Mavzu: kompyuter texnikasi vositalari va qo’shimcha qurilmalari


Download 1.49 Mb.
bet1/5
Sana04.11.2020
Hajmi1.49 Mb.
#140933
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5465318924650284948


MAVZU:KOMPYUTER TEXNIKASI VOSITALARI VA QO’SHIMCHA QURILMALARI

Reja:


  1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari.

  2. Shaxsiy kompyuterning qo’shimcha qurilmalari.

  3. Zamonaviy qo’shimcha qurilmalar.

Tayanch so’zlar: protsessor, monitor, vinchestor, plotter, planshet.

Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.

1. Sistemalar bloki. (Protsessor).

2. Ekran. (Monitor).

3. Klaviatura.

4. Sichqoncha

Kompyuter guruhlari

Bugo’ngi kunda rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo’llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining xajmi, bir sekundda bajaradigan amalla tezligi, ma’lumotlarning razryadlar to’rida tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’lish mumkin:



  1. Supеr kompyutеrlar – juda katta tеzlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni еchish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning glabal pragnoziga oid masalalarni , uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalari,global information sistemalar va xakozolarni keltirish mumkin.

  2. Katta kompyutеrlar – fan va tеxnikaning turli sohalariga oid masalalarni еchishga mo’ljallangan. Ular amal bajarish tеzligi va xotira hajmi supеr kompyutеrlarga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Ularga misol sifatida: AQSh.ning GRЕY, I.B.M. 390, 4300 Yaponiya M 1800 rusumli kompyutеrni misol kеltirish mumkin.

  3. Mini kompyutеrlar – hajmi va bajaradigan amallar tеzligi jihatidan katta kopyutеrlardan kamida bir pog’ona pastdir. Ularning o’lchami tobora ixchamlashib, hatto shahsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlarga IBM 4381, SUN turkumli kompyuterlar, HP 9000 larni misol qilish mumkin.

  4. Shaxsiy komyutеrlar hozir korxonalar, o’quv muassasalaridari, oliy o’quv yurtlarida kеng tarqalgan bo’lib. Ular aksariyati I.B.M rusum mos kompyutеrlardir.

  5. Noutbuk kompyuterlar- hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo bajarish amallari soni xotira hajmi . shaxsiy kompyutеr darajasi ko’tarilib bormoqda.

Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o’yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. Kompyuter deganda turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. 1973 yilda birinchi 8008 protsessori asosida tayyorlangan mikroprotsessorli komplektlar ishlab chiqildi. Biroq ular hech narsaga yaramas edi. 1973 yili Intel 8080 mikroprotsessorini chiqardi, uning tezkorligi 8008 nikidan 10 marta katta edi va u 64 Kbayt xotira sig’imini adreslay olar edi. Bu narsa PC larni sanoat darajasida ishlab chiqarishga turtki bo’ldi.



1. Sistemalar bloki. (Protsessor).

Sistemalar bloki (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagilarni elementlarni jamlaydi.

Ona plata, Mikroprotsessor, Qattiq disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), Dikovod, CD-ROM (CD-RVV), Tasqi qurilmalar kontrolleri, shinalar, elektr ta’minoti bloki va boshqalar.





Bosh plata - asosiy elektron sxema bo’lib, o’nga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, o’nga mikroprosessor, BIOS, operativ xotira, sistemali plataning mikrosxemalar to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2), shina raz’yomlari, sistemali soat hamda CMOS uchun lektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.

Mikroprosessor arifmetik-logik qurilma bo’lib, kompyuterning “yuragi” hisoblanadi.

Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. IBM PC kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va boshqa firmalarning mikroprosessorlari ishlatiladi.



Mikroprosessorlar ish bajarish quvvatiga qarab quyidagicha o’sib borish tartibida nomlanadi: Intel-8088, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro, Pentium-II, Pentium III, Pentium IV.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling