ko‘p imkoniyat va qulayliklarni yaratdi. Jumladan, kompyuter tarjimasi, tahrir va tahlil dasturlari, elektron lug‘atlar, tezauruslar fikrimiz tasdig‘idir. Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlaridan kompyuter lingvistikasi tobora kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan tilshunosligimizda har tomonlama qulay, zamonaviy elektron lug‘atlar, kompyuter dasturlari, onlayn darsliklar, maxsus platformalar yaratish vazifalari dolzarb masalalardan bir ekanligini ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim” [1]. Bundan tashqari, Yangi O‘zbekistonda hozir har birsoha raqamlashtirilmoqda. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Davlatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar tilshunoslar oldiga o‘zbek tilining lug‘at tizimini, so‘zlardagi ma’no torayishi, kengayishi, omonimiya, sinonimiya, antonimiya, paronimiya, graduonimiya, ko‘p ma’nolilik hodisalarini, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan tushuncha va terminlarni chuqurroq tadqiq etish vazifalarini qo‘ymoqda. Texnika taraqqiyoti tufayli qator davlatlarning o‘z milliy korpuslari yaratildi. Bu borada o‘zbek tili milliy korpusini yaratish ishlari ham boshlangan. Hozird o‘zbek tilining ta’limiy korpusi yaratilgan. Va hozirda u tilshunos olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz tomonidan boyitib borilmoqda. O‘zbek tilining milliy korpusi yaratilmoqda ekan, bu o‘zbek tili iboralar lug‘atini ham chuqurroq tadqiq etilishini talab qilmoqda. Ayniqsa, iboralarning o‘ziga xosligini, uning rang-barangligini ko‘rsatib beruvchi semantikasini korpusda teglash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Korpus lingvistikasida semantik razmetkalash, semantik teglarni yaratish muammolari to‘g‘risida A.M.Yelizarov, T.I.Reznikova, Y.I.Yakovchuk, O.Y.Shemanayeva, V.V.Ivanov, I.M.Boguslavskiy, V.P.Zaxarov kabi olimlar tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan. O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili korpusi, o‘zbek korpus lingvistikasi uchun semantik razmetka mavzusining chuqur o‘rganilishi dastlab D.Ahmedovaning tadqiqot ishida [D.Ahmedova, 2020] uchraydi. Shuningdek, Sh.Hamroyevaning tadqiqotlarida semantik maydon, to‘da va guruh tasniflarining semantik razmetka tizimini yaratishdagi ahamiyati haqida ba’zi fikrlar mavjud [Sh.Hamroyeva, 2018: 73]. Semantik teg (rus., razmetka) – til korpuslariga kiritiladigan birliklarning muayyan semantik kategoriya yoki kichikroq semantik guruh (leksik-semantik guruh, semantik maydon)ga tegishliligini bildiradigan, ma’noni xususiylashtiruvchi belgi, izohlar majmuyi. Korpusning semantik teglari so‘z ma’no(lar)i spetsifikasi, so‘zning omonimlik, sinonimlik bilan bog‘liq izohlar majmuyini tuzish, so‘zni kategoriyalash, uning mavzuiy guruh, LSG, semantik maydonga mansubligini belgilash, derivatsion xarakteristikasi, atash ma’nosi kabi belgilarni qamrab oladi [D.Ahmedova, 2020: 58]. Biror bir tilning korpusi uchun semantik teglar majmuyini yaratish uning tamoyillarini ishlab chiqish mazkur tilga xos xususiyatlardan kelib chiqadi. Shuning uchun o‘zbek tili semasiologiyasi borasida qilingan tadqiqotlar, erishilgan natijalar o‘zbek tili korpuslarida semantik teglar majmuyini yaratish, so‘zlarning semantik teglash tamoyillarini ishlab chiqish uchun nazariy asos rolini bajaradi. Boshqa razmetkalarda bo‘lganidek, semantik teglashda ham yagona standart bo‘lmasa-da, ammo raqam, harf yoki faqat raqamdan, shuningdek, aralash kodlardan foydalaniladi. Birinchi harf yoki raqam umumiy semantik ma’noni, keyingi belgi so‘zning ma’nosini maxsuslashtiruvchi kichik semantik guruhni ifodalaydi. Semantik teg faqat so‘z emas, ko‘plab birikmalarni ham semantik guruhlarga birlashtirishga xizmat qiladi. Bunda har xil birikuvdagi bir ma’noni ifodalovchibirikmalar bitta belgi bilan kodlanadi. Ibora tarkibidagi so‘zlar miqdorini bildiruvchi ma’lumotlar ham razmetka tarkibiga kiritiladi. Semantik teg korpusdagi so‘z ma’nosining ixtisoslashuvi, omonimlik, sinonimlik, ma’noviy guruhga ajratish kabi muammolarni hal qiladi [D.Ahmedova, 2020: 58]. Til birliklarini semantik teglashda asosiy manba o‘zbek tilining izohli lug‘atidir [O‘TIL, 2000-2006]. Chunki lug‘at o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 000dan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan va texnika, san’at va madaniyatga oid bo‘lgan termin(atama)larni, shuningdek, ba’zi dialektizmlar, tarixiy va eskirgan so‘zlarni ham o‘z ichiga olganligi sababli korpus tili uchun bebaho manba hisoblanadi. Til birliklarni semantik teglashda lug‘at maqolasining tuzilishi tajribasini qo‘llash yaxshi samara berishi shubhasiz. Chunki izohli lug‘atdagi bosh so‘z sifatida berilgan umumiste’mol va cheklangan leksika korpusda ham izohli lug‘atdagi kabi farqli belgilanadi. Bunda farqli jihatlar ham bo‘ladi. Quyida izohli lug‘at maqolasining tuzilishi hamda iboralarni semantik teglashda undan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz: I. Turg‘un birikmalar ham lug‘atga kiritiladigan so‘zlarga qo‘yiladigan talablar asosida kiritilgan [O‘TIL, 2000-2006: 11]. Ya’ni umuiste’molda bo‘lgan, shuningdek, qo‘llanish doirasi chegaralangan turg‘un birikmalardan ko‘p ishlatiladigan, yozma nutqda ham ko‘p uchraydiganlari kiritilgan: – Og‘zaki va yozma nutqda ko‘p qo‘llaniladigan , turli sohaga oid birikma terminlar: milliy daromad, daromad solig‘i, atrof muhit, ma’muriy jazo, mehnat daftarchasi, qon bosimi, jarima to‘pi va sh.k. – Ma’nosi tarkibidagi so‘zlar ma’nosiga teng bo‘lmaydigan (odatda “qo‘shma so‘z” deb qaraluvchi) nazar qilmoq, javob bermoq, loyiq ko‘rmoq, ozor bermoq va sh.k. – Tarkibidagi biror so‘z ko‘chma ma’noli bo‘lgan birikmalar: oq ko‘ngil, ko‘ngli oq, qora ko‘ngil, ko‘ngli qora, qo‘li gul va sh.k. – Ko‘chma ma’noli iboralar (frazeologizmlar): ammaning buzog‘i, uchchiga chiqqan, oyog‘ini qo‘lga olmoq, toshingni ter va sh.k. – Izoh talab etuvchi maqol va matallar: Temirni qizig‘ida bosmoq. Sinamagan otning sirtidan o‘tma. So‘qir ko‘zga surma. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi va sh.k. Demak, turg‘un birikmalar va yasama so‘zlar korpusda alohida mustaqil lemma mavqeyida bo‘ladi va shunday teglanadi. Masalan, ˂ammamning buzog‘i˃, ˂ilonning yog‘ini yalagan˃, ˂ichi qora˃, ˂daromad solig‘i˃, ˂uchiga chiqqan˃, ˂ko‘ngli oq˃. Download 40.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling