Mavzu: Kompyuter grafikasidan foydalanish Reja


Download 43.23 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi43.23 Kb.
#149726
Bog'liq
10-mavzu KOMPYUTER GRAFIKASI


Mavzu: Kompyuter grafikasidan foydalanish
Reja:

  1. Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.

  2. Кompyuter grafikasi turlari.

  3. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.

  4. Namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi.

Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.

Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1]

          Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.

         Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U  hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.

         Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak.

         Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi.

Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekranning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.

1.    Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.

2.    Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.

Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin

1.    MGA Monochrom graphic adapter- oq qora rangli monitorlar.

2.    CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.

3.    MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.

4.     EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli monitorlar.

5.    VGA Video graphic adapter

6.    SVGA Super Video graphic adapter.

Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.



Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.

Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.



Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.

Кompyuter grafikasi turlari.

Tuzilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.

Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.

Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.

Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.

Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.

Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.

Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.

Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

·    poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;

·    ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;

·    taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;

·    ikki o’lchamli animasiya dasturlari;

·    uch o’lchamli animasiya dasturlari;

·    ikki o’lchamli animasiya dasturlari;

·    ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;

·    videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;

·    ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.

Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan.

Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.

Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Taqdimot ishlari dasturlari.

Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.

Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi .

Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.

Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .

Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish mumkin.

Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi.

Taqdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo’ladi.

Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D).

2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.

Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.

AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin.

IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega.

IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin.

Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.

Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini beradi.



Namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi.

Illyustrativ va tijorat grafikalari sinfi ADP (amaliy dasturlar paketi)ning yanada rivojlanishi uning imkoniyatlarini integratsiyalashuvga olib keladi, shu tufayli namoyish kilinuvchi grafika vujudga kelgan. Buning natijasida tijorat grafikasining ADPga ayrim grafiklarni slayd-film izchilligida kurishga va ularni ekranda bir-birlaridan keyin belgilangan vakt oraligida namoyish kilishga imkon beruvchi Story Editor ga o’xshash modullar ko’shilgan. Bunday turli slaydlarning paydo bo’lishi ko’rinuvchi yoki tovushli samarada (masalan, kanday tovushli) xam namoyon bo’lishi mumkin. Bundan tashkari, keyinrok tayyor grafikani taxrir kilishga imkon beruvchi grafik muxarrirlar ko’shildi. Illyustrativ grafikaning ADPda xam tijorat grafikasi moduli bilan ishlash imkoniyati kengaytirilgan.

Shunday kilib, namoyish kiluvchi grafika xozirda tijorat va illyustrativ grafikaning asosiy vazifalari majmuasiga ega va uch turdagi vazifalarni: grafikalar va diagrammalar bilan ishlash; tasvirlarni taxrir kilish va saklash; namoyish kilinuvchi materialni tayyorlash va rejalashtirishni xal kilishni ta’minlaydi.

Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari bilan ishlash tajribasi shundan darak beradiki, namoyish kilinuvchi material samaradorliganing asosiy siri ma’lumotlarni tatbik etish uchun diagrammalar turini to’gri tanlashdir. Namoyish kilinuvchi grafika vositalarining katta kismi oddiy chizikli, ustunli va sektorli diagrammalarga ko’shimcha sifatida aralash uch o’lchamli diagrammalar, gistogrammalar va kimmatli kogozlar bozorining diagrammalarini ko’llab-kuvvatlaydi. Namoyish kilinuvchi materialni yaratish uchun tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalarini tanlashda nutki tegishli slaydlarning juda kichik versiyalari bilan kuzatib boriluvchi ma’ruzachi uchun diagrammani bosib chikarishga imkon beradigan rejalashtiruvchi va matn muxarriri mavjudligiga aloxida e’tibor berish kerak.

Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari ko’prok birbiridan fark kiladi, ammo ularni foydali tarzda birlashtirilib turuvchi bitta xususiyati bor, ushbu xodda foydalanuvchi xar kanday texnik murakkabliklardan ishonchli ravishda ximoyalangan, chunki u endi o’z xarakatini bunga kanday erishishga emas, balki nimani olish kerakligiga karatishi mumkin. Namoyish kilinuvchi kompyuterli grafikasining dasturiy vositalariga Power Point, Harvard Graphics, Freelanse, Arrlause, Holliwood va boshkalar kiradi. Animatsion kompyuter grafikasi. Bo’sh vaktda televideniening reklama e’lonlarini ko’zdan kechira turib, biz ularda animatsiya elementlaridan foydalanilganligining guvoxi bo’lamiz. Bundan 50 yil mukaddam Vold Disney studiyasi «Okkiz va etti gnomlar» multfilmini yaratgan. U animatsiya tarixida munosib o’rin egallagan. Bu 1,5 soat davom etuvchi birinchi animatsiyali tasma bo’lgan. U rassom animatorlarning bir necha yillik mashakkatli mexnatini ta’riflaydi. 1991 yilda ushbu kompaniyaning Silicon Graphics kompaniyasi IRIS INDIGO grafik studiyasida tayyorlangan «Go’zal kiz va maxluk» animatsion filmi katta muvafakkiyatlar bilan namoyish kilindi. Bu barcha filmlar animatsion kompyuterli grafikasi tufayli amalga oshirilgan edi.

Animatsion grafik o’zida rang, tasvir va illyustrativ grafika stsenariyasi bilan ishlashdagi muvaffakiyatlarni muxandislik grafikasi uch o’lchamli ob’ektlarning yutuklari bilan birlashtirgan. Xozirda o’z televizorlarimiz ekraniga karab, biz kompyuter reklama kliplari va teleeshittirishlarning bezaklari ko’rinishidagi ushbu unumdor ittifokning mevalarini o’z ko’zimiz bilan ko’ramiz.



Animatsiya — bu, ob’ektlar, kameralar, yoruglik manbalarini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vakt bo’yicha o’zgarishiga ega vazifa, topshirik.

Xozirgi vaktda kompyuterli grafikasi vositalarini ko’llashning ushbu soxasi goyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmokda. Xorijiy tajribaning ko’rsatishicha, xozir dunyoning ko’pgina mamlakatlarida kompyuterlashtirilgan reklama axborotlarining manbalari, ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlarining ma’lumotlar bazasi mavjud, ularga reklama beruvchilar belgilangan to’lovlar xisobiga o’z firmalari va ular tomonidan ishlab chikarilgan tovarlar (xizmatlar) xakidagi ma’lumotlarni kiritadi. U yoki bu axborot maxsulotini xarid kilishga kizikkan bo’lajak xaridorlar ushbu ma’lumotlar banklariga telefonlar yoki maxsus terminlar yordamida xisobli sotsiyalar davomida o’zlari uchun kerakli axborotlarni oladi.

Tanishtirishlar, ko’rgazmalar, anjumanlar va videozallarda kompyuterlashtirilgan reklamani namoyish kilishning eng samarali vositasi video proektsion tizimlardan iborat bo’ladi. Reklamalarni katta ekranli video tizimlar orkali tarkatish odamlarning axborot extiyojlarini kanoatlantirishga imkon beradi, bu o’z navbatida, yangi xaridorlarni jalb kiladi. Ko’pgina ekspertlar televideniega yukori aniklikdagi katta ekranli tizimlarni tezrok tatbik etilishi kompyuterlashtirilgan reklamani tarkatishda xal kiluvchi rolni o’ynaydi deb faraz kiladilar.

Zamonaviy reklamani ishlab chikishni takomillashtirish va marketing tadkikotlari natijalarini taxlil kilishning kurol sifatida xudtsi animatsion kompyuterli grafikasi vositalari tanlanishining sabablarini tadkik kila turib, ushbu soxaga butun dunyoda xisoblash texnikasini ko’llashning eng yukori akliy va yukori texnologik soxasi sifatida karalishi xakidagi xulosaga kelish mumkin, ammo bu xam ShKlarda video tasvirlar bilan to’lakonli ishlashning ta’minlovchi texnik va dasturiy echimlarining murakkabligi va xam kompyuterli grafikasining zamonaviy usullari asosida yotgan jiddiy matematik baza bilan boglik. Bundan tashkari, xozirgi kunda yukori sifatli kompyuterlashtirilgan reklamani xisoblash vositasi yordamida tayyorlash faoliyatining etarlicha foydali turi bo’ladi.

Bugun garbda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir dakikasi shakli va ishlab chikishning murakkabligiga karab Z000dan 50000 AKSh dollarigacha turadi. Bizning respublikamizda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir dakikasi ancha arzon turadi.

Animatsion kompyuter grafikalarining dasturiy vositalariga, eng avvalo, ZD—Studio, Animator Rgo va boshkalar kiradi.

Animatsion grafika kuyidagilarga imkon beradi:

1) sinchli ZD ob’ektni modellashtirish va ko’rishga, uni zamonaviylashtirish va u bilan manipulyatsiya kilishga;

2) kurilgan sinchli ob’ektning sirtini koplash uchun materialni kutubxonadan tanlash yoki yaratish (bunday material tekstura deb ataladi);

3) oddin yaratilgan modellarni bo’shliktsa joylashtirish, ya’ni bu ob’ektlar uchun saxna, xarakat joyini kurish (masalan, stol, unda pichok yordamida «bekiyos mazali apelsinni» kesish mumkin);

4) tekstura ob’ektlarini ulash;

5) yoritishning xarakterini belgilash, yoruglik manbalari va kameralarni saxnada joylashtirish;

6) kadrlarning izchilligini belgilash, ob’ektlarni kadrdan kadrga joyini o’zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yoruglik manbalari uchun xarakatlarni xam berish mumkin);

7) yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yoruglik, soyalar, ko’rish burchagi, ob’ektlarning o’zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga o’zgarishlarini xisobga olish bilan xisoblash; bunday xisoblash rendering (inglizcha «rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning oxirgi boskichi, bunda tayyor ayrim ob’ektlar, epizodlar va pallalardan yaxlit reklama kadri olinadi;



8) ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko’rinishidagi olingan izchilligini chikarish.
Download 43.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling