Mavzu: Kon mashina va mexanizmlari elektr yurimalarning rivojlanisah istiqbollari Reja


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1043810
  1   2   3
Bog'liq
Yuk tawiw koncilik



MAVZU:Kon mashina va mexanizmlari elektr yurimalarning rivojlanisah istiqbollari

Reja:


1.Tavsiflanishi. Ishlatilishi.

2.Tasmali konveyerlar.


  1. Tasmali konveyerlarni hisoblash.



  1. Xulosa



  1. Foydalanilgan adabiyotlar

Sanoatning o‘rmon va yog‘ochsozlik , sellyuloza va qog‘oz soxalarida korxona va sex ichida ishlarni bajarishda har xil transport vositalaridan foydalaniladi. Ular yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashib beradi, ko‘tarib beradi, tushirib qo‘yadi va xokazo. Ko‘tarish - tashish mashinalari (PTM) o‘zlarining ikki asosiy belgilariga qarab quyidagicha tavsiflanadi: xarakatlanish (ta’sir qilish) xususiyatiga ko‘ra; tashiladigan yuk traektoriyasi (chizig‘i) ko‘rinishiga ko‘ra. PTM lar o‘zining birinchi belgi, xususiyatiga ko‘ra uzluksiz va davriy ravishda ishlaydigan mashinalarga bo‘linadi . Davriy shaklda ishlaydigan mashinalar yukni ortish va tushirishda o‘z harakatini ma’lum vaqt to‘xtatib turadi va keyin yana davom ettiradi. Bularga misol qilib ko‘tarma kranlar, elektr va avtoyuklagichlar (elektro- i avtopogruzchiki) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Yuk tutib olish (zaxvat) yoki uni bo‘shatishda o‘z harakatini to‘xtatmay ishlaydigan mashinalarga uzluksiz ishlovchi mashinalar deyiladi. Bunday turdagi PTMlarga har xil konveyerlar, elevatorlar va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar kiradi. Yukni surilish, xarakat qilish traektoriyasiga ko‘ra PTMlar quyidagicha bo‘ladi: yukni tik (vertikal) yoki biroz qiyalik bo‘yicha tashuvchi qurilmalar; yukni gorizontal tekislik(yoki biroz og‘ma) bo‘yicha tashuvchi qurilmalar; yuklarni ham vertikal, ham gorizontal yo‘nalishda tashiydigan qurilmalar. Yukni faqat vertikal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha harakatga keltiruvchi qurilmalar ko‘targichlar deb ataladi. Yukni fakat gorizontal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha harakatga keltiruvchi qurilmalar tashuvchi mashinalar deb ataladi. Bularga konveyerlar va transporterlar kiradi. Konveyerlar ham, trasporterlar ham uzluksiz yoki ozgina to‘xtab turish orqali xilma-xil texnikaviy operatsiyalarni bajara oladi. Yuklarni ham vertikal ham gorizontal tekisliklar bo‘yicha tashuvchi qurilmalar yuk ko‘tarish mashinalari deb ataladi. Masalan, yuk ko‘taruvchi kran, avtoyuklagich yoki elektroyuklagichlar. Sellyuloza va yog‘ochsozlik korxonalarida yuk ko‘taruvchi mashinalar asosan xom ashyo omborlarida ishlatiladi, tashuvchi mashinalar esa sex va sexlararo maydonlarda qo‘llaniladi . Tashuvchi kurilmalardan, asosan xom ashyoni tashib keltirish va tayyor maxsulotlarni olib ketish ishlarida foydalanadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling