Mavzu: Kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotining dasturlari va tillari, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining tarixi va rivojlanish tendensiyasi va xizmat ko’rsatish


Download 27.48 Kb.
Sana03.08.2022
Hajmi27.48 Kb.
#790092
Bog'liq
mutaxassislikka kirish
мавзу1, мавзу1, мавзу1, O'RINBOYEVA XULKAR psixologik xizmat slayd, Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi, EXTIMOLI TESTLAR, HUJAYRALARNING HAYOTIY FAOLIYATI, jamiyatning yaxlit tizim sifatida organishda tizimlilik metodi (1), ЎРҚ-628-сон 14.07.2020 й. «ЭНЕРГИЯДАН ОҚИЛОНА ФОЙДАЛАНИ.....И ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚОНУНИГА ЎЗГАРТИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИШ ҲАҚИДА , Shoxliyev F Essay, Zoirov, Toshpo\'latov

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mutaxassislikka krish fani bo’yicha


ESSE
Mavzu: Kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotining dasturlari va tillari, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining tarixi va rivojlanish tendensiyasi va xizmat ko’rsatish.


Bajardi : 001 guruh talabasi


_____
Tekshirdi: Kuvnakov Avaz

Toshkent-2019

Kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotining dasturlari va tillari, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining tarixi va rivojlanish tendensiyasi va xizmat ko’rsatish.
Reja:
1)Kompyuter texnikasi va dasturlari xaqida.
2)Telekomunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi.
3) Telekomunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining tendensiyasi va xizmat ko’rsatish.

Kompyuter texnikasi va dasturlari xaqida.


Dunyoni XXI asrda kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Hozirgi kunda eng yaqin yordamchimiz bo’lgan komyuterlar bizning hamma ishimizda yaqindan yordam berib kelmoqda. Kompyuter - inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko’p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko’p uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko’p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarining universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun, ulardan ko’proq foydalanilmoqda.
KOMPYUTERNING ISHLASH PRINSIPI VA TASHKIL ETUVCHILARI Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo’lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g’oyasini mukammallashgan ko’rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g’oyasidan iborat. Hozirda ko’p rusumli kompyuterlar shu g’oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko’p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda programmaning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o’tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O’z navbatida programma qo’yilgan masalani kompyuterda echish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o’tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo’yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Kompyuterning dasturiy ta‘minoti deganda, hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar majmuasi tushuniladi. Dasturiy ta‘minot kompyuterning ajralmas qismi bo‘lib, u texnik vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Aniq bir kompyuterning qo‘llanish sohasi uning uchun yaratilgan dasturiy ta‘minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta‘minotlarini quyidagi uchta toifaga ajratish mumkin.
1)Amaliy dasturlar, foydalanuvchilar tomonidan zarur bo‘lgan ishlarni bajarilishini bevosita ta‘minlaydi. Tizimli dasturlar, turli xil funksiyalarning bajarilishini ta‘minlaydi, masalan: kompyuterning resurslarini boshqaradi; foydalanilayotgan axborotning nusxalarini tuzadi; kompyuter qurilmalarining ishlash imkoniyatini nazorat qiladi; kompyuter haqida ma‘lumotnoma taqdim qiladi va hokazo. Instrumental dasturlar, kompyuterlar uchun yangi dasturlar tuzishni osonlashtiradi. Bu kategoriyalarning har biri o‘ziga minglab dasturlarni qamrab olishini hisobga olib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Amaliy dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchilar: matn muharrirlari, elektron jadvallar, grafik muharrir dasturlari, ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi; integrallashgan dasturlar paketi; Amaliy dasturiy ta‘minot foydalanuvchining aniq muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo sohasida ishlatishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar paketini o‘zida qamrab oladi. Tizimli dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchilar: operatsion sistemalar va qobiqlar, testlash va diagnostika dasturlari, tashqi qurilmalarga xizmat qiluvchi dasturlar, masalan yig‘uvchilar: arxivatorlar, antivirus dasturlari; Instrumental dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchilar: dasturlash tizimi (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi va hokazo); dasturlar yaratish yoki ishlab chiqishni osonlashtiradigan dasturlash muhiti. 2.Tizimli dasturiy ta‘minot va uning vazifalari Axborot tizimlari nuqtai nazaridan dasturiy ta‘minot deyilganda – hisoblash texnikasi vositalari bilan ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish, ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarining yig‘indisi tushuniladi. 2) Kompyuter texnologiyalari nuqtai nazaridan dasturiy ta‘minot deyilganda – bevosita hisoblash texnikasini ishini ta‘minlovchi tizimli dasturiy ta‘minot va amaliy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan “Amaliy dasturiy” ta‘minotlar to‘plami tushuniladi. 3) Umumiy ta‘minlashda operatsion tizimlar va texnik xizmat ko‘rsatish dasturlarini amalga oshirilishi tushuniladi. 4) Maxsus muammoli ta‘minlashda muammoli masalalar yechimining dasturiy paketlari ishlab chiqilib, kompyuterda yechiladi. Demak, har qanday iqtisodiy jarayon muammolari dasturlash tizimlari orqali hal qilinadi.
Telekomunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi.
Telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi».
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zR Qonunidan
O‘tgan oxirgi o‘n yillik davr mobaynida, telekommunikatsiya sohasi mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlashda hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim o‘rinlarni zabt etib keldi. Kelgusida xalq xo‘jaligi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayanch infratuzilma — elektron tijorat yoki Internet tarmog‘ining turli imkoniyatlaridan istalgancha miqdorda foydalanishning mutassil o‘sishiga va keng qamrovli joriy etilishiga, mazkur soha o‘ta muhim qirralarni — yangi iqtisodiyotni shakllanishiga va iqtisodiyot tarkibini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida butkul o‘zgartirishlarni kiritishiga odimlanayotgani shubhasiz, muhim hodisaga aylanib bormoqda.
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi — telefon tarmog‘i XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini — telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi. Telegraf aloqasi asta-sekin o‘tmishning vositasiga aylanib bormoqda, lekin telefon aloqasi esa uning o‘rnini zabt etayotgani, infokommunikatsiyalar xizmatlari bozorining muhim o‘rinlarini egallashda davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jahonda telekommunikatsiyalarning globallashuvi shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib kelmoqda.
Telefon aloqasi tarmog‘ida foydalanishga topshirilgan kommutatsiya stansiyalarining asosiy rivojlanish tendensiyalariga nazar tashlasak, kommutatsiya texnikalarining evolyusiyasi ikki turga ajratilgan. Birinchisi, ichki tuzilishi (telefoniyaning tarkibi) va tashqi tuzilishi (axborot kommunikatsiya texnologiyalari majmuasining rivojlanishi bilan bog‘liq jarayoni)dan kelib chiqadi.
Infokommunikatsiyalar tizimining evolyusiyasi turli iqtisodiy hamda tashkiliy sabablarga ko‘ra kommutatsiya stansiyalari o‘zgartirib borilgan. Modernizatsiya qilish, kengaytirish va rivojlantirish ana shu o‘zgartirishning asosiy mohiyatidir. Ushbu tushunchalar tom ma’noda o‘ta chambarchas va kuchli ahamiyatga egadir. Moddiy jihatdan eskirishga o‘tib borayotgan texnika vositalari zamonaviy ma’lumotni taqsimlovchi vositalarga (har jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy va texnikaviy-tashkiliy yo‘nalishlarni e’tiborga olinib) almashtirib borilgan.
Tarix sahifalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, 1904 yili 200 raqamga mo‘ljallangan birinchi qo‘l bilan boshqariladigan kommutatsiya tizimi ekspluatatsiya qilingan. Keyinchalik mazkur qurilmalarning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish orqali, o‘sha zamonaning yangi yutuqlarini joriy etish maqsadida, qo‘l bilan boshqariladigan telefon stansiyalari tizimini avtomatlashgan telefon stansiyaga almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
1932 yili Toshkentda birinchi avtomatlashgan mashina tizimidagi stansiya ishga tushirildi. 1955 -1960 yillar davomida Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 47 va 54- telefon stansiyalari dekada odimlovchi telefon stansiyalariga asos soldi. Shu davrning so‘nggi yillarida 54-ATS yangi koordinat tizimli qurilma bilan almashtirildi. U o‘sha davrda o‘zining iqtisodiy tomondan arzon bo‘lgan hamda sifat jihatdan ancha yaxshi xizmat ko‘rsata oladigan texnologiyalardan sanalgan. Koordinat tizimdagi stansiyalar dekada odimlovchi tizim bilan o‘zaro hamkorlikda ishlay olishga ham mo‘ljallangan edi.
Keyinchalik mahalliy telefon aloqasini rivojlantirish bo‘yicha aloqa tarmog‘ining ko‘p kanaldan iborat impuls-kodli modulyatsiyaga asoslangan (IKM) tizimi joriy etilgan. Respublikada dekada odimlovchi ATSlarning o‘rniga Toshkent, Andijon, Jizzax, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Guliston kabi ko‘pgina viloyat va tuman markazlarida telefon stansiyalari koordinat tizimlari bilan modernizatsiya qilingan.
1986 -1990 yillarda 3200 raqamli kvazi-elektron ATSlar Toshkent shahar telefon tarmog‘i hamda Toshkent viloyati Kalinin va Namangan viloyatining Toshbuloq tuman markazlarida bosqichma -bosqich modernizatsiya qilingan. Respublikamizning telekommunikatsiya tarmog‘ida 1987 yili birinchi dasturiy boshqaruvga asoslangan AXE-10 (ShATS) rusumdagi elektron telefon stansiyasini ekspluatatsiya qilish bilan raqamli tizimlarga o‘tila boshlangan. O‘tgan asrning oxirgi dekadasi, mustaqillikning dastlabki yillari davomida yana qator xorijiy kompaniyalarning raqamli telefon stansiyalari joriy etilib borildi. Xususan, Yaponiyaning NEAX-61E tizimi, Janubiy Koreyaning DTS 2000/3100/3200 seriya rusumdagi kommutatsiya qurilmalari bularga yaqqol misol bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib respublikaning aloqa tizimlarida keng ko‘lamli modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturi tatbiq etilib, ulardagi raqamlashtirish ko‘rsatgichlari bosqichma- bosqich oshib bormoqda.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki agarda biz o’z mutaxassizligimizni yaxshi bilsak va o’rgansak bizga yurtimizning istagan joyimizdan va nafaqat yurtimizdan balki dunyoning istalgan joyidan o’z kasbimizga doir ish faolyatimizni yuritishimiz mumkin. Hozirgi kunda yurtimizda at-servis sohasiga juda katta etibor berilmoqda. Shundan kelib chiqadiki biz yoshlar bizga yaratilayotgan sharoitlarga mos bilim va ko’nikmaga ega bo’lishimiz kerak.


Dunyoda keskin rivojlanayotgan axborat texnologiyalari va komunikatsiyalari bizning ehtiyojimizni qoniqtirib kelmoqda.
Download 27.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling